Ekspert "Sputnik V" vaksinasining innovatsion farqini aytdi

© Aviakompaniya Aerolíneas Argentinas / Mediabankka o‘tishRossiyskaya vaksina "Sputnik V" v aeroportu
Rossiyskaya vaksina Sputnik V v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Sputnik V" - adenovirus platformasida ishlab chiqilgan boshqa vaksinalarga qaraganda, innovatsion yuqori natija namoyish qildi.
TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnika V" vaksinasi bir vektorli analoglariga qaraganda yaxshiroq natijalar namoyish qilmoqda, deydi "Sputnika V" vaksinasi bo‘yicha xalqaro kengash eksperti Karlos Sala.
Uning fikriga ko‘ra, ikki vektorli vaksinaning samaradorligi bir vektorli vaksinaga nisbatan yuqori.
“Bizni adenovirusning ikkita turli xil vektoridan iborat bo‘lgan vaksinaning samaradorlik masalasi har doim qiziqtirib kelgan, chunki ana shunday vaksinalar katta samaradorlikka ega degan gipoteza bor. "Sputnika V" esa buni amalda namoyish qildi. Adenovirus platformasida ishlab chiqilgan boshqa vaksinalarga qaraganda uning samaradorligi yuqori. Bu - innovatsion natija.”, - dedi  Karlos Sala.
Ma’lumot uchun, "Sputnik V" vaksinasi – odam adenovirusi asosida tayyorlangan vektorli vaksina. Uning tarkibida tirik SARS-CoV-2 virusi yo‘q, faqat ushbu virusning S-oqsili bo‘lagi kiritilgan bo‘lib, u inson organizmida koronavirusga qarshi immunitet uyg‘otish uchun xizmat qiladi. Odam adenovirusi ushbu S-oqsili bo‘lagini odam hujayrasiga yetkazish uchun transport vazifasini bajaradi.
Vaksina ikki komponentdan iborat bo‘lib, birinchi marta odam adenovirusining 26 serotipi (Ad26) yuboriladi, ikkinchi marotaba esa 5-serotipi (Ad5) yuboriladi.
"Sputnik V" – Rossiyaning Gamaleya nomidagi Milliy mikrobioligiya va immunologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan va ro‘yxatga olingan dunyodagi birinchi vaksinadir. Bugungi kunda Sputnik V vaksinasini olganlar soni 1 milliondan oshgan va uning samaradorligi 95 %ni tashkil qilgan.
Yangiliklar lentasi
0