Yevropaga Rossiyani to‘xtatib turish majburiyatidan xalos bo‘lishiga imkon berishmayapti

© AP Photo / Virginia MayoFlagi USA i UE w Brukseli
Flagi USA i UE w Brukseli  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
YeI yana Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llamoqda. AQShda esa nafaqat Navalniy, Amerika idora va kompaniyalariga qarshi uyushtirilgan xakerlik hujumi uchun “sanksiya va boshqa choralar” to‘plamini tayyorlash yakunlanmoqda.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. G‘arb Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘plamini qo‘llamoqda: dushanba kuni Yevropa Ittifoqi “Navalniyning ta’qib qilinishiga ma’sul” qator rossiyalik amaldorlarga qarshi alohida sanksiya kiritishni kelishib oldi (aniq ro‘yxat bir necha kundan keyin e’lon qilinadi), AQShda esa nafaqat Navalniy, balki Rossiyani ayblashayotgan Amerika idora va kompaniyalariga qarshi uyushtirilgan xakerlik hujumi (SolarWinds) uchun “sanksiya va boshqa choralar” to‘plamini tayyorlash yakunlanmoqda.
Bu oldindan taxmin qilingan edi. Rossiyaga qarshi sanksiyalar (alohida emas, balki keng ko‘lamli AQsh sanksiyalari) mana yetti yildirki davom etib kelmoqda. Odatlanib qolsa bo‘lardimi? Albatta – biroq G‘arb “hamkorlarimiz” o‘z xatti-harakatlarini asoslaydigan vajlar hamisha qiziq. Aynan vajlar, argumentlar. Sabablar mutlaqo tushunarli. Vladimir Putin FXX hay’ati yig‘ilishida chiqish qilayotib, ular haqida ham eslatib o‘tdi.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii kollegii FSB RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Putin Rossiyaga qarshi hozirlanayotgan ig‘volardan ogohlantirdi
“Biz Rossiya to‘xtatib turish deb ataluvchi siyosatga duch kelmoqdamiz. Gap bu yerda xalqaro munosabatlar uchun tabiiy raqobat emas, balki rivojlanishimizni barbod qilish, uni to‘xtatib qo‘yish, tashqi perimetr bo‘yicha muammo yaratish, ichki beqarorlikni keltirib chiqarish, Rossiya jamiyatini birlashtiruv turuvchi qadriyatlarga putur yetkazish, natijada Rossiya zaiflashtirish va uni tashqi nazorat ostiga qo‘yishga qaratilgan izchil va o‘ta tajovuzkorlik haqida bormoqda. Biz buni ko‘rib va bilib turibmizki, bu ayrim postsovet mamlakatlarida ham ro‘y bermoqda”.
Bu maqsadlar sirli emas. Putin ta’kidlaganidek, “Ochiq strategik hujjatlar va qator mamlakat davlat arboblarining o‘ta oshkora bayonotlari bilan tanishib chiqish kifoya”. “Rossiya, qator boshqa mustaqil, suveren markazlarga bo‘lgan nodo‘stona munosabatlarini hatto yashirishmayapti”.
Ushlab turishning barcha usullari ham yaxshi tanish. Putin ularni shunchaki birma-bir sanab o‘tdi: “Bizni iqtisodiy va boshqa sanksiyalar bilan kishanlashga, nafaqat biz, balki hamkorlarimiz manfaatdor bo‘lgan yirik xalqaro loyihalarni bloklashga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoat va siyosiy hayotga, mamlakatimiz demokratik jarayonlariga aralashishga urinishmoqda. Va albatta, maxsus xizmat arsenallari vositalaridan faol foydalanishmoqda”.
Bularning barchasi mamlakatimiz tarixida birinchi marta bo‘layotgani yo‘q: turli davrlarda bizga qarshi barcha tilga olingan usullardan foydalanishgan, shunday ekan biz unga qarshi turishga va javob qaytarishni o‘rgandik. Aynan shuning uchun Putin dediki, “Rossiyaga nisbatan bunga o‘xshash harakatlar istiqbolsiz” – bizni hech qanday bosim bilan yon berishga majburlash, ichkaridan barbod qilish qo‘ldan kelmaydi. Shu bilan birga Rossiya o‘zining himoyalanayotgan, o‘z suvereniteti va manfaatlarini himoya qilayotgan roli haqida ma’lum qiladi.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Rossiya va Yevropa Ittifoqi: ajrashish muqarrarmi?
Qolaversa, biz har vaqt hamma bilan munosabatlarni rivojlantirishga, o‘zaro ishonch va hurmat asosida ochiq muloqotga tayyorligimizni ta’kidlab kelamiz. Bu gal ham Putin buni eslatib o‘tdi? Biroq bunga javoban nimani ko‘ramiz?
Rossiya Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdan manfaatdor emas, Rossiya hukumati mamlakatni avtoritarizm yo‘lidan olib bormoqda – YeI tashqi ishlar vaziri yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan uchrashuvda shunday qarorga kelishdi. Yevropa demokratiyasi rahbari Jozep Borrel esa Rossiya “o‘zini dushmandek tutishga ahd qilgan qo‘shni” deya atadi va ta’kidladi: “Biz qarama-qarshi tarzda harakat qilishga qaror qilgan qo‘shnilar bilan doimiy qarama-qarshilikga chap berish uchun modelni belgilab olishimiz shart”.
Ya’ni Yevropa, xususan, G‘arb ham ishni umuman mana bunday tasavvur qiladi: Rossiya qarama-qarshilik izlayapti va munosabatlarni rivojlantirishni istamaydi. Qolaversa, Rossiya, ma’lum bo‘lishicha, hamisha Yevropa ishlariga aralashadi va YeI bosim o‘tkazadi. Shu bois endi Yevroittifoq Moskva bilan munosabatlarni uch tamoyildan kelib chiqib yo‘lga qo‘yadi.
Borrel ularni mana bunday ta’rifladi: Moskva tomonidan xalqaro huquq va inson huquqlari buzilgan taqdirda qarshilik ko‘rsatish, agar Rossiya YeIga bosimni kuchaytiradigan bo‘lsa, uni ushlab turish bilan shug‘ullanish, Yevroittifoq manfaatdor bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlik qilish.
Qarshilik ko‘rsatish, ushlab turish, YeIga foyda bor joyda hamkorlik qilish – Yevropa diplomatiyasining jangovar to‘plami. Lekin gap nima haqida ketapti?
Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2021
Qimmatga tushdi: Yevropa Rossiya tufayli milliardlar yo‘qotdi
“Xalqaro huquq va inson huquqlari buzilishi” ostida deyarli barcha narsa – Qrim va Navalniydan tortib har qanday boshqa mavzugacha, ustiga ustak ham ichki Rossiya, ham xalqaro, nazarda tutilmoqda. Rossiyada gey-nikohlar bo‘lmagani uchun sanksiyalar – ya’ni inson huquqlarining buzilishi? Marhamat. Abxaziyani Gruziyaga “qaytarishdan” bosh tortganlik uchun sanksiya? Shubhasiz. Yevropada navbatdagi emigrant yoki rossiyalik qochoq o‘ldirilganini uchun sankitsiya, va umuman biror bir kishini – har vaqtda. Nemis bundestagining kompyuter tizimini buzishdimi? Albatta, Rossiyani jazolash kerak.
Xuddi shunday har narsani YeIga bo‘lgan bosim deb atash mumkin. Ayirmachilar Kataloniyaning ajralishini yoqlab ovoz beraptimi? Rus izini qidiramiz. Moskvaga “Germaniya uchun muqobil” parlament farksiya vakillari kelyaptimi? Ruslar Merkelga choh qazishapti. Moskva Polsha va Chexiyadagi sovet jangchilari haykallarining buzib tashlanishiga norozilik bildiraptimi? Baxtiqaro va erksevar sharqiy yevropaliklarga tazyiq o‘tkazishadi. Gaz quvuri qurishaptimi? Yevropani ikkiga ajratishmoqchi. Qurishdan bo‘yin tovlashaptimi? Yevropani muzlatib qo‘yishmoqchi. Bema’nilik? Yo‘q, yanglish bildirilgan munosabat.
Zdanie Sentralnogo banka Rossii na Neglinnoy ulitse v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Diversifikatsiya: Rossiya AQSh qimmatli qog‘ozlariga 1 milliard kiritdi
Ya’ni YeI Rossiya bilan munosabatlarni bir tomonlama tartibga soluvchi, jazolaydigan yoki o‘z xohishiga ko‘ra shafqat qiladigan huquqqa ega bo‘lmoqchi. Rossiya esa buni bor narsa deb qabul qilishi va jahli chiqmasligi kerak. Bundan tashqari, oliyjanob yevropaliklarga foyda keltiradigan sohalardagi hamkorlikka chaqirishsa, labbay deb turishi kerak.
Biroq voqelikda bularning bari aksincha: o‘zini dushmandek tutayotgan qo‘shni bu YeI. Rossiyaga bosim o‘tkazadi, shart qo‘yadi, pand-nasihat qiladi, loy chaplaydi, ichki ishlariga aralashadi va buni o‘z o‘zidan tabiiy holat deb hisoblaydi. Ukrainani Rossiyadan (atlantik tashabbusga ko‘ra bo‘lsa ham) uzib olishga urinayotgan, Sharq va G‘arbning tarixiy chegaralarini o‘zgartirishga, o‘z hududini rus tamadduni hisobiga kengaytirishga urinayotgan aslida YeI o‘zidir. Va u Rossiya bunga jimgina ko‘nishini xohlayaptimi?
Verxovniy predstavitel Yevrosoyuza po inostrannim delam i politike bezopasnosti Jozep Borrel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2021
Borrel tashrifi - "jang bilan razvedka" xolos, asosiy hujum oldinda
Bunga o‘xshash surbetlik chorak asr, hatto 15-yil avval, Rossiya o‘z hayotini qutqarish uchun kurashayotgan va barcha rus dunyosi bilan shug‘ullana olmayotgan, yevropaliklardan o‘zini odobli tutishni talab qila olmagan paytda tushintirish mumkin edi, lekin hozir Rossiyadan beparvo o‘quvchi itoatkorligini kutish kulguli.
Rossiya har qanday holatda o‘ziga mos shart-sharoitlarda Yevropa bilan munosabatlarini qayta quradi – YeI buni qanchalik barvaqt anglasa, bu jarayon shunchalik oson va tez bo‘ladi. Yevropaning bunga hech qanday muqobili baribir yo‘q: u o‘ziga na Rossiyadan uzoqlashish, na qo‘shnidan dushmanga aylanishni ep ko‘radi. Aniqrog‘i, ep ko‘ra oldiyu – lekin faqat oxirgi marta o‘zi uchun.
Yangiliklar lentasi
0