Saudiya Arabistoni AQSh iqtisodiyotini sindirib tashlamoqchi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishSaudiya Arabistoni TIV rahbari Adal Al-Jubayra
Saudiya Arabistoni TIV rahbari Adal Al-Jubayra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistonini "11 sentabr voqealarida" aybdor deb topib, sudga tortish imkonini beruvchi hujjatning AQSh Kongressida muhokamaga qo‘yilgani ushbu tahdidlarga sabab bo‘ldi.

TOShKENT, 16 apr – Sputnik. SAR TIV rahbari Adal al-Jubayr Vashingtonga uyushtirgan safari chog‘ida Barak Obamaga mamlakat AQShdagi 750 milliard dollarlik aktivlarini sotuvga qo‘yishi mumkinligini haqida ogohlantirgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, New York Times nashriga tayangan holda.

Nyu-Yorkda terakt sodir bo‘lgan maydon - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Senatorlari 11-sentabr teraktlarida Saudiya Arabistonini ayblamoqda

“Agar AQSh Kongressi 11-sentabr voqealari uchun Saudiya Arabistonini sudga tortish huquqini beradigan loyihani tasdiqlasa, biz, AQShdagi 750 milliard dollar qiymatiga ega bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa aktivlarimizni sotuvga qo‘yishga majbur bo‘lamiz”, — deya ta’kidlagan Adal al-Jubayr.

Bunday ogohlantirishdan so‘ng, prezident Barak Obama kongressmenlarni ushbu qonun loyihasini rad etishga ko‘ndirishga uringan. Obama bu loyiha tufayli AQSh diplomatiya va iqtisodiy tomondan ziyon ko‘rishi mumkinligini ta’kidlagan, deb yozadi nashr

Amerika rahbari 2001-yil Nyu-York shahrida sodir etilgan teraktlar bo‘yicha surishtiruv natijalari bayon etilgan hujjatlarni ommaga havola qilish bo‘yicha qarorni 60 kun ichida qabul qiladi.

Surishtiruv natijasiga ko‘ra, “11 sentabr voqealarida” Saudiya Arabistonining qo‘li borligi ma’lum bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2001-yilning 11-sentabrida AQShda “Al-Qoida” terrorchilik uyushmasining kamikadze-terrorchilari to‘rtta samolyot qo‘lga olib, shulardan ikkitasini Nyu-York ramzi bo‘lmish mashhur egizak binolarga, qolgan ikkitasini esa Pentagon va, taxminlarga ko‘ra, Oq Uy yoki Kapitoliyga yo‘naltirishgan. Oxirgi samolyotdan tashqari barchasi ko‘zlangan manzilga yetib borgan.

To‘rtinchi samolyot Pensilvaniya shtati Shanksvill shahri yaqinida qulagan. 11-sentabr voqealarida 2974 kishi halok bo‘lgan, 24 kishi hozirga qadar bedarak yo‘qolgan, deb hisoblab kelinadi.

Yangiliklar lentasi
0