“Sputnik V” vaksinasi ikki hafta ichida yana 25ta davlatda ro‘yxatdan o‘tkaziladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMedrabotnik demonstriruyet "komponent 1" vaksini ot koronavirusa "Sputnik V" v privivochnom punkte gorodskoy polikliniki
Medrabotnik demonstriruyet komponent 1 vaksini ot koronavirusa Sputnik V v privivochnom punkte gorodskoy polikliniki  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasi ikki hafta davomida yigirmadan ziyod mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev Rossiya “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasi yaqinda yigirmadan ziyod mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilishini kutmoqda.
"Sputnik V” vaksinamiz hozirda 14ta davlatda ro‘yxatdan o‘tgan, kelgusi ikki hafta ichida 25tadan ortiq davlatda ro‘yxatdan o‘tkazilishini kutmoqdamiz", - dedi Dmitriyev Davosda bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumining onlayn rejimida bo‘lib o‘tgan sessiyasida.
Jamg‘arma har bir mamlakat bilan alohida ish olib bordi, vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘plab xalqaro sherikliklar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. “Sputnik V”  vaksinasi Rossiya, Belarus, Argentina, BAA, Vengriya, Serbiya, Boliviya, Jazoir, Falastin, Venesuela, Paragvay va Turkmanistonda ro‘yxatga olingan.
Yevropa Ittifoqi va JSSTda vaksinalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.
Vengriyaga 2 million doza “Sputnik V” vaksinasi yetkazib beriladi - Sputnik O‘zbekiston
“Sputnik V”: 2 million doza Vengriyaga yetkazib beriladi - video
“Sputnik V” vaksinasi Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Preparat insonning adenovirus vektorli platformasiga asoslangan bo‘lib, xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yo‘qligi - uning muhim afzalliklari hisoblanadi.
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, o‘tkazilgan tadqiqotda yakuniy nazorat nuqtasida ma’lumotlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra, uning samaradorligi 91,4 foizni, og‘ir holatlarda esa 100 foizni ko‘rsatdi.
 
Yangiliklar lentasi
0