Yevropa o‘z muammolaridagi aybdorni topdi

© Sputnik / Tyerri Monass / Mediabankka o‘tishLyudi v zashitnix maskax na ulitse Brusselya
Lyudi v zashitnix maskax na ulitse Brusselya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
Obuna bo‘lish
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yevroparlament maxsus qo‘mitasining YeI demokratik jarayonlariga xorijlik aralashuv bo‘yicha eshituvlarida nuqt so‘zlayotib, Rossiyani yolg‘on xabar tarqatish kampaniyasida aybladi.
Uning ta’kidiga ko‘ra, kampaniya Yevroittifoq demokratiyasini qoralash va xalqaro hamkorligini zaiflashtirishga qaratilgan.
Borrel davom etayotgan pandemiya sharoitida yolg‘on va yanglishtiradigan axborotning o‘ta xavfligini qayd etdi. “Biz kremlparast kanallar qanday niqob taqish foydasiz ekanligi haqidagi fikrlarni tarqatishgani, yoki lokdaunga qarshi ovozlarni ruhlantirganini ko‘rdik”, - dedi u. Endi esa, diplomatning fikriga ko‘ra, bir tarafdan, g‘arb preparatlari va ular ishlab chiqaruvchilarini obro‘sizlantirishga urinayotgan, boshqa tarafdan, o‘zining mahsulotlarini faol ilgari surayotgan Moskvaning vaksina diplomatiyasi birinchi o‘ringa chiqqan.
Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2021
Qimmatga tushdi: Yevropa Rossiya tufayli milliardlar yo‘qotdi
Amaldorning xavotirini tushunish mumkin. Rossiyada aksariyat odamlar uchun hayot kichik noqulayliklar bilan o‘z iziga tushayotgan, hukumat pandemiya sabab kiritilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilayotgan bir paytda Yevropada yangi karantin cheklovlari to‘lqini avj olmoqda. Finlyandiyada favqulodda holat kiritilgan. Chexiyada dunyodagi eng ko‘p kasallanish darajasi sabab aholiga turar hududlarini tark etish taqiqlangan. Italiyada ham cheklovlar kuchaytirilgan.
O‘z navbatida, deyarli bir yillik taqiqlardan va uyda o‘tirishlardan juda charchagan Yevropa aholisi bu choralarning bari faqat ularning manfaati uchun qabul qilinayotgani haqidagi hukumatlarning dalillarini borgan sari yomonroq qabul qilmoqda. Ommaviy norozilik namoyishlari deyarli qit’aning barcha nuqtalarida avj oldi.
 Prezident Cheshskoy Respubliki Milosh Zeman - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2021
Chexiya prezidenti Putindan “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berishni so‘radi
Vaziyat shunchalik murakkabki, Yevropa saflarining tekisligi ko‘z o‘ngimizda yoyilib ketmoqda. Chexiya Rossiyaga “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berishni so‘rab murojaat qildi – bu mamlakat prezidenti va bosh vazirining muvofiqlashtirilgan pozitsiyasi. Slovakiya bundan ham kattaroq qadam tashladi va Vengriya, Serbiya va qator boshqa mamlakatlar ortidan Yevropa regulyatorining ma’qullashini kutib o‘tirmasdan, Rossiya vaksinasini tezlashtirilgan jarayon asnosida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Koronavirus bilan bog‘liq o‘ta qiyin bo‘lgan polyaklar uchun Rossiyaga yordam so‘rab murojaat qilishlari aqlga sig‘maydi, shunday ekan ular Xitoy bilan COVID-19ga qarshi vaksina xaridi yuzasidan muzokaralar boshlashdi.
Vaziyat roppa-rosa bir yil sodir bo‘lgan vaziyatni kuchliroq eslatmoqda – o‘shanda Yevropa Ittifoqi favqulodda vaziyatda to‘liq ojizligini namoyish etgandi va uning a’zolari ular boshiga tushgan jiddiy inqirozni mustaqil hal qilishga majbur bo‘lishgandi.
Farq shundaki – va bu haqiqatdan o‘ta muhim – o‘shanda keng ko‘lamdagi fors-major ro‘y bergandi. Uning natijasida esa Brussel, aslida, zudlik bilan talab etiladigan holatlarga munosabat bildirishga layoqatsiz ekanini oydinlashgandi. Bu, albatta, Yevropa uchun noxush kashfiyot bo‘ldi.
Gruz s rossiyskoy vaksinoy Sputnik V ot koronavirusnoy infeksii covid-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
YeIning ikkinchi mamlakati “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi
Avj olgan pandemiyaning kutilmaganlik effekti yuzaga kelganda YeI yana diqqat markazda bo‘ldi, chunki hamisha uning kuchli sanalgan tomonlariga ehtiyoj paydo bo‘ldi: strategik reja, qiyin jarayonlarni tashkil etish, mablag‘larni to‘plash va taqsimlash. Yevropa dunyoga shunga o‘xshash tahdidlarga qarshi qanday kurashish namunasini ko‘rsatishi darkor edi.
Ko‘rsatishdi.
Eng muhim yo‘nalishlar bo‘yicha muvaffaqiyatsizliklar natija bo‘ldi. Yevropa tomonidan tanlangan lokdaun strategiyasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi, aholini emlash bilan vaziyatni ta’riflash uchun “halokat” ta’rifi ko‘proq mos keladi.
Shu bilan birga, Yevropa pandemiyaga qarshi kurashishda dars bermoqchi bo‘lgan mamlakatlardagi barqaror vaziyatda bu yanada yaqqolroq ayon bo‘ladi.
Bularning zamiri Yevropa hukumatlari tomonidan qabul qilingan xato qarorlardir. Bu YeIning bir yil avvalgi esankirab qolgani va harakatsizligiga qaraganda obro‘siga qattiqroq ta’sir qiladi.
Situatsiya v Italii v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2020
“Alamni unutmaymiz”. Yevropa karantindan keyin hisob-kitobni amalga oshirishga tayyorlanmoqda
Bunday vaziyatlarda Sharqiy Yevropa davlatlarining mustaqilona xatti-harakatlarining urinishlari ramziy bo‘lmoqda.  Ular, ravshanki, YeI tarkibida ikkinchi toifali ekanliklarini tushunib yetishmoqda. Shuningdek, koronavirus muammosi bo‘yicha yordamni qolganlardan keyin tamoyili asosida olishlarini fahmlashmoqda. Natijada esa ko‘p mamlakatlar ularning navbati qachon kelishini sabr bilan kutmay qo‘ymoqda, buning o‘rniga Brussel tomonidan sanksiyalashtirilmagan faollikni namoyon eta boshlashapti.
Brexit hamda Polsha va Vengriya hukumatlarining ishonchsizlik bilan qarashlari o‘sib borishi ortidan bu Yevropa Ittifoqi uchun yaxshi bo‘lmagan ramz bo‘lib ko‘rinadi.
Qariyb olti yil ilgari Yevropa jonbozlik bilan o‘ziga migratsiya inqirozini tashkillashtirgan edi. Hozirgacha u buning oqibatlarini hal qilolmayapti. Pandemiyaga qarshi kurashish Yevropa siyosatining yana bir yirik muvaffaqiyatsizligini ta’minladi.
Brusselning o‘z muammolarini Yevropa demokratiyasi va birdamligiga putur yetkazayotgan tashqi dushmanlarining kirdikorlariga yo‘yishi, o‘z xatolarini qat’iy tan olmasligi bular oxirgisi emasligini kafolatlaydi.
Yangiliklar lentasi
0