Qozog‘istonda aholini “Sputnik V” bilan emlash ishlari boshlandi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya ot koronavirusa
Vaksinatsiya ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti 1-fevraldan aholini bosqichma-bosqich ixtiyoriy ravishda koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlashni topshirgan edi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Qozog‘istonda aholini koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlandi. Birinchilar qatorida bosh sanitar shifokor Yerlan Kiyasov va  sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ajar Giniyat emlandi.
“Qo‘rqinchi emas. Men hamisha emlanib turaman. Bu eng birinchi himoya vositasi. Vaksinaga ega bo‘lgan birinchi mamlakatlardan biri ekanligimizdan xursand bo‘lishimiz darkor”, - dedi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ajar Giniyat Sputnik Qozog‘iston nashri bilan suhbatda.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 1-fevraldan aholini bosqichma-bosqich ixtiyoriy ravishda koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlashni topshirgan edi.
Medsestra gotovit dozu vaksini ot koronavirusnoy bolezni (COVID-19) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2021
O‘zbekistonda necha kishi kovidga qarshi vaksina oldi
Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi 31-yanvar kuni 22 ming doza miqdorda Qozog‘istonga yetkazildi. Vaksina barcha hududlarga taqsimlanadi.
Birinchi bosqichda yirik yuqumli kasalliklar kasalxonalari va kovid markazlari shifokorlarini emlash ko‘zda tutilgan. Fevralda 100 ming nafarga yaqin qozog‘istonlik shifokorlar emlanadi.
O‘zbekiston qaysi vaksinani tanlaydi
15 fevraldan emlash uchun Qarag‘anda zavodida ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasidan foydalaniladi.
Bundan tashqari, apreldan mahalliy QazCovid-in vaksinasi bilan emlash rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jazoirda aholini “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0