Analitika

"EpiVakKorona"dan nimani kutsa boʻladi. COVID-19ga qarshi peptidli vaktsina haqida

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka oʻtishMedrabotnik demonstriruyet vaktsinu "EpiVakKorona" v protsedurnom kabinete
Medrabotnik demonstriruyet vaktsinu EpiVakKorona v protsedurnom kabinete - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hozirda vaktsina 3 mingdan ziyod koʻngillilarda sinovdan oʻtkazilmoqda. Xabar berishlaricha, uning salbiy taʼsirlari juda kam, shu bois, vaktsina, katta yoshdagi insonlarga ham toʻgʻri keladi. U haqda nimalarni bilish lozim, kimlar vaktsina bilan emlanmoqchi - RIA Novosti materialida.
TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik, Tatyana Pichugina. "EpiVakKorona"ning immunologik samaradorligi yuz foiz, deya taʼkidlashmoыda Novosibirskdagi "Vektor" markazida. Bu - COVID-19 qoʻzgʻatuvchisi - SARS-CoV-2ning oqsil-tikanli mayda fragmentlaridan iborat sintetik preparatdir. Hozirda vaktsinani uch mingdan ziyod koʻngillilarda sinovdan oʻtkazishmoqda. Shu bilan birga u fuqarolik oborotiga kiritilgan. Xabar berishlaricha, uning salbiy taʼsirlari juda kam, shu bois, vaktsina, katta yoshdagi insonlarga ham toʻgʻri keladi. U haqda nimalarni bilish lozim, kimlar bu vaktsina bilan emlanmoqchi - RIA Novosti materialida oʻqing.
Rossiyskaya vaktsina Sputnik V v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ekspert "Sputnik V" vaktsinasining innovatsion farqini aytdi

"EpiVakKorona"ning tarkibi nimadan iborat?

SARS-CoV-2 koronavirusining uchta qisqa tashuvchi-oqsilga ulangan oqsil-tikonli fragmentlaridan. Ushbu fragmentlarni peptidlar deb atashadi, shu tufayli vaktsina ham peptidli-vaktsina nomini olgan. Oqsil-tashuvchi koronavirus RNKasini oʻrab olgan nukleokapsidli oqsilni oʻz ichiga olgan. Immun javobni kuchaytiruvchi modda — adʼyuvant sifatida — alyumin gidroksidi oʻrtaga chiqadi. Shuningdek, yordamchi birikmalar va suv ham bor. Barcha tarkibiy elementlar sintetikdir.

Vaktsina tarkibiga qanday peptidlar kirgan?

RIA Novostiga "Vektor" davlat ilmiy markazida xabar berishlaricha, vaktsina peptidlari eng avvalo V-hujatsrali epitoplarni oʻz ichiga olgan, T-xelperli epitoplar manbasi sifatida oqsil-tashuvchi xizmat qiladi. Bu nimani anglatishini tushuntiramiz.
Shpritsы i butыlochki s vaktsinoy Pfizer - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiziston Pfizer vaktsinasidan voz kechadi
SARS-CoV-2 bu - nukleokapsid - qobiqqa oʻralgan RNK molekulasi koʻrinishiga ega. Bularning barchasi tashqi tomondan korona singari yirik oqsil-tikonlar bilan bezatilgan lipid xaltachasining ichida joylashgan. Koronavirus haqida shu tufayli ham gapiriladi.
Oqsil-tikonlar virus boʻlakchasiga inson hujayrasiga yopishib olishga va ichkariga kirishga yordam beradi. Koʻpsonli tadqiqotlarda, ushbu tikonlar organizmda eng koʻp immun javobni chaqirishi oʻz isbotini topgan. Biologlar atamasida oqsil-tinkon - bu antigendir.
Ushbu oqsil molekulasi juda yirik boʻlib, ularda alohida uchastkalar - epitoplar mavjud. Immun tizim hujayralari ularni taniydi va infektsiyaga qarshi kurash mexanizmini faollashtiradi.
Vaktsina Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Markaziy Osiyoda birinchi: Turkmaniston "Sputnik V" vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazdi
"V-epitoplar va T-epitoplar mavjud. Birinchilari antigen determinantlar deb ataladi. Bu antitanachalar bilan bogʻlanuvchi antigen molekulalar uchastkalaridir. Ammo bu uchastkalar dastavval V-limfotsitlar retseptorlari bilan bogʻlanadi va ularni antitanachalarni ishlab chiqarishga qodir boʻlgan plazma hujayralarga aylantirish jarayonini ishga tushiradi", - deb hikoya qiladi professor Yekaterina Kolesanova, V.N.Orexovich nomidagi biotibbiy kimyo ITI peptidli injeneriya laboratoriyasi rahbari.
Ammo hammasi ham bu qadar oddiy emas. Antigen pufak-endosoma tarkibida V-limfotsit ichiga kirib, u yerda qisqa fragmentlarga ajraladi. Endosomalar bilan ikkinchi sinf gistomoslik bosh kompleksini tashkil qiluvchi oqsillar bogʻlanadi. "Bu oqsillar antigenning ayrim fragmentlarini ushlaydi, ular xoʻjayin-organizmi oqsillari fragmentlariga oʻxshamaydigan, odatda uzunligi 14-20 aminokislota qoldiqlari koʻrinishida boʻladi. Oʻzimizniki-begonaga ajratish jarayoni shu holatda roʻy beradi", - deb davom etadi ekspert.
Vaktsina Pfizer-BioNTech - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Le Monde: YEI Pfizer vaktsinasini bosim ostida maʼqulladi, buning dalili bor
Soʻngra gistomoslik bosh kompleksi oqsillari antigen fragmentlari bilan birgalikda V-limfotsitlar sathida paydo boʻladi. Va bu yerda ularni maxsus immun yordamchi-hujayralar T-xelperlar tanib oladi. Ular V-limfotsitlar bilan bogʻlanadi va ularni faollashtiradi. "Vaktsina antitanachalar ishlab chiqilishini chaqirishi uchun, unda antigen qoʻzgʻatuvchining V- singari, T-xelper epitoplari boʻlishi kerak", - deya qayd etadi professor Kolesanova.

Vaktsina qanday ishlaydi?

Emlash natijasila oqsil-tashuvchi barcha uchta peptidni inson V-limfotsitiga yetkazib beradi. Ular V-lifotsitni faollashtiradi va himoya antitanachalari - immunoglobulinlar ishlab chiqila boshlaydi. Har bir V-epitop noyob immunoglobulin sintezi uchun javob beradi. Birinchi galda M (IgM) sinfidagi antitanachalar hosil boʻladi, keyinroq - IgG sinfidagi, ammo oxirgilari qonda eng uzoq qolish va immunitet borligini dalillash xususiyatiga ega.
“Sputnik V” Afrikaga etib bordi. Nima uchun Rossiya vaktsinasiga ishonishmoqda? - Sputnik Oʻzbekiston
Video
“Sputnik V”: Nima uchun Rossiya vaktsinasiga ishonch bildirishmoqda? - video
"Vektor"da emlash tufayli paydo boʻladigan antitanachalar koronavirus oqsil-tikoniga oʻxshashligini tasdiqlashmoqda. Immunlashgan koʻngillilardan olingan qon zardoblari virusni yoʻq qiluvchi faollikni namoyon etmoqda. Bu esa, antitanachalar koronavirusni nafaqat tanish, balki uni yoʻq qilishga qodirligini anglatadi.

"EpiVakKorona" tarkibidagi koronavirusmi yoki qandaydir boshqa virus?

U yerda hech qanday virus yoki ularning qismlari yoʻq. U adenovirusli "Sputnika V" vaktsinasidan shunisi bilan farq qiladi. "EpiVakKorona"da RNK, DNK, hech qanday tirik komponentlar, konservantlar va antibiotiklar ham yoʻq. Tarkibi Rospotrebnadzor saytida, shuningdek, internetda joylashtirilgan vaktsina koʻrsatmasida batafsil yozilgan.
"EpiVakKorona"da koronavirus oqsillariga oʻxshash oqsillar fragmentlari - peptidlar mavjud. Ularni sunʼiy ravishda sintezlashgan va tashuvchi-oqsilga ulashgan. "Vektor" tomonidan roʻyxatga olingan RU2738081 patentga muvofiq, uni sintezlashga ichak tayoqchasi yordam beradi.
Putin soobщil o blijayshey regictratsii tretyey rossiyskoy vaktsinы ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin Rossiya vaktsinasini dunyodagi eng yaxshi preparat deb atadi

Emlash qanday amalga oshiriladi?

Vaktsina suspenziya koʻrinishida chiqariladi va shprits yordamida yelka mushaklariga kiritiladi. Peptidli preparatlar tezkor va kuchli immunitet javobini hosil qilmaydi, shu bois, "EpiVakKorona"ni ikki marta 21 kunlik orqaliq bilan teng dozalarda kiritishadi.

Salbiy taʼsirlari qanday?

I-II faza sinovlarida qatnashgan koʻngillilar ukol joyida tez oʻtib ketuvchi kamroq ogʻriq boʻlgani haqida aytishgan. Boshqa salbiy taʼsirlar kuzatilmagan.
Roʻyxatdan olingandan keyingi sinovlar (III faza) ishtirokchilari tomonidan tashkil etilgan #EpiVakKorona norasmiy Telegram-kanalida oz miqdordagi salbiy holatlar haqida aytiladi: bular noqulaylik, ukol qoʻyilgan joyning bir sutka davomida qizarib turishi, yelkadagi kuchli ogʻriq. Yuqori harorat, kuchli tana ogʻrigʻi hech kimda kuzatilmagan, yoki bu ogʻriqlar va emlash oʻrtasidagi bogʻliqlik tasdiqlanmagan.

"EpiVakKorona" samaradorligi qanday?

"Immunologik va profilaktik samaradorlik bor. Birinchisi - bu oʻziga xos antitanachalarning ishlab chiqilishi. I-II faza klinik sinovlari yakuniga koʻra, oʻziga xos antitanachalar barcha koʻngillilarda hosil boʻlgan. Profilaktik samaradorlik — bu emlanganlarning kasallikdan himoyasidir. Vaktsina roʻyxatdan olingandan keyingi klinik sinovlar ustidan tadqiqotlar davom etmoqda, maʼlumotlar fevralda chop etiladi", — deya izoh beradi Rospotrebnadzor matbuot-xizmati.
Brifing, posvyaщennыy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaktsine ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
"Sputnik V" vaktsinasiga ishonish uchun 3ta asosiy sabab - Bloomberg versiyasi
I-II faza klinik tadqiqotlari hali yakunlanmagan, deya aniqlik kiritishdi "Vektor" DMMda. Faqatgina oraliq natijalari bor.
Hozirda platsebo guruhi bilan ikkilamchi koʻr-koʻrona randomizirlashgan tadqiqot oʻtkazilmoqda. Odamlarni tasodifiy tarzda guruhlarga boʻlishmoqda. Kim vaktsina olyapti, kim — fizeritma - na koʻngillilar, na shifokorlar biladi. Uch ming nafar ishtirokchidan 2897tasi vaktsina qilindi, chorak qismi platsebo olgan. Sinovlar eng soʻnggi koʻngilli emlangandan soʻng 180 kundan keyin yakunlanadi.
Bir vaqtning oʻzida yoshi 60dan katta 150 koʻngillilarda sinovlar oʻtkazilmoqda. Bu guruh boʻyicha dastlabki maʼlumotlar fevral oyida eʼlon qilinadi.

Koronavirusga qarshi peptidli vaktsinani yana kim ishlab chiqadi?

Peptidli vaktsinalar butun dunyoda tajriba bosqichida turibdi. Ularni ishlab chiqish va tekshirish juda mashaqqatli, shu bois, ular mRNK, vektorli va inaktivirlangan/oʻldirilgan vaktsinalardan ortda qolmoqda. Rossiya bu masalaga oʻz kuchi bilan yechim topish uchun yetarlicha resurs va malakali kadrlarga ega.
BSST roʻyxatida 19 yanvar holatiga, "EpiVakKorona"dan tashqari, — yana ikkita peptidli nomzod-vaktsinalar bor.
Ularni odamlarda sinashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0