https://oz.sputniknews.uz/20210202/Lancet-Sputnik-V-uchinchi-faza-tadiotlari-natizhalarini-elon-ildi-15920722.html
Lancet "Sputnik V" uchinchi faza tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi
Lancet "Sputnik V" uchinchi faza tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
Mustaqil ekspertlar tomonidan to‘plangan va The Lancetda nashr etilgan ma’lumotlarga ko‘ra "Sputnik V" koronavirus kasalligining og‘ir holatlaridan to‘liq himoya... 02.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-02T19:28+0500
2021-02-02T19:28+0500
2021-02-08T13:46+0500
covid-19 umumjahon pandemiyasi
analitika
vaksina
sputnik v vaksinasi
sputnik layt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/07/15553740_0:76:2884:1698_1920x0_80_0_0_000a679c1fa38e4166346dc2aefcc823.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Lancet ilmiy jurnali Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalarini e’lon qildi, deb xabar berdi Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi (RTIF).Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi "Sputnik V"ni 2020-yilning avgustida ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Vaksina Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot markazi Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi qo‘llab-quvvatlovi yordamida ishlab chiqargan. Vaksina sinchkovlik bilan yaxshilab o‘rganilgan inson adenovirusli vektorlari platformasida yaratilgan.U COVID-19 profilaktikasi uchun dunyoda birinchi ro‘yxatga olingan preparatdir."N.F. Gamaleya EMITM va RTIF dunyodagi eng qadimgi va eng obro‘li tibbiy jurnallardan biri bo‘lgan The Lancetda "Sputnik V" vaksinasining yuqori samaradorligi va xavfsizligini tasdiqlovchi III faza klinik tadqiqotlari natijalari chop etilganligini e’lon qiladi", - deyiladi fond bayonotida.RTIF bosh direktori Kirill Dmitriyev chop etilgan materialni pandemiyaga qarshi kurashdagi ulkan voqea, deya atadi. "The Lancet jurnali tomonidan nashr qilingan ma’lumotlar "Sputnik V" — nafaqat dunyoda birinchi qayd etilgan vaksina, balki eng yaxshilardan biri ekanligini tasdiqladi. Mustaqil ekspertlar tomonidan to‘plangan va The Lancetda nashr etilgan ma’lumotlarga ko‘ra "Sputnik V" koronavirus kasalligining og‘ir holatlaridan to‘liq himoya qiladi", - dedi u.Insoniyat uchun vaksinaN. F. Gamaleya EMITM direktori Aleksandr Ginsburgning so‘zlariga ko‘ra, "Sputnik V" klinik sinovlari natijalariga bag‘ishlab xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan baholarning nashr etilishi pandemiyaga qarshi global javob choralarida katta muvaffaqiyat sanaladi."Rossiya vaksinasi xavfsizligi va yuqori samaradorligi taqdim etilgan ishonchli ilmiy ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi va men Gamaleya nomidagi markazning butun jamoasini ushbu ajoyib yutuq bilan muborakbod etishdan xursandman. Inson adenoviruslari asosida shu vaqtgacha bir nechta vaksinalar yaratilgan, va ushbu vosita kelajakda yangi preparatlarni yaratishda eng istiqbollilardan sanaladi", - deya ishonch bildirmoqda Ginsburg.""Sputnik V" bilan qo‘shib hisoblaganda dunyoda faqatgina uchta vaksina 90%dan ortiq samaradorlikka ega, ammo shu bilan bir qatorda "Sputnik V" xavfsizlik va platforma ishonchliligida, tranportirovka yengilligida va narx borasida ancha arzonligi bilan ushbu kategoriyadagi vaksinalarga nisbatan ustuvorlikka ega", - dedi Dmitriyev."Sputnik V" — butun insoniyat uchun yaratilgan vaksina", — deb qo‘shimcha qildi Dmitriyev."Sputnik V" hozirgi vaqtgacha 16ta davlatda ro‘yxatdan o‘tkazildi: Rossiya, Belarus, Serbiya, Argentina, Boliviya, Jazoir, Falastin, Venesuela, Paragvay, Turkmaniston, Vengriya, BAA, Eron, Gvineya Respublikasi, Tunis va Armanistonda. Shuningdek, Dorivor vositalar bo‘yicha Yevropa agentligi hamda BSST vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish tashabbusini ilgari surishgan.III faza natijalariUchinchi faza klinik sinovlari vaqtida "Sputnik V" yuqori darajadagi samaradorlik, immunogenlik va xavfsizlikni namoyon etgan.Vaksinaning samaradorligi 91,6% ni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich birinchi va ikkinchi inyeksiya yoki platseboni olgan 19 866 nafar ko‘ngillilar analizlari asosida hisoblangan.Shu bilan bir vaqtning o‘zida AstraZeneca samaradorligi — 62,1%, Sinovac — 50,4%, Sinopharm — 79,3%ni tashkil etgan. Hozirda "Sputnika V"ning ikkita komponentidan bittasi bilan kombinatsiya AstraZeneca kompaniyasiga uning vaksinasi samaradorligini 62,1% dan yanada yuqori darajaga ko‘tarishga yordam bermoqda.Yoshi 60dan oshgan ko‘ngillilarning ishtiroki tadqiqotning muhim fragmentlaridan biriga aylandi (vaksina guruhida eng keksa ishtirokchining yoshi 87da, platsebo guruhida esa - 84 yoshda edi). Keksa yoshdagilar uchun xavfsizlik ko‘rsatkichlari juda yuqori bo‘ldi. 60 yoshdan oshgan 2144 ko‘ngillilar uchun samaradorlik 91,8% ni tashkil etdi va 18-60 yosh oralig‘idagi ko‘ngillilar guruhida olingan statistik ma’lumotlardan farq qilmadi.Vaksina guruhida 98%dan ortiq ko‘ngillilarda gumoral immun javob, 100%da esa - hujayrali immun javob shakllangan.Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, "Sputnik V" preparati bilan emlangan ko‘ngillilarda virusni yo‘q qiluvchi antitanachalar darajasi koronavirus bilan bemorlangan bemorlardagi antitanachalar darajasidan 1,3-1,5 barobar ko‘pligini ko‘rsatgan.Boshqa vaksinalar koronavirus bilan bemorlangan odamlarga nisbatan xuddi shunday yoki past darajada antitanachalar bilan ta’minlaydi, deb xabar qildi RIA Novostiga RTIF xodimlari."Sputnik V" shuningdek, xavfsizlik jihatdan yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etdi. Noxush holatlarning aksariyati (94%i) yengil shaklda kechgan. Kuchli allergik reaksiya va anafilaktik shok holatlari bo‘lmagan. Shu bilan birga, jiddiy noxush holatlar darajasi vaksinalanganlar guruhida boshqa vaksinalarga nisbatan ancha past bo‘lgan: "Sputnik V" — 0,27% (emlanganlar soniga nisbatan foiz hisobida), AstraZeneca — 0,66%, Pfizer — 0,58%, Moderna — 0,97%. Monitoring bo‘yicha Mustaqil qo‘mita xulosalari vaksina bilan bog‘liq noxush holatlar yo‘qligini tasdiqlagan."Sputnika V" ustuvorliklari"Sputnik V" — samaradorligi 90%dan yuqori bo‘lgan uchta vaksinalardan biridir. Shu bilan birga u qator afzalliklarga ega:— o‘n yilliklar davomida o‘z xavfsizligini isbotlagan, yaxshi o‘rganilgan va yuqori samaradorlikka ega inson adenovirusli vektorlari platformasi;— boshqa platforma asosida yaratilgan vaksinalar bilan solishtirganda narxi arzonligi (bir dozasi o‘n dollardan past narxda, bu esa samaradorligi 90%dan ortiq boshqa vaksinalar bilan taqqoslaganda ikki-uch karra arzon);— plyus ikki-sakkiz gradusdagi harorat rejimida transportirovkaga nisbatan talablar unchalik qat’iy emas, bu esa uning butun dunyo bo‘ylab logistikasini ancha soddalashtiradi.Odam adenoviruslariga asoslangan vaksinalarning xavfsizligi 75 dan ortiq xalqaro nashrlarda va butun dunyo bo‘ylab yigirma yil davomida o‘tkazilgan 250 ta klinik tadqiqotlarda tasdiqlangan (inson adenoviruslaridan vaksinalarda foydalanish tarixi 1953-yildan boshlangan).Adenovirusli vektorlar — bu oddiy shamollashning genetik modifikatsiyalangan viruslaridir, ular inson organizmida ko‘payishga qodirmas. "Sputnik V" vaksinasidan foydalanganda, organizmga koronavirusning o‘zi kelib tushmaydi, vaksina uning tashqi oqsil qobig‘i haqida genetik ma’lumotga - ya’ni "toj"ni hosil qiluvchi "tikon"larga ega bo‘ladi, xolos.Bu esa vaksinasiya oqibatida kasallikni yuqtirib olish imkoniyatini yo‘qqa chiqarib, shu bilan birga muqarrar immun javobni shakllantirish imkonini beradi.Ekspertlar uchinchi faza natijalarini olqishlashmoqdaG‘arb mamlakatlaridagi ekspertlarning aksariyati "Lanset"da chop etilgan ma’lumotlarni ijobiy qabul qilib, Rossiya vaksinasining samaradorligi, xavfsizligi va logistikadagi qulayligini qayd etdilar."Bu yerda taqdim etilgan natijalar juda aniq, ilmiy tamoyillar esa ishonchli keltirilgan. Bu degani, yana bir vaksina tobora avj olayotgan koronavirus infeksiyasi pandemiyasiga qarshi kurashda safga qo‘shilishi mumkin", — deya bayonot qilishdi britaniyalik olimlar - Ian Djons (Reding Universiteti) va Polli Roy (London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi)."Vaksina kasallikning og‘ir holatlari yoki o‘lim oldini olishda 100% samarador, va bu eng muhim parametr — biz yengil shamollashni hammamiz osonlikcha yenga olamiz, ammo asosiysi, kasalxonaga tushmaslik va kasallik jiddiy tus olib ketmasligi", - deydi AQShdagi Vistar universiteti vaksinalar va immunoterpaiya markazi tibbiyot doktori Xildegund Ertl.Ertl ta’kidiga ko‘ra, "Sputnik V"ning hatto bitta inyeksiyasidan so‘ng kasallikdan himoya darajasi 87,6%ni tashkil etgan. Shu bois, u AstraZeneca yoki Johnson&Johnson vaksinalariga qaraganda samarador. "Sputnik V" ni boshqa samarador vaksinalardan farqli o‘laroq muzlatgichda saqlash mumkin, bu esa COVID-19 global pandemiyasiga qarshi kurashda ulkan ahamiyat kasb etadi.Devid Livermor, Sharqiy Anglii universiteti tibbiy mikrobiologiya professori "Sputnik V" inson adenovirusi asosida yaratilgan va samaradorlik darajasi mRNK texnologiyasi asosida yaratilgan Pfizer va Moderna vaksinalari singari 90%ga yetgan birinchi vaksina ekanligini qayd etdi."Ayni vaqtda dunyoga COVID-19ga qarshi cho‘ntakbop yaxshi vaksinalar kerak", - deb xotima qildi Livemor.
https://oz.sputniknews.uz/20210202/Evropa-Sputnik-Vga-iziish-bildirmoda-Gruziya-esa-emlanganlar-uchun-chegaralarni-ochdi--15918229.html
https://oz.sputniknews.uz/20210201/ozoistonda-aolini-Sputnik-V-bilan-emlash-ishlari-boshlandi-15909141.html
https://oz.sputniknews.uz/20210126/Sputnik-V-vaktsinasi-ikki-afta-ichida-yana-25ta-davlatda-rykhatdan-tkaziladi-15869926.html
https://oz.sputniknews.uz/20210125/Sputnik-V-yrinomasida-birinchi-ogolantirish-paydo-bldi-15855108.html
https://oz.sputniknews.uz/20210118/zbekiston-Sputnik-V-vaktsinasini-tezkor-sertifikatsiyalash-ustida-ish-olib-bormoda-15812156.html
https://oz.sputniknews.uz/20210110/Sputnik-V-vaktsinasiga-ishonish-uchun-3ta-asosiy-sabab---Bloomberg-versiyasi-15753211.html
https://oz.sputniknews.uz/20201225/Sputnik-V-vaktsinasi-aida-barcha-savollarga-zhavoblar-15680224.html
https://oz.sputniknews.uz/20201224/Sputnik-V-vaktsinasi-nomidagi-V-nimani-anglatadi-15675222.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/07/15553740_98:0:2829:2048_1920x0_80_0_0_cd9abc3f02d807ea393c2e732af50518.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
covid-19 umumjahon pandemiyasi, analitika, vaksina, sputnik v vaksinasi, sputnik layt
covid-19 umumjahon pandemiyasi, analitika, vaksina, sputnik v vaksinasi, sputnik layt
Lancet "Sputnik V" uchinchi faza tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi
19:28 02.02.2021 (yangilandi: 13:46 08.02.2021) Mustaqil ekspertlar tomonidan to‘plangan va The Lancetda nashr etilgan ma’lumotlarga ko‘ra "Sputnik V" koronavirus kasalligining og‘ir holatlaridan to‘liq himoya qiladi
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Lancet ilmiy jurnali Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalarini e’lon qildi, deb xabar berdi Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi (RTIF).
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi "Sputnik V"ni 2020-yilning avgustida ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Vaksina Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot markazi Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi qo‘llab-quvvatlovi yordamida ishlab chiqargan. Vaksina sinchkovlik bilan yaxshilab o‘rganilgan inson adenovirusli vektorlari platformasida yaratilgan.
U COVID-19 profilaktikasi uchun dunyoda birinchi ro‘yxatga olingan preparatdir.
"N.F. Gamaleya EMITM va RTIF dunyodagi eng qadimgi va eng obro‘li tibbiy jurnallardan biri bo‘lgan The Lancetda "Sputnik V" vaksinasining yuqori samaradorligi va xavfsizligini tasdiqlovchi III faza klinik tadqiqotlari natijalari chop etilganligini e’lon qiladi", - deyiladi fond bayonotida.
RTIF bosh direktori Kirill Dmitriyev chop etilgan materialni pandemiyaga qarshi kurashdagi ulkan voqea, deya atadi. "The Lancet jurnali tomonidan nashr qilingan ma’lumotlar "Sputnik V" — nafaqat dunyoda birinchi qayd etilgan vaksina, balki eng yaxshilardan biri ekanligini tasdiqladi. Mustaqil ekspertlar tomonidan to‘plangan va The Lancetda nashr etilgan ma’lumotlarga ko‘ra "Sputnik V" koronavirus kasalligining og‘ir holatlaridan to‘liq himoya qiladi", - dedi u.
N. F. Gamaleya EMITM direktori Aleksandr Ginsburgning so‘zlariga ko‘ra, "Sputnik V" klinik sinovlari natijalariga bag‘ishlab xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan baholarning nashr etilishi pandemiyaga qarshi global javob choralarida katta muvaffaqiyat sanaladi.
"Rossiya vaksinasi xavfsizligi va yuqori samaradorligi taqdim etilgan ishonchli ilmiy ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi va men Gamaleya nomidagi markazning butun jamoasini ushbu ajoyib yutuq bilan muborakbod etishdan xursandman. Inson adenoviruslari asosida shu vaqtgacha bir nechta vaksinalar yaratilgan, va ushbu vosita kelajakda yangi preparatlarni yaratishda eng istiqbollilardan sanaladi", - deya ishonch bildirmoqda Ginsburg.
""Sputnik V" bilan qo‘shib hisoblaganda dunyoda faqatgina uchta vaksina 90%dan ortiq samaradorlikka ega, ammo shu bilan bir qatorda "Sputnik V" xavfsizlik va platforma ishonchliligida, tranportirovka yengilligida va narx borasida ancha arzonligi bilan ushbu kategoriyadagi vaksinalarga nisbatan ustuvorlikka ega", - dedi Dmitriyev.
"Sputnik V" — butun insoniyat uchun yaratilgan vaksina", — deb qo‘shimcha qildi Dmitriyev.
"Sputnik V" hozirgi vaqtgacha 16ta davlatda ro‘yxatdan o‘tkazildi: Rossiya, Belarus, Serbiya, Argentina, Boliviya, Jazoir, Falastin, Venesuela, Paragvay, Turkmaniston, Vengriya, BAA, Eron, Gvineya Respublikasi, Tunis va Armanistonda. Shuningdek, Dorivor vositalar bo‘yicha Yevropa agentligi hamda BSST vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish tashabbusini ilgari surishgan.
Uchinchi faza klinik sinovlari vaqtida "Sputnik V" yuqori darajadagi samaradorlik, immunogenlik va xavfsizlikni namoyon etgan.
Vaksinaning samaradorligi 91,6% ni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich birinchi va ikkinchi inyeksiya yoki platseboni olgan 19 866 nafar ko‘ngillilar analizlari asosida hisoblangan.
Shu bilan bir vaqtning o‘zida AstraZeneca samaradorligi — 62,1%, Sinovac — 50,4%, Sinopharm — 79,3%ni tashkil etgan. Hozirda "Sputnika V"ning ikkita komponentidan bittasi bilan kombinatsiya AstraZeneca kompaniyasiga uning vaksinasi samaradorligini 62,1% dan yanada yuqori darajaga ko‘tarishga yordam bermoqda.
Yoshi 60dan oshgan ko‘ngillilarning ishtiroki tadqiqotning muhim fragmentlaridan biriga aylandi (vaksina guruhida eng keksa ishtirokchining yoshi 87da, platsebo guruhida esa - 84 yoshda edi). Keksa yoshdagilar uchun xavfsizlik ko‘rsatkichlari juda yuqori bo‘ldi. 60 yoshdan oshgan 2144 ko‘ngillilar uchun samaradorlik 91,8% ni tashkil etdi va 18-60 yosh oralig‘idagi ko‘ngillilar guruhida olingan statistik ma’lumotlardan farq qilmadi.
Vaksina guruhida 98%dan ortiq ko‘ngillilarda gumoral immun javob, 100%da esa - hujayrali immun javob shakllangan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, "Sputnik V" preparati bilan emlangan ko‘ngillilarda virusni yo‘q qiluvchi antitanachalar darajasi koronavirus bilan bemorlangan bemorlardagi antitanachalar darajasidan 1,3-1,5 barobar ko‘pligini ko‘rsatgan.
Boshqa vaksinalar koronavirus bilan bemorlangan odamlarga nisbatan xuddi shunday yoki past darajada antitanachalar bilan ta’minlaydi, deb xabar qildi RIA Novostiga RTIF xodimlari.
"Sputnik V" shuningdek, xavfsizlik jihatdan yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etdi. Noxush holatlarning aksariyati (94%i) yengil shaklda kechgan. Kuchli allergik reaksiya va anafilaktik shok holatlari bo‘lmagan. Shu bilan birga, jiddiy noxush holatlar darajasi vaksinalanganlar guruhida boshqa vaksinalarga nisbatan ancha past bo‘lgan: "Sputnik V" — 0,27% (emlanganlar soniga nisbatan foiz hisobida), AstraZeneca — 0,66%, Pfizer — 0,58%, Moderna — 0,97%. Monitoring bo‘yicha Mustaqil qo‘mita xulosalari vaksina bilan bog‘liq noxush holatlar yo‘qligini tasdiqlagan.
"Sputnika V" ustuvorliklari
"Sputnik V" — samaradorligi 90%dan yuqori bo‘lgan uchta vaksinalardan biridir. Shu bilan birga u qator afzalliklarga ega:
— o‘n yilliklar davomida o‘z xavfsizligini isbotlagan, yaxshi o‘rganilgan va yuqori samaradorlikka ega inson adenovirusli vektorlari platformasi;
— boshqa platforma asosida yaratilgan vaksinalar bilan solishtirganda narxi arzonligi (bir dozasi o‘n dollardan past narxda, bu esa samaradorligi 90%dan ortiq boshqa vaksinalar bilan taqqoslaganda ikki-uch karra arzon);
— plyus ikki-sakkiz gradusdagi harorat rejimida transportirovkaga nisbatan talablar unchalik qat’iy emas, bu esa uning butun dunyo bo‘ylab logistikasini ancha soddalashtiradi.
Odam adenoviruslariga asoslangan vaksinalarning xavfsizligi 75 dan ortiq xalqaro nashrlarda va butun dunyo bo‘ylab yigirma yil davomida o‘tkazilgan 250 ta klinik tadqiqotlarda tasdiqlangan (inson adenoviruslaridan vaksinalarda foydalanish tarixi 1953-yildan boshlangan).
Adenovirusli vektorlar — bu oddiy shamollashning genetik modifikatsiyalangan viruslaridir, ular inson organizmida ko‘payishga qodirmas. "Sputnik V" vaksinasidan foydalanganda, organizmga koronavirusning o‘zi kelib tushmaydi, vaksina uning tashqi oqsil qobig‘i haqida genetik ma’lumotga - ya’ni "toj"ni hosil qiluvchi "tikon"larga ega bo‘ladi, xolos.
Bu esa vaksinasiya oqibatida kasallikni yuqtirib olish imkoniyatini yo‘qqa chiqarib, shu bilan birga muqarrar immun javobni shakllantirish imkonini beradi.
Ekspertlar uchinchi faza natijalarini olqishlashmoqda
G‘arb mamlakatlaridagi ekspertlarning aksariyati "Lanset"da chop etilgan ma’lumotlarni ijobiy qabul qilib, Rossiya vaksinasining samaradorligi, xavfsizligi va logistikadagi qulayligini qayd etdilar.
"Bu yerda taqdim etilgan natijalar juda aniq, ilmiy tamoyillar esa ishonchli keltirilgan. Bu degani, yana bir vaksina tobora avj olayotgan koronavirus infeksiyasi pandemiyasiga qarshi kurashda safga qo‘shilishi mumkin", — deya bayonot qilishdi britaniyalik olimlar - Ian Djons (Reding Universiteti) va Polli Roy (London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi).
"Vaksina kasallikning og‘ir holatlari yoki o‘lim oldini olishda 100% samarador, va bu eng muhim parametr — biz yengil shamollashni hammamiz osonlikcha yenga olamiz, ammo asosiysi, kasalxonaga tushmaslik va kasallik jiddiy tus olib ketmasligi", - deydi AQShdagi Vistar universiteti vaksinalar va immunoterpaiya markazi tibbiyot doktori Xildegund Ertl.
Ertl ta’kidiga ko‘ra, "Sputnik V"ning hatto bitta inyeksiyasidan so‘ng kasallikdan himoya darajasi 87,6%ni tashkil etgan. Shu bois, u AstraZeneca yoki Johnson&Johnson vaksinalariga qaraganda samarador. "Sputnik V" ni boshqa samarador vaksinalardan farqli o‘laroq muzlatgichda saqlash mumkin, bu esa COVID-19 global pandemiyasiga qarshi kurashda ulkan ahamiyat kasb etadi.
Devid Livermor, Sharqiy Anglii universiteti tibbiy mikrobiologiya professori "Sputnik V" inson adenovirusi asosida yaratilgan va samaradorlik darajasi mRNK texnologiyasi asosida yaratilgan Pfizer va Moderna vaksinalari singari 90%ga yetgan birinchi vaksina ekanligini qayd etdi.
"Ayni vaqtda dunyoga COVID-19ga qarshi cho‘ntakbop yaxshi vaksinalar kerak", - deb xotima qildi Livemor.