AQSh fuqarosi Saudiya Arabistoni ustidan sudga davo qildi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishSaudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri ko‘rinishi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Kongressi Prezident Barak Obama taqiqiga qaramay, 2001-yil 11-sentabr teraktlarida qurbon bo‘lganlarning oilalariga Saudiya Arabistoni ustidan davo qilish huquqini beruvchi qonunni qabul qilgach, Nyu-Yorkda yashovchi Stefani Ross Desimon birinchilardan bo‘lib Qirollik ustidan sudga davo qildi

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. 2001-yilning 9-sentabr kuni amalga oshirilgan terrorchilik hujumi oqibatida o‘z turmush o‘rtog‘idan mahrum bo‘lgan amerikalik ayol Saudiya Arabistoni ustidan sudga davo qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Blumberg nashriga tayangan holda.

11 sentabrdagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Saudiya AQShning yangi qonunidan g‘azabda
Prezident Barak Obama taqiqiga qaramay AQSh Kongressi 2001-yil 11-sentabr teraktlarida qurbon bo‘lganlarning oilalariga Saudiya Arabistoni ustidan davo qilish huquqini beruvchi qonunni qabul qilgach, AQSh poytaxtida yashovchi Stefani Ross Desimon tomonidan yozilgan da’vo eng birinchisi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, samolyotlarni olib qochib, ularni to‘g‘ri Nyu-York, Pensilvaniya va Vashingtonga yo‘naltirgan 19 terrorchidan o‘n besh nafari Saudiya Arabistoni fuqarolari bo‘lishgan.

Samolyotning Pentagon binosiga kelib urilishi tufayli turmush o‘rtog‘idan mahrum bo‘lgan ayol homilador holicha boquvchisiz qolgan. Stefani Ross Desimon o‘zi va qizi nomidan qirollikni "Al-Qoida" terrorchilik uyushmasi hamda uning rahbari Usama Ben Ladenni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblamoqda.

Ayolning turmush o‘rtog‘i Patrik Dann AQSh Harbiy dengiz flotida xizmat qilgan. Agentlikning sud ma’lumotlari asosida xabar qilishicha, Desimon o‘z turmush o‘rtog‘ining zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘ldirilishi hamda ataydan ruhiy zo‘riqish holatiga olib kelingani uchun katta miqdorda (miqdori sir tutilmoqda)tovon puli talab qilmoqda.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligining fikricha, AQSh tomonidan qabul qilingan qonun yuz yillar davomida xalqaro munosabatlarning asosini tashkil qilgan suveren davlat tamoyillariga jiddiy putur yetkazmoqda.

Yangiliklar lentasi
0