https://oz.sputniknews.uz/20210215/immatga-tushdi-Evropa-Rossiya-tufayli-milliardlar-yotdi-16006871.html
Qimmatga tushdi: Yevropa Rossiya tufayli milliardlar yo‘qotdi
Qimmatga tushdi: Yevropa Rossiya tufayli milliardlar yo‘qotdi
Sputnik O‘zbekiston
Yevropa Ittifoqi 2014-yil yozida Ukrainadagi mojaro sabab Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiya kiritgan. Rossiya esa munosib javob qaytardi. Sanksiya urushida kim... 15.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-15T16:37+0500
2021-02-15T16:37+0500
2021-02-15T16:40+0500
kolumnistlar
yevropa
rossiya
sanksiyalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0f/16006021_0:63:3073:1801_1920x0_80_0_0_6d987b74b95a7049ced5f20b4a58fec1.jpg
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Siyosiy qarama-qarshilik yillari davomida Yevropa Ittifoqi o‘zaro cheklovlardan Rossiyaga qaragandan ko‘proq narsa yo‘qotganiga qaramasdan, Brussel Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar hozirlamoqda. Iqtisodiy zarar o‘nlab milliardlar yevroga baholanmoqda. Yevropa qanday zarar ko‘rdi va kim ko‘proq yo‘qotdi – RIA Novosti materialida.Ehtimoliy yo‘qotishlarSanksiyalar shunaqa – Yevroittifoqining maqsadi emas, bu Rossiyaga nisbatan samarali vosita, xolos, dedi Brusseldagi brifingda YeIning tashqi siyosat xizmati vakili Piter Stano. Yevrodiplomatiya rahbari Jozep Borrel Aleksey Navalniy hibsga olingandan so‘ng inson huquqlari buzilgani uchun jazo muqarrarligini qo‘shimcha qildi.Yevropa Ittifoqi 2014-yil yozida Ukrainadagi mojaro sabab Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiya kiritgan. Keyinchalik ularni kengaytirdi. YeI yetakchilari 2015-yilda bu choralarni Minsk kelishuvlariga bog‘lashdi. Moskva Rossiya ichki Ukraina mojarosining tarafi va Minsk kelishuvlari subyekti emasligini aytib, tartibga solish jarayonida faqat vositachi ekanini bayon qildi. Va sanksiyalarga javob qaytardi.Bir yil o‘tishi bilanoq, Yevropa ko‘proq yo‘qotayotgani ayon bo‘ldi. 2014-yil martdan 2015-yil martiga qadar Moskva 55 milliard dollar kamomad aniqladi, YeI esa 110 milliard dollar. Ikki tomonlama cheklovlardan oyiga 700 million dollar yo‘qotayotgan Germaniya, ayniqsa jiddiy zarar ko‘rdi.O‘shanda Yevropa parlamentida sektor sanksiyalar Rossiya uchun og‘riqli bo‘lganini ta’kidlashdi.Ammo 2018-yilda YeI qonunchilik organi tan oldiki, sanksiyalar o‘ta cheklangan samarani berapti. “G‘arbning Moskvani yakkalashga urinishlariga qaramasdan, Rossiya jahon maydonida yanada ko‘zga ko‘ringan rolni o‘ynamoqda. Sanksiyalarga javoblar mamlakatning qishloq xo‘jaligiga yordam berdi”, - deyishdi deputatlar.Do‘stona olov2019 yilda “besh yillik sanksiyalar” yakunlarini Gonkongdagi Linnan universtiteti iqtisodchisi Mattye Kroze va Jahon iqtisodiyoti Kil instituti iqtisodchisi Yulian Xins tahlil qilishdi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘arb sanksiyalari ziyonining yarmidan sal ko‘prog‘i – oyiga 2,2 milliard dollar Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Qolgan umuman qiymati 1,8 milliard bo‘lgan 45 foizni cheklov tashabbuskorlari o‘zaro bo‘lib olishadi. Ushbu ma’lumotlarda “Do‘stona olov: Rossiyaga qarshi sanksiyalarning savdo-sotiqqa hamda javob sanksiyalarining ta’siri” tadqiqotida chop qilingan.Kroze va Xins hisob-kitobi sxemasini “Economic Policy” nufuzli ilmiy jurnali tasvirlab berdi. O‘zaro cheklovlarsiz xalqaro savdo-sotiq qanday rivojlangan bo‘lardi bahosi asos bo‘lgan.Aniqlanishicha, bir oylik ziyon – to‘rt milliard dollar. Germaniya eng ko‘p boshqalardan yo‘qotapti – 38 foiz, 667 million dollar. Fransuz kompaniyalari ham jiddiy zarar ko‘rdi. Kroze va Xins tadqiqotida ta’kidlanishicha, boshqa mamlakatlarga qayta yo‘naltirilgan eksport baribir ziyon o‘rnini qoplamagan.Yaqinda Germaniya Iqtisod va energetika vazirligi qayd etdi: Yevropa biznesi 2014-yildan buyon Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli milliardlar yo‘qotdi, qora ro‘yxatga tushgan Rossiya fuqarolari va kompaniyalarining muzlatilgan aktivlari va mablag‘lari – bu ba’zan bir necha yuz yevro.2018 yilda Germaniya qariyb 485 ming, Irlandiya 25 ming, Italiya 94 ming, Niderlandiya 806 yevroni muzlatilgan aktiv va mablag‘lar bazasiga kiritdi. Faqat Kipr ajralib turibdi – uch million yevrodan ziyodroq.2019 yilda bu ko‘rsatgich Germaniyada 337 ming, Irlandiyada 77 ming, Italiyada 148 ming, Niderlandiyada 819 yevroni tashkil etdi. 2020-yilda Germaniyada 341 ming yevro, Niderlandiyada esa 761 yevro.Germaniya 2014-yildan buyon jami taxminan 1,8 million yevroni muzlatdi. Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi esa 2014-yilda 67,7 milliard yevro, 2015-yilda 51,5 milliard, 2016-yilda 48 milliard yevro edi.Berlin sanksiya urushidan Germaniya ko‘proq jabrlanishini bir necha marta aytgandi. O‘tgan yil yozida bundestag deputati Markus Fronmayer Kroze va Xins natijalariga yaqin bo‘lgan ma’lumotlarni keltirgandi: oyiga 618 million yevro (YeIning barcha ziyonlarining 40 foizi, yiliga 7,4 milliard).Asosiy jabrlanganlarBrussel va Moskva o‘rtasidagi sanksiya urushini Vena Xalqaro iqtisodiy tadqiqotlar instituti (Wiener Institut fur Internationale Wirtschaftsvergleiche — WIIW) ham atroflicha o‘rganib chiqdi.WIIWning yaqindagi baholariga ko‘ra, Rossiyaga eksportning qisqarishi 2014-2018 yillarda Germaniyaga YaIMning 0,2 foizi, Avstriyaga 0,5 foizga tushgan. Iqtisodchilar Chexiya va Vengriya (har biri YaIMning 0,6 foizidan yo‘qotgan) va Slovakiyani (YaIM 1 foizi) eng ko‘p jabr ko‘rganlar qatoriga kiritgan. Ammo mutlaqo ko‘rsatgichlarda eng katta ziyonni Germaniya ko‘rgan – 14 milliard yevro sanksiyalarning faqat ilk ikki yilida.Iqtisodiyot sektorlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu yerda “antiyetakchilikda” to‘qima sanoati, farmatsevtika, elektr, mexanika va transport uskunalari.Tadqiqot mualliflari oziq-ovqat mahsulotlari (Yevropadan go‘sht, sut, baliq, meva-sabzavotlarga Rossiya 2014-yil avgustidan embargo joriy etgan) “Yevropa eksportida muhim rol o‘ynamaganini” (Boltiq mamlakatlari, Finlyandiya, Germaniya, Niderlandiya va Polshadan tashqari) qayd etishgan.“Rossiyada oziq-ovqat inflyatsiyasi kuzatildi, xolos, biroq bir vaqtning o‘zida import o‘rnini bosish qishloq xo‘jaligining qayta tiklanishiga ko‘maklashdi, bu iqtisodiyotning ko‘zga ko‘ringan muvaffaqiyatlaridan biri bo‘ldi”, - deya tan olgan WIIW.YeIning Rossiyaga eksport ulushi ikki baravarga qisqardi. Lekin shu bilan birga Rossiya neft va gaziga bo‘lgan qaramlik, ayniqsa energiya tashuvchilaga bo‘lgan talabning o‘sishi va “Shimoliy oqim - 2” gaz quvurining tez orada yakunlanishini inobatga olib, kuchaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20210212/Borrel-tashrifi---zhang-bilan-razvedka-kholos-asosiy-uzhum-ali-oldinda-15991772.html
https://oz.sputniknews.uz/20210212/Rossiya-EI-bilan-aloalarni-uzishga-tayr---Lavrov-15988673.html
https://oz.sputniknews.uz/20210210/Yevropa-Rossiya-bilan-aloqalarni-boshi-berk-kochaga-olib-kirdi-Ammo-ozi-ham-bundan-khursandmas-15974318.html
https://oz.sputniknews.uz/20210203/Garb-sanktsiyalar-uchun-doim-bahona-topadi-Zaxarova-15926214.html
https://oz.sputniknews.uz/20201209/Evropa-Rossiyaga-arshi-kurash-uchun-lon-vazirligini-tashkil-ilmoda-15566773.html
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0f/16006021_0:0:3073:1930_1920x0_80_0_0_c513aed9f9dafcfb850ccf1f62160eb4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
kolumnistlar, yevropa, rossiya, sanksiyalar
kolumnistlar, yevropa, rossiya, sanksiyalar
Qimmatga tushdi: Yevropa Rossiya tufayli milliardlar yo‘qotdi
16:37 15.02.2021 (yangilandi: 16:40 15.02.2021) Yevropa Ittifoqi 2014-yil yozida Ukrainadagi mojaro sabab Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiya kiritgan. Rossiya esa munosib javob qaytardi. Sanksiya urushida kim ko‘proq jabr ko‘rmoqda?
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Siyosiy qarama-qarshilik yillari davomida Yevropa Ittifoqi o‘zaro cheklovlardan Rossiyaga qaragandan ko‘proq narsa yo‘qotganiga qaramasdan, Brussel Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar hozirlamoqda. Iqtisodiy zarar o‘nlab milliardlar yevroga baholanmoqda. Yevropa qanday zarar ko‘rdi va kim ko‘proq yo‘qotdi – RIA Novosti materialida.
Sanksiyalar shunaqa – Yevroittifoqining maqsadi emas, bu Rossiyaga nisbatan samarali vosita, xolos, dedi Brusseldagi brifingda YeIning tashqi siyosat xizmati vakili Piter Stano. Yevrodiplomatiya rahbari Jozep Borrel Aleksey Navalniy hibsga olingandan so‘ng inson huquqlari buzilgani uchun jazo muqarrarligini qo‘shimcha qildi.
Yevropa Ittifoqi 2014-yil yozida Ukrainadagi mojaro sabab Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiya kiritgan. Keyinchalik ularni kengaytirdi. YeI yetakchilari 2015-yilda bu choralarni Minsk kelishuvlariga bog‘lashdi. Moskva Rossiya ichki Ukraina mojarosining tarafi va Minsk kelishuvlari subyekti emasligini aytib, tartibga solish jarayonida faqat vositachi ekanini bayon qildi. Va sanksiyalarga javob qaytardi.
Bir yil o‘tishi bilanoq, Yevropa ko‘proq yo‘qotayotgani ayon bo‘ldi. 2014-yil martdan 2015-yil martiga qadar Moskva 55 milliard dollar kamomad aniqladi, YeI esa 110 milliard dollar. Ikki tomonlama cheklovlardan oyiga 700 million dollar yo‘qotayotgan Germaniya, ayniqsa jiddiy zarar ko‘rdi.
O‘shanda Yevropa parlamentida sektor sanksiyalar Rossiya uchun og‘riqli bo‘lganini ta’kidlashdi.
Ammo 2018-yilda YeI qonunchilik organi tan oldiki, sanksiyalar o‘ta cheklangan samarani berapti. “G‘arbning Moskvani yakkalashga urinishlariga qaramasdan, Rossiya jahon maydonida yanada ko‘zga ko‘ringan rolni o‘ynamoqda. Sanksiyalarga javoblar mamlakatning qishloq xo‘jaligiga yordam berdi”, - deyishdi deputatlar.
2019 yilda “besh yillik sanksiyalar” yakunlarini Gonkongdagi Linnan universtiteti iqtisodchisi Mattye Kroze va Jahon iqtisodiyoti Kil instituti iqtisodchisi Yulian Xins tahlil qilishdi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘arb sanksiyalari ziyonining yarmidan sal ko‘prog‘i – oyiga 2,2 milliard dollar Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Qolgan umuman qiymati 1,8 milliard bo‘lgan 45 foizni cheklov tashabbuskorlari o‘zaro bo‘lib olishadi. Ushbu ma’lumotlarda “Do‘stona olov: Rossiyaga qarshi sanksiyalarning savdo-sotiqqa hamda javob sanksiyalarining ta’siri” tadqiqotida chop qilingan.
Kroze va Xins hisob-kitobi sxemasini “Economic Policy” nufuzli ilmiy jurnali tasvirlab berdi. O‘zaro cheklovlarsiz xalqaro savdo-sotiq qanday rivojlangan bo‘lardi bahosi asos bo‘lgan.
Aniqlanishicha, bir oylik ziyon – to‘rt milliard dollar. Germaniya eng ko‘p boshqalardan yo‘qotapti – 38 foiz, 667 million dollar. Fransuz kompaniyalari ham jiddiy zarar ko‘rdi. Kroze va Xins tadqiqotida ta’kidlanishicha, boshqa mamlakatlarga qayta yo‘naltirilgan eksport baribir ziyon o‘rnini qoplamagan.
Yaqinda Germaniya Iqtisod va energetika vazirligi qayd etdi: Yevropa biznesi 2014-yildan buyon Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli milliardlar yo‘qotdi, qora ro‘yxatga tushgan Rossiya fuqarolari va kompaniyalarining muzlatilgan aktivlari va mablag‘lari – bu ba’zan bir necha yuz yevro.
2018 yilda Germaniya qariyb 485 ming, Irlandiya 25 ming, Italiya 94 ming, Niderlandiya 806 yevroni muzlatilgan aktiv va mablag‘lar bazasiga kiritdi. Faqat Kipr ajralib turibdi – uch million yevrodan ziyodroq.
2019 yilda bu ko‘rsatgich Germaniyada 337 ming, Irlandiyada 77 ming, Italiyada 148 ming, Niderlandiyada 819 yevroni tashkil etdi. 2020-yilda Germaniyada 341 ming yevro, Niderlandiyada esa 761 yevro.
Germaniya 2014-yildan buyon jami taxminan 1,8 million yevroni muzlatdi. Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi esa 2014-yilda 67,7 milliard yevro, 2015-yilda 51,5 milliard, 2016-yilda 48 milliard yevro edi.
Berlin sanksiya urushidan Germaniya ko‘proq jabrlanishini bir necha marta aytgandi. O‘tgan yil yozida bundestag deputati Markus Fronmayer Kroze va Xins natijalariga yaqin bo‘lgan ma’lumotlarni keltirgandi: oyiga 618 million yevro (YeIning barcha ziyonlarining 40 foizi, yiliga 7,4 milliard).
Brussel va Moskva o‘rtasidagi sanksiya urushini Vena Xalqaro iqtisodiy tadqiqotlar instituti (Wiener Institut fur Internationale Wirtschaftsvergleiche — WIIW) ham atroflicha o‘rganib chiqdi.
WIIWning yaqindagi baholariga ko‘ra, Rossiyaga eksportning qisqarishi 2014-2018 yillarda Germaniyaga YaIMning 0,2 foizi, Avstriyaga 0,5 foizga tushgan. Iqtisodchilar Chexiya va Vengriya (har biri YaIMning 0,6 foizidan yo‘qotgan) va Slovakiyani (YaIM 1 foizi) eng ko‘p jabr ko‘rganlar qatoriga kiritgan. Ammo mutlaqo ko‘rsatgichlarda eng katta ziyonni Germaniya ko‘rgan – 14 milliard yevro sanksiyalarning faqat ilk ikki yilida.
Iqtisodiyot sektorlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu yerda “antiyetakchilikda” to‘qima sanoati, farmatsevtika, elektr, mexanika va transport uskunalari.
Tadqiqot mualliflari oziq-ovqat mahsulotlari (Yevropadan go‘sht, sut, baliq, meva-sabzavotlarga Rossiya 2014-yil avgustidan embargo joriy etgan) “Yevropa eksportida muhim rol o‘ynamaganini” (Boltiq mamlakatlari, Finlyandiya, Germaniya, Niderlandiya va Polshadan tashqari) qayd etishgan.
“Rossiyada oziq-ovqat inflyatsiyasi kuzatildi, xolos, biroq bir vaqtning o‘zida import o‘rnini bosish qishloq xo‘jaligining qayta tiklanishiga ko‘maklashdi, bu iqtisodiyotning ko‘zga ko‘ringan muvaffaqiyatlaridan biri bo‘ldi”, - deya tan olgan WIIW.
YeIning Rossiyaga eksport ulushi ikki baravarga qisqardi. Lekin shu bilan birga Rossiya neft va gaziga bo‘lgan qaramlik, ayniqsa energiya tashuvchilaga bo‘lgan talabning o‘sishi va “Shimoliy oqim - 2” gaz quvurining tez orada yakunlanishini inobatga olib, kuchaydi.