https://oz.sputniknews.uz/20210119/iriziston-Pfizer-vaktsinasidan-voz-kechadi-15819828.html
Qirg‘iziston Pfizer vaksinasidan voz kechadi
Qirg‘iziston Pfizer vaksinasidan voz kechadi
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston Pfizer kompaniyasi vaksinasidan uni saqlash uchun jihozlari bo‘lmaganligi sabab voz kechadi. Bu vaksinani -70 gradus haroratda saqlash kerak. 19.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-19T16:19+0500
2021-01-19T16:19+0500
2021-01-19T17:58+0500
dunyoda
qirg‘iziston
vaksina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/13/15820591_0:157:3085:1892_1920x0_80_0_0_cb4b0c71d6ff6bb89394ee0f5ded6a96.jpg
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston texnik sabablarga ko‘ra Pfizer kompaniyasi vaksinasidan voz kechadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev ma’lum qildi.“Bizga -70 gradus haroratda saqlanishi kerak bo‘lgan Amerikaning Pfizer vaksinasi taklif qilindi. Bizga bir milliondan ziyod dozani bepul taqdim etishmoqchi bo‘lishdi. Uni olib kelish, saqlash va aholini emlash uchun bizga maxsus sovutgichlar lozim. Biroq bizda bunday sovutgichlar yo‘q”, - dedi u “Birinchi radio”ga bergan intervyusida.Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Pfizer vaksinasini saqlash uchun respublika 2 million dollarga jihoz sotib olishi kerak bo‘lardi.Beyshenaliyev Qirg‘iziston hozirda Rossiya hukumati bilan mamlakatga “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotganini qo‘shimcha qildi. “Sputnik V”ni minus 2 darajadan minus 18 darajagacha bo‘lgan haroratda saqlash mumkin va mamlakat zaruriy jihozlarga ega.Qirg‘izistonda jami 83 268 kishi koronavirus bilan kasallangan. Shulardan 79 249 nafari tuzalib ketgan. 1390 bemor koronavirusdan vafot etgan.“Sputnik V” Markaziy OsiyodaRossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi namunalarini O‘zbekistonga dekabr oyida xizmat safari bilan bo‘lgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov shaxsan olib kelgan edi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyevning ma’lum qilishicha, mamlakatda “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikatsiyalash ustida ish olib borilmoqda. Shuningdek, uni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.Qozog‘iston mamlakatda “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan va u bilan 1-fevraldan, rejalashtirilgan muddatdan oldinroq aholini emlashni boshlamoqchi.Turkmaniston “Sputnik V” vaksinasini Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tkazdi.19 yanvar kuni Tojikistonga rossiyalik harbiylar uchun mo‘ljallangan “Sputnik V” vaksinasining 1100 ta dozasi keltirildi.“Sputnik V” vaksinasi Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Preparat insonning adenovirus vektorli platformasiga asoslangan bo‘lib, uning muhim afzalliklari - xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yo‘qligi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, o‘tkazilgan tadqiqotda yakuniy nazorat nuqtasida ma’lumotlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra, uning samaradorligi 91,4 foizni, og‘ir holatlarda esa 100 foizni ko‘rsatdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210118/Le-Monde-EI-Pfizer-vaktsinasini-bosim-ostida-maulladi-buning-dalili-bor-15807597.html
https://oz.sputniknews.uz/20210113/Putin-Rossiyaning-koronavirusga-arshi-vaktsinasini-dundagi-eng-yakhshi-preparat-deb-atadi-15780360.html
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/13/15820591_177:0:2908:2048_1920x0_80_0_0_cc6e1e99a5de7c3081afc3b20e27643f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qirg‘iziston, vaksina
dunyoda, qirg‘iziston, vaksina
Qirg‘iziston Pfizer vaksinasidan voz kechadi
16:19 19.01.2021 (yangilandi: 17:58 19.01.2021) Qirg‘iziston Pfizer kompaniyasi vaksinasidan uni saqlash uchun jihozlari bo‘lmaganligi sabab voz kechadi. Bu vaksinani -70 gradus haroratda saqlash kerak.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston texnik sabablarga ko‘ra Pfizer kompaniyasi vaksinasidan voz kechadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev ma’lum qildi.
“Bizga -70 gradus haroratda saqlanishi kerak bo‘lgan Amerikaning Pfizer vaksinasi taklif qilindi. Bizga bir milliondan ziyod dozani bepul taqdim etishmoqchi bo‘lishdi. Uni olib kelish, saqlash va aholini emlash uchun bizga maxsus sovutgichlar lozim. Biroq bizda bunday sovutgichlar yo‘q”, - dedi u “Birinchi radio”ga bergan
intervyusida.Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Pfizer vaksinasini saqlash uchun respublika 2 million dollarga jihoz sotib olishi kerak bo‘lardi.
Beyshenaliyev Qirg‘iziston hozirda Rossiya hukumati bilan mamlakatga “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotganini qo‘shimcha qildi. “Sputnik V”ni minus 2 darajadan minus 18 darajagacha bo‘lgan haroratda saqlash mumkin va mamlakat zaruriy jihozlarga ega.
Qirg‘izistonda jami 83 268 kishi koronavirus bilan kasallangan. Shulardan 79 249 nafari tuzalib ketgan. 1390 bemor koronavirusdan vafot etgan.
“Sputnik V” Markaziy Osiyoda
Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi namunalarini O‘zbekistonga dekabr oyida xizmat safari bilan bo‘lgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov shaxsan
olib kelgan edi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyevning
ma’lum qilishicha, mamlakatda “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikatsiyalash ustida ish olib borilmoqda. Shuningdek, uni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Qozog‘iston mamlakatda “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni
yo‘lga qo‘ygan va u bilan 1-fevraldan, rejalashtirilgan muddatdan oldinroq aholini
emlashni boshlamoqchi.Turkmaniston “Sputnik V” vaksinasini Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib
ro‘yxatdan o‘tkazdi.19 yanvar kuni Tojikistonga rossiyalik harbiylar uchun mo‘ljallangan “Sputnik V” vaksinasining 1100 ta dozasi
keltirildi.“Sputnik V” vaksinasi Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Preparat insonning adenovirus vektorli platformasiga asoslangan bo‘lib, uning muhim afzalliklari - xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yo‘qligi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, o‘tkazilgan tadqiqotda yakuniy nazorat nuqtasida ma’lumotlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra, uning samaradorligi 91,4 foizni, og‘ir holatlarda esa 100 foizni ko‘rsatdi.