YeIning ikkinchi mamlakati “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGruz s rossiyskoy vaksinoy Sputnik V ot koronavirusnoy infeksii covid-19
Gruz s rossiyskoy vaksinoy Sputnik V ot koronavirusnoy infeksii covid-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Obuna bo‘lish
Slovakiya Rossiya vaksinasidan foydalanishni ma’qullagan dunyodagi 39 va Yevropa Ittifoqidagi ikkinchi mamlakat bo‘ldi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Slovakiya hukumati koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Bu haqda vaksinaning Twitter᾽dagi sahifasida xabar qilindi.
“Slovakiya “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergan dunyodagi o‘ttiz to‘qqizinchi va YeIda ikkinchi mamlakat bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Shpris i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2021
Rossiya dushmanlari "Sputnik V" yetakchiligidan qo‘rqishadi – RTTIF
Vaksinaning birinchi partiyasi Slovakiyaga 1-mart kuni yetkazib berilgan. “Sputnik V” dunyoda foydalanishga ruxsat berilgan koronavirusga qarshi dunyo vaksinalarining yetakchi uchligiga kiradi. Vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan 39 ta mamlakatning jami aholisi 1,1 milliarddan ziyod.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Vengriya birinchi bo‘lib “Sputnik V”ni ma’qullagan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chexiya prezidenti Milosh Zeman Rossiya prezidenti Vladimir Putindan mamlakatga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berishni so‘ragani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0