"Sputnik V" vaksinasi haqida barcha savollarga javoblar

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVaksina
Vaksina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus bilan kasallanib tuzalganlar vaksina olishi kerakmi? Vaksinaning salbiy oqibatlari qanday?

TOShKENT, 25 dek — Sputnik, Tatyana Pichugina. Gamalei markazi tomonidan yaratilgan Sputnik V vaksinasi bilan shu kunga qadar 200 mingdan ortiq odam emlandi. Birinchi bosqichda – shifokorlar, o‘qituvchilar va ijtimoiy soha vakillari.Emlash kampaniyasi markaz va hududlarlar baravariga boshlandi.

Bugungi kunda ko‘pchillikni bir savol qiziqtirmoqda, Qanday yo‘l bilan immunitet orttirgan ma’qul - vaksina olish yo‘li bilanmi yoki COVIDga chalinish orqali?

O‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, rossiyaliklarning barchasi ham koronavirusga qarshi emlanish tarafdori emas. So‘rov natijalariga ko‘ra vaksina olishga Rossiyaning 42 % aholisi rozi bo‘lgan.

"Sputnik V" vaksinasi nimadan iborat?

Vaksina ikki turdagi genomi o‘zgartirilgan “ad26” va “ad5” - odam adenovirusidan tashkil topgan. 

Vaksini protiv COVID-19 Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
"Sputnik V" sinovlari ijobiy o‘tsa, vaksina O‘zbekistonda ishlab chiqariladi - Yusupaliyev

Odatda adenovirus odamda O‘RVI yoki angina kassaligi keltirib chiqaradi. Virusdan vaksina yasash uchun olimlar uning ko‘payish funksiyasini yo‘q qilishadi. Shundan so‘ng virus kletkaga kirish qobiliyatini saqlab qoladi, lekin ko‘payib ketmaydi, ya’ni kerakli “posilkani” manzilga yetkazuvchi xavfsiz vektorga aylanadi.

“Posilka” esa SARS-CoV-2ning spayk-oqsili haqida ma’lumotdan iborat. Zararsizlantirilgan virus hujayra ichiga kirganidan so‘ng ushbu spayk oqsilni ishlab chiqara boshlaydi. Odam organizmi esa notanish oqsilni yo‘q qiladi, lekin uning ko‘rinishini yaxshilab “tanib” qoladi. Ya’ni immunitet paydo bo‘ladi.  

Vaksinada biror xavfli narsa bormi?

Yo‘q, hatto tirik adenovirus ham odamda unchalik kuchli shamollashga olib kelmaydi. Undan foydalanishnigng ustuvor tomoni shundaki – uning katta DNK-genomi bor va shu sababli uni zararsizlantirish oson. Shu sababdan ham ular o‘z genlarini odam genlariga qo‘shib yubrmaydi va mutatsiya yuz bermaydi.

Vaksina ichida koronavirus bormi?

Adenovirus vektorlarida SARS-CoV-2 virusi yo‘q. 

Ekspress-testirovanie na VICh v Kazani - Sputnik O‘zbekiston
Popova: Rossiyada OIV infeksiyasiga qarshi vaksina prototiplari bor

Vaksina tarkibida uning koronavirus nukleotidlar tizimi bor. Unda koronavirus tikanidagi spayk-oqsilning sintezi bor xolos. Virus ushbu oqsil yordamida hujayraga kirib oladi. Faqatgina ushbu oqsilning o‘zi inson  hujayrasiga kirganidan so‘ng organizmda immunitet reaksiyasini uyg‘otishi mumkin. Lekin kasallikka olib kelishi mumkin emas.

Emlash qanday amalga oshiriladi ? Bu og‘riydimi?

Aksaariyat vaksilarlar kabi shpris yordamida qo‘lga ukol qilinadi. Ukol qilingan joy biroz og‘rishi mumkin. Kamdan-kam holatlarda qizarish va qichish seziladi, lekin bu tez o‘tib ketadi, davolash talab qilmaydi.  

"Sputnik V" ikki bosqichda kiritiladi. Dastlab odam 26 serotipli adenovirus vektorini oladi, 21 kun o‘tib esa – 5 serotipga asoslangan ikkinchi doza olinadi. Ana shunday tartib atalayb joriy etilgan bo‘lib, u odamda kafolatlangan ravishda immunitet paydo bo‘lishiga olib keladi. Ikki bosqichli emlash tizimi dunyoda keng tarqalgan bo‘lib, juda samarali uslub hisoblanadi.

Vaksinaning asoratlari qanday bo‘ladi?

Vaksina sinovlarining birinchi bosqichi yakuniga asoslangan Lancet jurnalida chop etilgan maqolada, Gamaleya markazi olimlari ukol qilingan joy og‘rishi, tana harorati oshishi, bosh og‘rig‘i, va mushaklar qaqshashi haqida aytib berishgan. Tana harorati 37-38,4 gradus, maksimum —  38,5-38,9 gradusgacha oshishi mumkin.

Laboranti obrabativayut flakoni dlya novoy vaksini ot koronavirusa AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston
Vaksina koronavirusni to‘xtata olmaydi - BSST

Birinchi va ikkinchi bosqich sinovlari 120 nafar 18-60 yoshli sog‘lom kishilarda o‘tkazilgan edi. Ularning barchasida salbiy ta’sir juda kam sezilgan, hech qanday jiddiy muammo kuzatilmagan. Shundan so‘ng vakins ro‘yxatga olingan. Ayni damda esa 40 mingdan ortiq ko‘ngillilarda vaksina ta’siri kuzatib kelinmoqda.

Gam-KOVID-Vak-2020 yo‘riqnomasida aytilishiga ko‘ra, 5,7 % kishilarda tana harorati oshishi, qaqshoq va bosh og‘rig‘i, 10% - holsizlanish kuzatilishi aytib o‘tilgan. Lekin bularning barchasi 1-3 kun ichida tugaydi.

COVID-19 bo‘lib o‘tgan kishilar emlanishi mumkinmi?

Koronavirusga chalinib o‘tgan kishilarga vaksina qanday ta’sir qilishini hech kim bilmaydi. Bunday izlanishlar o‘tkazilmagan. 

Pandemiyaga uch marta zarba: Rossiyada koronavirusga qarshi 3-chi vaksinani sinovlari boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada "korona"ga qarshi 3-vaksina yaratildi - video

Sog‘lom fikrga quloq tutganda – bunday kishilarda tabiiy immunitet paydo bo‘lishi kerak. Lekin u qancha vaqtgacha saqlanib qolishi noma’lum. Kam uchraydigan qayta  zararlanish holatlarini hisobga olganda - bir necha oy yoki yarim yil.  Demak ushbu davr mobaynida vaksina olmay turish kerak. Bahorda kasal bo‘lib tuzalganlarda jsa immunitet ancha susayib qolgan bo‘lishi mumkin.

Profilaktika tibbiyoti markazi (NMIS) direktori Oksana Drapkina aytishiga ko‘ra, koronavirus bo‘lib tuzalganlar vaksina olishi shart emas. Ularning kasal bo‘lib tuzalganini qondagi G klass antitanachalar darajasi balandligidan bilib olsa bo‘ladi. Ushbu qon analizni mustaqil ravishda topshirish mumkin.

Vaksinatsiyadan so‘ng maska taqib yurish kerakmi?

Albatta. Koronavirusga qarshi immunitet vaksinaning ikkinchi dozasi olinganidan so‘ng 3 hafta o‘tib paydo bo‘ladi. Ushbu davr mobaynidan odam to‘liq himoyalanmagan. Shu sababli profilaktika chorasini ko‘rish kerak. Undan tashqari, butun Rossiya hududida maska taqib yurish tartibi hozircha bekor qilingani yo‘q. Emlanganmi yo‘qmi - maska barcha uchun majburiy.

Ayrim OAVlar vaksinatsiyadan so‘ng kasal bo‘lib qolganlar haqida gapirmoqda

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada vaksina necha pul turishi ma’lum bo‘ldi

Bunday holatlar bo‘lishi mumkin. Bunda asl sabab nimada ekanini aniqlash kerak. Vaksina tarkibida COVID-19 virus yo‘q. Shuning uchun vaksina COVID-19 sabab bo‘lishi mumkin emas. Vaksina olgan kishida COVID aniqlansa, demak u emlashdan yuqtirib olgan bo‘lgan, lekin simptomlari bo‘lmagani uchun buni bilmagan. Agar infeksiya yaqinda tushgan bo‘lsa test buni ko‘rsatmasligi mumkin.

"Sputnik V" vaksinasining samaradorligi — 91,4 %. Gamalei nomidagi markaz direktor Aleksandr Ginsburgning so‘zariga ko‘ra - 96%. Ya’ni vaksina olganlarning faqat 4 % kasallikka chalinishi mumkin. Olim aytishiga ko‘ra ana shu to‘rt foizga tushib qolganlarda ham kasallik juda yengil kechali, virus o‘pkagacha yetib bormaydi.

Vaksina olish o‘rniga COVID-19 ga chalinib keyin tuzalsa yaxshi emasmi?

Emlash haqidagi qarorni har bir kishi shaxsan yoki shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qiladi. Agar sog‘liqda vaksina olishga yo‘l qo‘ymaydigan biror xavf bo‘lmasa qaror qabul qilishda barcha tomonini o‘ylab ko‘rish kerak.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Javoblar va savollar: Rossiya vaksinasi tanqidchilariga

Vaksina yubilan xavf kamroq, COVID-19ga chalinib immunitet orttirish – xavfliroq. Yana bir narsa – aynan vaksinadan so‘ng kuchliroq immunitet paydo bo‘lishini shifokorlar bir necha bor aytishdi.

Statistik o‘rganish modellariga ko‘ra, Yer shari aholisining kamida 22 foizida COVID-19ning og‘ir shakliga olib keluvchi hech bo‘lmasa 1ta kasallik bor. Lekin yening yengil shakli ham organizmga kuchli zarba beradi. Ayni kasallanganlarda uzun "kovid dumi " — kasallikning noxush oqibatlari kuzatilmoqda. Ushbu oqibatlarning uzoq muddatdagi ta’siri ham o‘rganilmagan. Ustiga ustak 2 hafta davomida mehnatga layoqatini yo‘qotishni ham hisobga olish kerak. Oila a’zolariga kasallik yuqtirish ehtimoli, ayniqsa katta yoshdagilarga. Bularning hammasi vaksina faydasiga ovoz berishni yoqlaydi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0