AQSh Saudiyani jazolasa, bundan Rossiya va Eron manfaat ko‘radimi?

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVizit prezidenta RF V. Putina v Kitay. Den vtoroy
Vizit prezidenta RF V. Putina v Kitay. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Obuna bo‘lish
AQSh va Saudiya munosabatlari - Oq uyda kim o‘tirganiga bog‘liq emas. Ikki davlat aloqalari – o‘nlab yillar davomida shakllangan va fundamental asosga ega.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Saudiya Arabistoni va AQSh munosabatlarda murakkab davrlar kelmoqda. 2018-yilda jurnalist Jamol Xashshogining o‘ldirilishidan so‘ng Oq uy yangi strategiya e’lon qilgan edi: endi ular Yamanda urushni to‘xtatishni va inson huquqlari saqlanishini talab qilishmoqda. Ushbu yo‘nalishda OQ uy qanchalik uzoqqa birishi va ar-Riyod bunga qanday javob berishi mumkin?

Sanksiya kiritib bo‘lmaydigan shaxzoda

AQSh Davlat Deparatamenti rahbari Entoni Blinken juma kuni “Xashshogi bani” haqida yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, “saudiyalik dissidentlarni qo‘rqitishda va jurnalist Jamol Xashshogi o‘limiga aloqador” deb topilgan 76 nafar saudiyaliklarga nisbatan viza cheklovlari kiritilgan. Sanksiyaga tushganlar orasida Saudiya Arabistoni umumiy razvedka rahbari Axmad al-Asiri ham bor.
Vstrecha prezidenta RF Vladimira Putina s zamestitelem naslednogo prinsa Saudovskoy Aravii Muxammadom ibn Salmanom Al Saudom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2018
AQSh senati saudiya shahzodasi jazolanishini talab qilmoqda
Undan tashqari, hisobotda aytilishiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni voris shahzodasi Muhammad ben Salmon ham The Washington Post jurnalisti o‘limiga aybdor. Aynan uning buyrug‘iga asosan, Stambuldagi Saudiya Arabistoni konsulxonasida jurnalist o‘g‘irlangan va uning tanasi bo‘larga bo‘linib yo‘q qilingan. Saudiya Qirolligi tashqi ishlar vazirligi ushbu ayblovlarni qat’iy rad etmoqda.
Ayblovlar bisyor bo‘lishiga va Jo Bayden saylovoldi debatlarida ar-Riyodni yakkalab qo‘yishni va’da berganiga qaramasdan, shaxzodaga nisbatan shaxsiy sanksiyalar kiritgani yo‘q.
-Butun mamlakat va alohida bir kishi bilan munosabatlarni aralashtirmaslik kerak. Sudiya bilan munosabatlarimiz juda mumhim. AQSh qirollikni himoya qilish tarafdori, - degan edi ushbu haqida AQSh davlat kotibi Blinken. – Bundan kutilayotgan maqsad – ar-Riyod AQSh vazifa va  qadriyatlariga to‘liqroq javobi berishini ta’minlashdir.
Davlat kotibi aytishiga qaraganda, ar-Riyod amerikaliklardan olayotgan yordamini Yamandagi vaziyatni hal qilishda foydalanmasligi kerak. Yamanda saudiyaliklar sobiq prezidentAbu Rabu Mansura Xadi tarafdorlarini qo‘llab-quvvatlashmoqda.Boshqacha qilib aytganda, Vashington amerika qurollari uchinchi davlat jang maydonlarida foydalanilmayotganiga amin bo‘lmoqchi.

Hujumkor himoya

Aslida ikki davlat munosabatlari asosi juda mustahkam – Saudiya nefti evaziga AQSh uni himoya qiladi. Ikkinchidan Saudiya AQShdan qurol sotib oluvchi eng yirik xaridorlaridan biri.
Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Ruxani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2019
Ruhoniy: Saudiya va AQSh Yamanni vayronaga aylantirishdi, o‘zlariga zarba bersa - yoqmaydi
Ushbu hamkorlik ikki tomonning ham strategik manfaatlariga javob beradi, lekin qadriyatlar, inson huquqlari va  demokratik borasida  - ushbu ikki davlatlar qarashlari keskin farq qiladi.
Barak Obama hokimiyatining so‘nggi yillarida Saudiya-AQSh hamkorligi fikrlar farqi sezila boshlagan edi. Birinchi navbatda bu AQShning Eronga (Saudiyaning hududdagi raqibi) bo‘lgan munosabatining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ldi.
Ikki davlat razvedkalari doimiy ravishda hamkorlik qilib tursa-da, Saudiyaning dissidentlarga qarshi kurash metodlari va Yamandagi harbiy harakatlar – AQShda xavf uyg‘ota boshlagan edi.
Lekin Oq uyga Donald Tramp kelganidan so‘ng, munosabatlar biroz yaxshilandi. AQSh prezidenti o‘zining birinchi tashrifini Saudiyaga amalga oshirdi. Vaholanki, saylovdan oldin Tramp saudiyaliklarning “ishqibozi” emasligini va “saudiyalik terrorchilarga yordam bermasligini” aytib o‘tgan edi. Tramp davrida Saudiya bilan munosabatlarni uning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner olib borar edi.
Portret saudovskogo jurnalista Djamalya Xashukdji v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2021
Saudiyalik jurnalist Xashoggining Istanbulda o‘ldirilishi - AQSh merosxo‘r shahzodani aybladi
Jurnalist  Xashshogining o‘limi haqidgi hisobot Tramp davridayoq tayyor bo‘lishiga qaramasdan, u keng ommaga e’lon qilinmagan edi.
“Buning o‘rniga Tramp ittifoqchilarga investitsiya kiritishga harakat qildi. Endi ular Vashingtondan yanada ko‘proq qurol-aslaha sotib olishi, hududda sodir bo‘layotgan voqealar uchun javobgarlikni bo‘ynilarig olishlari kerak edi”, - deb vaziyatni tushuntiradi Kelajak izlanishlar markazi direktori Maksim Suchkov.
“Hozirgi hukumat nima desa ham - oldin ana shunday qarash ikkala partiyaga ham xos edi. Xashshogi o‘limidan so‘ng demokratlar respublikachilarni ayblashga tushishdi. Ular Tramp hukumatini inson huquqlari buzilishida, saudiyaliklar Yamanda amalga oshirgan zo‘ravonlik operatsiyalariga befarq bo‘lishda ayblashdi.
Demokratlar xulosasiga ko‘ra, bunday yondashuv Saudiyal shaxzodasi Muxammed ben Salmanga nima qilsa ham jazoga tortilmasligi va Vashington bilan har qanday masalani pul bilan hal qilish mumkin, degan tasavvur berishi mumkin.
Yangi ma’muriyat kelganidan so‘ng ushbu masalaga yondashuv o‘zgarishini hamma kutgan edi va Bayden birinchi qadamni qo‘ydi.
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2016
AQSh fuqarosi Saudiya Arabistoni ustidan sudga davo qildi
Yangi prezident Yamanda hujumlarga barham berish tashabbusini olg‘a surdi. Bunga, jumladan  Saudiyaga qurol aslaha eksportini cheklash orqali ham erishish mumkin. Xususan, dekabrda yetkazib berish haqida kelishuvga erishilgan 3 mingta GBU-39 – aniq nishonga teguvchi bombalar va 7 mingta Paveway IV bombalarni yetkazib berishni ta’qiqlash orqali.  Ma’lumot uchun, ushbu bombalar umumiy qiymati 768 million dollarni tashkil qiladi.
Umuman olganda,  Vashington Yaman mojarosini diplomatik yo‘l bilan hal qilishga bel bog‘lagan. Fevral oyida Yaman muxolifatchi kuchlari – xusiylarni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishgan edi.    

Yangi burilishi

Ikki davlat munosabatlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish haqida gap ketayotgani yo‘q.
“Biroz vahima qilib qo‘rqitishadi, ozgina jazo berishadi va shu bilan tamom. Munosabatlarni to‘liq qayta ko‘rib chiqish haqida gap ketayogani yo‘q”, - deydi Yaqin Sharq bo‘yicha mutaxassis Aleksey Xlebnikov.
Burovaya ustanovka dlya dobichi nefti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2016
Saudiya Arabistoni AQSh uchun neft narxini oshirdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington - Ar-Riyod munosabatlari biroz qayta tekshirilsa-da, lekin  hozircha hech qanday jiddiy strategik o‘zgarshlar bo‘lmaydi.
Rossiya Xalqaro ishlar kengashining Yaqin Sharq loyihalari menedjeri Ruslan Mamedov ham ana shunday fikrda.
“Obama davridan boshlab AQSh o‘z energetika manbaalarini oshirib, Saudiya neftiga bog‘liqlikni kamaytirib kelayotgan edi. AQSh yangi ma’muriyatida Saudiya bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish tarafdorlari ham bir necha. Gap Yaqin Sharqda faqat Saudiyaga emas bir necha davlat bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va “qo‘llarni biroz bo‘shatib olish” haqida”, - deydi ekspert.
Mamedov aytishiga ko‘ra, bu borada ko‘p narsa Eron yadroviy dasturiga bog‘liq. Ar-Riyod AQShning hududdagi eng yirik hamkorlaridan biri. Agar Saudiyaga qattiq sanksiyalar kiritilsa, bundan Eron yutib chiqadi. Birgina Xashshogining o‘limi uchun AQSh Saudiyani bunchalik qattiq jazolashga bormaydi.

Rossiya va Xitoy

2015 yilda AQSh, Rossiya, Xitoy, Britaniya va Fransiya ishtirokida Eron yadroviy dasturiga doir imzolangan “Umumiy ishlar rejasi” Saudiya monarxlari uchun so‘nggi tomchiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi, - deydi Aleksey Xlebnikov. - So‘nggi 10-yilda Ko‘rfaz atrofida bir necha muhim voqealar yuz bergan edi – Misr va Tunisda AQSh ishtirokisiz qo‘zg‘olonlar oqibatida hukumatlar o‘zgargan edi.
Saudiya Arabistoni TIV rahbari Adal Al-Jubayra - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2016
Saudiya Arabistoni AQSh iqtisodiyotini sindirib tashlamoqchi
Ushbu voqealardan xulosa qilgan Qirollik tashqi o‘z siyosatini ham diversifikatsiya qilishga, dunyodagi boshqa yirik davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlashga kirisha boshladi. Masalan Rossiya va Xitoy bilan, deb hisoblaydi ekspert.
Moskva 2019-yilan boshlab Ar-Riyodga qurol aslaha yetkazib bermoqda. Dastlabki shartnomalar 2017-yilda tuzilgan edi. O‘shanda Saudiya Arabistonida TOS-1A olov otish tizimlarini, "Kornet-EM" – tankka qarshi kurashish majmualari, AGS-30 – granatomotlari va “AK-103” Kalashnikov avtomatlarini birgalikda ishlab chiqarishga kelishib olingan edi.
2021 yil boshida esa saudiyaliklar Rossiyaning S-400 havo hujumidan himoya tiziminiva Su-35 samolyotlarini sotib olishga qiziqish bildirgan edi.
Undan tashqari Rossiya va saudiya Arabistoni OPEK+ doirasida ham hamkorlik qilishayotganini va buning natijasida ikkala davlat ham mo‘maygina daromad qilganini unutmaslik kerak. Ushbu va boshqa pragmatik sabablar – mustahkam hamkorlik asosi bo‘lishi mumkin, deydi Mamedov.

Ko‘p qirrali taktika

Saudiya qiroli Yaqin Sharq hududida amerikaliklar uchun talaygina muammolar tug‘dirishi mumkin, lekin oxir oqibat Ar-riyod uchun AQSh - o‘ta muhim hamkor. Moskva va Pekin tomoniga qilinayotgan har qanday manyovrlar, bu o‘ziga diqqat jalb qilishga qaratilgan vosita bo‘lishi mumkin.
“Saudiya Arabistoni fikriga ko‘ra, AQSh bilan munosabatlar Oq uyda kim o‘tirganiga bog‘liq emas, ikki davlat aloqalari – o‘nlab yillar davomida shakllangan va ular har qanday sinovdan o‘tishga qodir”, - deydi ekspert.  
O‘nlab yillar davomida shakllangan fundamental munosabatlar deganda, ko‘p narsani tushunish kerak: Saudiya elitasining deyarli barchasi AQShda ta’lim olgan va olmoqda, qurol-yarog‘ va harbiylarni o‘qitish ham - to‘liq amerika tomonida. Vanihoyat ularning valyutasi rial kursi ham dollaga bog‘langan. Bularning barchasini o‘zgartirish uchun – uzoq yillar kerak bo‘ladi. Shu sababli ham tashqi siyosiy aloqalarni diversifikatsiya qilish— shunchaki taktik uslub, ko‘p tomonli trek bo‘lib, u yangi ko‘p qirrali dunyo talablariga javob berish uchun amalga oshirilmoqda.
 
Yangiliklar lentasi
0