https://oz.sputniknews.uz/20210201/Ozbekiston-va-Afgoniston-TIV-rahbarlai-qator-masalalarni-muhokama-qildi-15913234.html
O‘zbekiston va Afg‘oniston TIV rahbarlari qator masalalarni muhokama qildi
O‘zbekiston va Afg‘oniston TIV rahbarlari qator masalalarni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya keldi. Ikki mamlakat TIV rahbari qator masalalar yuzasidan fikr almashdi. 01.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-01T16:37+0500
2021-02-01T16:37+0500
2021-04-08T14:21+0500
siyosat
afg‘oniston
abdulaziz kamilov
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/01/15913025_0:0:1200:676_1920x0_80_0_0_db424a7cb0fbab94665ea553e2d7f0b8.jpg
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga tashrif buyurgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarining hozirgi holati va ularni yanada rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.Atmar O‘zbekiston tomonining Afg‘oniston iqtisodiy infratuzilmasini tiklashdagi ishtirokini yuqori baholadi. Transport, aloqa, energetika va boshqa infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston tomoni Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlagan.Kamilov va Atmar bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasini muhokama qildi va kelishib oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20210109/Irgashev-ind-elchisi-bilan-Afoniston-byicha-amkorlik-masalalarini-muokama-ildi-15748280.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/01/15913025_56:0:1148:819_1920x0_80_0_0_f8f19d5ac5e4df65cb0a0e87a1a543ed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, afg‘oniston, abdulaziz kamilov, o‘zbekiston
siyosat, afg‘oniston, abdulaziz kamilov, o‘zbekiston
O‘zbekiston va Afg‘oniston TIV rahbarlari qator masalalarni muhokama qildi
16:37 01.02.2021 (yangilandi: 14:21 08.04.2021) O‘zbekistonga Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya keldi. Ikki mamlakat TIV rahbari qator masalalar yuzasidan fikr almashdi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga tashrif buyurgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati
xabar qildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarining hozirgi holati va ularni yanada rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Atmar O‘zbekiston tomonining Afg‘oniston iqtisodiy infratuzilmasini tiklashdagi ishtirokini yuqori baholadi. Transport, aloqa, energetika va boshqa infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“Tomonlar Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik va xavfsizlikni o‘rnatish uchun afg‘onlararo siyosiy muzokaralarning muqobili yo‘qligini ta’kidladilar”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston tomoni Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlagan.
Kamilov va Atmar bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasini muhokama qildi va kelishib oldi.