Putin Rossiyaga qarshi hozirlanayotgan ig‘volardan ogohlantirdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii kollegii FSB RF
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii kollegii FSB RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Rossiya yutuqlariga qarshi xorijda aniq bir maqsadga qaratilgan axborot xuruji olib borilayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Rossiya yutuqlariga, jumladan, tibbiyot sohasidagi yutuqlarga qarshi xorijda aniq bir maqsadga qaratilgan axborot xuruji olib borilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
Ochered v sentr vaksinatsii v Berline - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2021
G‘arb vaksina uchun urush olib borishga tayyor
“Bizga qarshi qator masalalarga oid asossiz ayblovlar bilan xorijda aniq bir maqsadga qaratilgan axborot xuruji olib borilmoqda. Hatto tuturuqsiz, men aytgan bo‘lardimki, turli kulguli fitnalar ishga solingan. Masalan, so‘nggi paytlarda tibbiyot sohasidagi, koronavirusga qarshi kurashishdagi yutuqlarimizni shubha ostiga qo‘yishga urinishlar”, - dedi Putin FXX hay’atining yig‘ilishida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning ko‘plab hamkorlari Rossiyaning COVID-19 qarshi kurashish sohasidagi natijalariga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lmoqda va hamkorlikka tayyorlar. Moskva, o‘z navbatida, buni olqishlaydi.
COVID-19ga qarshi kurash o‘rniga Rossiya vaksinasiga qarshi kurash ketmoqda
“Biz global darajadagi vazifalarni faqat sa’y-harakatlarni birlashtirgan holda hal etish mumkinligini tushunamiz. Shunga qaramasdan, bilasizki, juda ko‘plab urinishlar bo‘lgan, bo‘lib kelmoqda. Mamlakat siyosiy rahbariyatiga tayyorlanayotgan ig‘volar haqidagi taqdim etayotgan ma’lumotlaringiz uchun sizga minnatdorchilik bildiraman”, - deya qo‘shimcha qildi Putin.
Yangiliklar lentasi
0