https://oz.sputniknews.uz/20210118/Le-Monde-EI-Pfizer-vaktsinasini-bosim-ostida-maulladi-buning-dalili-bor-15807597.html
Le Monde: YeI Pfizer vaksinasini bosim ostida ma’qulladi, buning dalili bor
Le Monde: YeI Pfizer vaksinasini bosim ostida ma’qulladi, buning dalili bor
Sputnik O‘zbekiston
“Le Monde” gazetasi jurnalistlari Yevropa dori vositalari agentligining internetda paydo bo‘lgan elektron maktublari bilan tanishib chiqdi. 18.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-18T11:30+0500
2021-01-18T11:30+0500
2021-04-01T16:45+0500
dunyoda
vaksina
yevropa ittifoqi
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/12/15806090_0:152:3000:1848_1920x0_80_0_0_86da7ea25902641bae415856e76cb385.jpg
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) vakillariga koronavirusga qarshi vaksinalarni sertifikatlash vaqtida bosim o‘tkazilgan. Gap, xususan, Pfizer-BioNTech va Moderna preparatlari haqida bormoqda. Bu haqda Fransiyaning “Le Monde” gazetasi xabar qildi.Nashr jurnalistlari agentlikning elektron yozishmalarini o‘rganishgan. Ular xakerlar hujumidan keyin internetda paydo bo‘lgan.“Kamida 5 ta elektron maktub agentlik koronavirusga qarshi birinchi vaksinani ma’qullash jarayonini tezlashtirish uchun bosimga duch kelgani haqida gapirishga imkon beradi”, - deya yozadi gazeta.E’lon qilingan yozishmalardan ma’lum bo‘ladiki, o‘sha Pfizer vaksinasini ma’qullashda ham muammolar bo‘lgan va ular hozirgacha bor.Yevropa agentligining bu vaksinaga qarshi bo‘lgan uch “asosiy e’tirozi”:
hamma ishlab chiqarish maydonlari tekshirilmagan;
vaksinaning tijorat partiyalariga oid zaruriy ma’lumotlar bo‘lmagan;
tijorat partiyalari va klinik sinovlar vaqtida qo‘llanilgan vaksinalar o‘rtasida sifatiy tafovut aniqlangan.
Boshqacha qilib aytganda, birisini sinovdan o‘tkazib, boshqasini yetkazib bergan bo‘lishlari mumkin.Bu holatlar vaksina sifati bilan shug‘ullangan tadqiqotchilarning eng katta xavotiriga sabab bo‘lgan, deya yozadi “Le Monde”. Shunga qaramasdan Pfizer ma’qullangan.Nashrning yozishicha, YeMA vaksinani 2020-yil 21-dekabrda uzul-kesil ma’qulladi, Britaniya ma’qullagandan keyin 3 hafta, AQShdan keyin esa 2 hafta o‘tib.“Bu Yevropa agentligiga hech narsaga qaramasdan uni ma’qullashdan oldin sifat muammolarini hal qilishga bir muncha vaqt kerak bo‘lganidan darak beradi”, - deyilgan xabarda.Va bu kechikish “Yevropa kommissiyasi tomonidan nomaqbul bo‘lmagan” deb baholangan. Oshkor qilingan yozishmalarda ham bu haqda gap borgan.Kuni kecha Pfizer Yevropaga vaksina yetkazib berishni vaqtincha qisqartirishi ma’lum bo‘lgandi. Bu go‘yoki ishlab chiqarish quvvatini modernizatsiya qilish bilan bog‘liq.Yanvar oyi o‘rtasida Norvegiyada Pfizer vaksinasi bilan emlangan 23 kishining vafoti haqida ma’lum bo‘lgandi.Bundan tashqari, “The Times of Israel” gazetasi Pfizer bilan emlangan 13 nafar isroillikda yuz falaja kuzatilgani haqida yozdi.
https://oz.sputniknews.uz/20201118/Isroil-va-Vengriya-15431483.html
https://oz.sputniknews.uz/20210108/AShda-Pfizer-vaktsinasi-bilan-emlangan-shifokor-vafot-etdi-15745519.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/12/15806090_0:57:3000:1943_1920x0_80_0_0_c1c1c2e55fc80beede81f45581bb4b12.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, vaksina, yevropa ittifoqi, covid-19 umumjahon pandemiyasi
dunyoda, vaksina, yevropa ittifoqi, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Le Monde: YeI Pfizer vaksinasini bosim ostida ma’qulladi, buning dalili bor
11:30 18.01.2021 (yangilandi: 16:45 01.04.2021) “Le Monde” gazetasi jurnalistlari Yevropa dori vositalari agentligining internetda paydo bo‘lgan elektron maktublari bilan tanishib chiqdi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) vakillariga koronavirusga qarshi vaksinalarni sertifikatlash vaqtida bosim o‘tkazilgan. Gap, xususan, Pfizer-BioNTech va Moderna preparatlari haqida bormoqda. Bu haqda Fransiyaning “Le Monde” gazetasi
xabar qildi.
Nashr jurnalistlari agentlikning elektron yozishmalarini o‘rganishgan. Ular xakerlar hujumidan keyin internetda paydo bo‘lgan.
“Kamida 5 ta elektron maktub agentlik koronavirusga qarshi birinchi vaksinani ma’qullash jarayonini tezlashtirish uchun bosimga duch kelgani haqida gapirishga imkon beradi”, - deya yozadi gazeta.
E’lon qilingan yozishmalardan ma’lum bo‘ladiki, o‘sha Pfizer vaksinasini ma’qullashda ham muammolar bo‘lgan va ular hozirgacha bor.
Yevropa agentligining bu vaksinaga qarshi bo‘lgan uch “asosiy e’tirozi”:
- hamma ishlab chiqarish maydonlari tekshirilmagan;
- vaksinaning tijorat partiyalariga oid zaruriy ma’lumotlar bo‘lmagan;
- tijorat partiyalari va klinik sinovlar vaqtida qo‘llanilgan vaksinalar o‘rtasida sifatiy tafovut aniqlangan.
Boshqacha qilib aytganda, birisini sinovdan o‘tkazib, boshqasini yetkazib bergan bo‘lishlari mumkin.
Bu holatlar vaksina sifati bilan shug‘ullangan tadqiqotchilarning eng katta xavotiriga sabab bo‘lgan, deya yozadi “Le Monde”. Shunga qaramasdan Pfizer ma’qullangan.
Nashrning yozishicha, YeMA vaksinani 2020-yil 21-dekabrda uzul-kesil ma’qulladi, Britaniya ma’qullagandan keyin 3 hafta, AQShdan keyin esa 2 hafta o‘tib.
“Bu Yevropa agentligiga hech narsaga qaramasdan uni ma’qullashdan oldin sifat muammolarini hal qilishga bir muncha vaqt kerak bo‘lganidan darak beradi”, - deyilgan xabarda.
Va bu kechikish “Yevropa kommissiyasi tomonidan nomaqbul bo‘lmagan” deb baholangan. Oshkor qilingan yozishmalarda ham bu haqda gap borgan.
Kuni kecha Pfizer Yevropaga vaksina yetkazib berishni vaqtincha qisqartirishi
ma’lum bo‘lgandi. Bu go‘yoki ishlab chiqarish quvvatini modernizatsiya qilish bilan bog‘liq.
Yanvar oyi o‘rtasida Norvegiyada Pfizer vaksinasi bilan emlangan 23 kishining vafoti haqida
ma’lum bo‘lgandi.Bundan tashqari, “The Times of Israel”
gazetasi Pfizer bilan emlangan 13 nafar isroillikda yuz falaja kuzatilgani haqida yozdi.