Saudiya Arabistoni AQSh uchun neft narxini oshirdi

© AP Photo / JOHN MOOREBurovaya ustanovka dlya dobichi nefti
Burovaya ustanovka dlya dobichi nefti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soha ekspertlari buni neft bozorida paydo bo‘lgan kuchli raqobat bilan bog‘lashmoqda.

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Saudiya Arabistonining davlatga qarashli  Saudi Aramco neft kompaniyasi sotilayotgan neft mahsulotlari narxini Yevropa mamalkatlari uchun pasaytirib AQSh uchun – oshirdi, RIA Novosti  Wall Street Journal nashri xabariga asosan.

Yevropaning Shimoli-g‘arbida joylashgan mamalkatlari uchun arab nefti narxi barreliga 35 sentga arzonlashdi, O‘rta Yer dengizi mamlakatlari uchun esa – 10 sentga. AQSh va Uzoq Sharq mamlakatlariga yetkizib berilayotgan neft barrelining narxi esa — 10 sentga oshdi.

Narxlar o‘zgarishini soha ekspertlari, sanksiyalar olib tashlanganidan keyin, Eron Yevropa mamalkatlariga neft yetkizib bera boshlagani bilan bog‘lamoqda. Bugungi kunda Eron neft eksporti sutkasiga 400 ming barrelni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2-iyun kuni Venada bo‘lib o‘tgan OPEK mamalkatlari uchrashuvida tomonlar neft qazib olish hajmini kamaytirish yoki unga cheklov o‘rnatishga kelisha olmadi, chunki tashkilot a’zolaridan ba’zilari neft qazib olish hajmini kamaytirishdan qat’iyan bosh tortmoqda.

Yangiliklar lentasi
0