Vaksina koronavirusni to‘xtata olmaydi - BSST

© AFP 2023 / VINCENZO PINTOLaboranti obrabativayut flakoni dlya novoy vaksini ot koronavirusa AstraZeneca
Laboranti obrabativayut flakoni dlya novoy vaksini ot koronavirusa AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gebreyesus emlash boshlanganidan keyin kuzatuv, sinovlar, yuqtirganlarni izolyatsiyaga olish va ularni davolash, aloqalarni kuzatishni va karantinni davom ettirishga chaqirdi.

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Koronavirusga qarshi vaksina yakka tartibda pandemiyani to‘xtata olmaydi, deb yozdi Twitterda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
"Sputnik V" vaksinasi samaradorligi 92%ni tashkil qildi

"COVID-19 pandemiyasi boshlangan vaqtdan vaksina pandemiyani nazorat qilish uchun zarur bo‘lishini bilgan edik. Ammo u qolgan instrumentlarni to‘ldirishini, aslo ularning o‘rnini bosmasligini bilish muhim", - deyiladi xabarda.

Uning aytishicha, vaksina avvaliga ommabop bo‘lmasligi, cheklovlar bo‘lishi, shu bois, birinchi galda tibbiyot xodimlari, katta yoshdagilar va surunkali kasalliklarga ega odamlar emlanadilar. Bu esa o‘limlar sonini qisqartiradi va sog‘liqni saqlash tizimiga ushbu infeksiyaga qarshi kurashda samaradorlikni ta’minlaydi, ammo shu bilan birga virus bir joyda to‘xtab qoladigan emas.

Gebreyesus emlash ishlari boshlangandan keyin ham kuzatuv, testdan o‘tkazish, kasallanganlarni yakkalash va ularni davolash, aloqalar zanjirini aniqlash va karantin singari choralarni davom ettirishga chaqirdi. Shuningdek, BSST rahbariga ko‘ra, kasallik tarqalishining oldini olishga qarshi kurashda jamoalar va alohida fuqarolarni jalb etish zarurligini ta’qidladi.

Yangiliklar lentasi
0