TOShKENT, 22 mar - Sputnik, Anton Lisisin, Galiya Ibragimova. “YeI deb nomlangan yagona uy" mamlakatlari yopilmoqda - pandemiyaga qarshi kurashda hamma o‘zi bilan o‘zi. Globallashuv endi esga olinmaydi, boshqa bir davr keldi - o‘zaro kelishmovchilik davri. Va chegaralarda yaqin vaqtlarga qadar "umumiy qadriyatlar" bilan faxrlanib yurgan o‘z taqdirlariga tashlangan fuqarolarning navbatlari terilmoqda. Yevropaliklar nimani his qilishmoqda va umumiy karantindan keyin Yevropa Ittifoqi qanday o‘zgaradi - RIA Novosti o‘rgandi.
Migrantlardan keyin virus
Parij ko‘chalarida - qo‘shinlar va zirhli mashinalar. Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishicha, bugun butun xalq jang maydonida. O‘z sog‘ligi uchun urushda. "Xo‘sh, vaziyat murakkab, va faqatgina yaxshi eski millatchilik bu bilan kurashishga yordam beradi. Aytgancha, u keskin tahdid paydo bo‘lganida juda tez qaytib keldi", - deydi fransuz poytaxtida istiqomat qiluvchi Anri Robye parijliklarning kayfiyati haqida. – Ko‘pchilikni hukumatlar mahalliy va milliy darajada tezkor choralar ko‘rish o‘rniga hanuzgacha Brusselga murojaat qilishayotgani ranjitmoqda".
Robyening o‘zi "yaxshi eski millatchilik"ni namoyish etmoqda, qo‘shnilarini va o‘z siyosatchilarini haddan tashqari evropitizm uchun tanqid qilmoqda. "Italiyada rasmiylar aynan tashqi yordamga tayangani uchun shoshilmay ish tutishmadi. Agar ular o‘zlari harakat qilganda edi, ehtimol ular pandemiyaning bunday tez tarqalishining oldini olishgan bo‘lar edi. Fransiyada Prezident Makron yevropalik birdamlik uchun murojaatni to‘xtatmay davom etmoqda. Ammo buning o‘rniga u mamlakat ichida faqat qattiq qarshilik va tanqidga duch kelmoqda", - deydi RIA Novosti suhbatdoshi.
Rimda yashagan Aleksandr Dunayevning fikricha, koronavirus Yevropada paydo bo‘lgan ziddiyatlarni ochib berdi holos: "Yevropa Ittifoqida birlik va qadriyatlar to‘g‘risidagi munozaralar koronavirus bilan boshlanmadi. Yevropa migratsiya inqiroziga duch kelgan bir paytda, 2015-yilda faol ravishda o‘tkazilgan. Unda ham milliy chegaralar yopilgan".
Dunayev vaziyatni obyektiv qiyinchiliklar bilan izohlaydi: "Hozirgi asosiy muammo shunda-ki, koronavirus barcha Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari sog‘liqni saqlash tizimiga katta yukni yuklamoqda. Shuning uchun chegaralarni yopib, mumkin bo‘lgan hamma narsani to‘sib qo‘yish kerak. Ha, bu harakatlanish erkinligi haqidagi Maastrixt bitimining qoidalariga qaramay sodir bo‘lmoqda".
Karantin tadbirlarining ma’qulligini ko‘pchilik tushunmoqda, ammo "cho‘kindi qoladi". Masalan, sayyohlarni cheklash tufayli katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lgan Venetsiya hukumati ittifoqdosh davlatlarning xatti-harakatlaridan hayratda. Venetsiya mintaqaviy parlamenti deputati Stefano Valdegamberi Italiya jamiyatining alamini tushuntirmoqda. "Yevropa Ittifoqi bizga yordam bermadi. Bizni virusni tashuvchilari sifatida masxara qilishdi, garchi u allaqachon boshqa davlatlarga kirib kelgan bo‘lsa ham", - dedi u RIA Novostiga. - Qo‘shnilarimiz darhol sababsiz bo‘lsa ham, chegarada bizning tovarlarimizni to‘sib qo‘yish imkoniyatidan foydalanishdi. Ammo eng sharmandalisi, bizning shifoxonalarimiz xodimlari infeksiya xavfiga duchor bo‘lgan bir paytda ular shaxsiy himoya vositalari - niqoblarni yetkazib berishni muzlatib qo‘yganliklari. Italiya bilan birdamlikni namoyish etgan yagona mamlakat - Xitoy".
"Bizning iqtisodiyotimizga zarar yetdi. Nima bo‘lganda ham italiyaliklar tiklana olishadi. Ammo biz buni unutmaymiz", - deydi Valdegamberi.
Xitoy bizning do‘stimiz va birodarimiz
Italiyaning YeIdagi vakili Mauritsio Massari 11-mart kuni Brussel "va’dalar va maslahatlarni chetlab o‘tib" "shoshilinch va tezkor, aniq va samarali choralarni" ishlab chiqishi kerakligini aytdi.
Massari o‘zining nuqtayi nazarini Politico nashridagi maqolasida keng bayon qildi. U yerda u Rim nimani kutayotganini tushuntirib berdi: "Kerakli tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, ularni zarur bo‘lgan mamlakatlar va mintaqalar o‘rtasida taqsimlash. Bugun bu Italiyaga yordam berishni anglatadi, ertaga bunday ehtiyoj har qanday joyda paydo bo‘lishi mumkin".
"Italiya tibbiy asbob-uskunalar va shaxsiy himoya vositalarini yetkazib berish uchun Yevropa Ittifoqining fuqaro mudofaasi mexanizmini faollashtirishni so‘radi. Ammo, afsuski, Yevroittifoqning hech bir mamlakati (Yevro) komissiyasining chaqirig‘iga javob bermadi. Faqatgina Xitoy ikkitomonlama asosda javob berdi. Bu Yevropa birdamligi uchun yaxshi narsa degani emas”.
Massarining xafa bo‘lish uchun o‘z sabablari bor edi. Dastlab Germaniya tibbiy niqoblar va boshqa himoya vositalarini eksport qilishni taqiqladi. Keyin Avstriya virus tashuvchisiligini tasdiqlay olmaganlar uchun Italiya bilan chegaralarini yopdi.
Shu bilan birga, Xitoy Italiyaga tibbiy uskunalardan iborat ikkinchi samolyotni yubordi, birinchisi dori-darmonlarga qo‘shimcha ravishda shifokorlar guruhini yetkazib berdi. Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich ham Pekinga yordam so‘rab murojaat qildi. Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod davlat rahbari, g‘azab to‘la nutq so‘zladi. "Yevropada birdamlik yo‘q. Bularning barchasi kitobiy ertakka aylandi", - dedi Vuchich.
U rais Si Szinpinni do‘st va birodar deb atadi va Yevropa burokratiyasini tanqid qildi. "Biz Yevropa xukumati farmoniga asosan YeI mamlakatlaridan tovarlar, tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlarni olib kira olmayapmiz. Bu farmoyish bizni Xitoy bilan savdo qilmaslikka ogohlantirgan odamlar tomonidan berilgan", - deya eslaydi Serbiya prezidenti.
Makron endi tushuntirayotganidek, birlashish bir oz vaqt davomida ajralishni anglatadi. "Ertalab biz, Yevropaliklar kabi, qo‘shma qaror qabul qildik. Ertaga tushdan Yevropa Ittifoqi va Shengen hududi chegaralari yopiladi. Yevropa ichi va tashqarisidagi barcha qatnovlar keyingi o‘ttiz kunga to‘xtatiladi", - dedi Fransiya prezidenti va qo‘shib qo‘ydi: "Biz hammamiz sog‘liq uchun jangdamiz".
Asoslarga qaytish
Italiya boshidan kechirayotgan shok siyosiy oqibatlarsiz o‘tmaydi, dedi rossiyalik siyosatshunos Aleksandr Nosovich. "Italiyaliklar to‘liq karantindan chiqib ketishganida, bu muammoni sarhisobi boshlanadi. Birinchi aybdor chap qanot yevropoptimistlar tomonidan tashkil topgan hozirgi Italiya hukumati bo‘ladi. Ehtimol ular saylovda yutqazishadi. Matteo Salvini qaytadi, u yevroseptik. Italiyaliklar "umumevropaliklar"ga o‘zlarining mamlakatlari qiyin ahvolda bo‘lganlarida ittifoqchilariga nisbatan bo‘lgan munosabatlarini eslashadi. Masalan, Fransiya va Germaniyadan niqoblarni yetkazib berishni taqiqlash. Bunday ish esdan chiqmaydi, - deydi u RIA Novosti bilan suhbatda. - Bunday "birdamlik"dan keyin Rim YeIning umumiy budjetiga pul to‘lashi kerakmi degan savol tug‘iladi. To‘lashdan bosh tortish Yevropa Ittifoqidan chiqishning boshlanishi bo‘ladi", - deb bashorat qiladi Nosovich.
Virusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakatlarga oqibatlarni bartaraf etish uchun mablag‘lar kerak bo‘ladi. "Bunga qadar ham mablag‘lar yetmagan. Yaqinda Yevropa Ittifoqining yetti yillik budjeti ko‘rib chiqildi, xarajatlarni qanday taqsimlash to‘g‘risida ko‘plab munozaralar bo‘ldi, - deb eslaydi RIA Novosti. - Amaliy jihatdan bularning barchasi Sharqiy Yevropaga dotatsiyalarni to‘xtatilishiga olib keladi. Birinchidan, chunki u unchalik ko‘p jabr ko‘rmadi, ikkinchidan, ushbu mintaqa Yevropa Ittifoqi uchun uncha katta axamiyat kasb etmaydi. Italiya juda muhim bozorga ega Yevropa sivilizatsiyasining beshigi. Polsha, Vengriya va Ruminiya esa bu kabi amaliy va ramziy ahamiyatga ega emas.
Natijada Yevropaliklar o‘zlarini avvalambor o‘zlarini milliy davlatlarining fuqarolari sifatida his qilmoqdalar, deb xulosa qiladi Nosovich. Yevrointegratsiya esa boshidan ko‘zlangan - foydali iqtisodiy mexanizm bo‘lib chiqdi.
Milliy strategiya instituti bosh direktorining o‘rinbosari Aleksandr Kostinning so‘zlariga ko‘ra, "Yevropa Ittifoqi, birlashgan Yevropaning boshqaruvchi tashkiloti sifatida, hatto dahshatli miqyosdaga koronavirus tahdidi amalga oshmagan paytda ham, zarur dastakka aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi". "Yevropa Ittifoqi falaj bo‘lib qoldi va epidemiyani zararsizlantirish bo‘yicha barcha ishlar voqealarning bunday aylanishiga tayyor bo‘lmagan milliy hukumatlar zimmasiga tushdi", - dedi RIA Novosti agen tligi suhbatdoshi. U umidsiz xulosa chiqaradi: pandemiyaning oqibatlari birlashgan Yevropani identifikatsiya inqirozini kuchaytiradi, xolos.