"Sputnik V" sinovlari ijobiy o‘tsa, vaksina O‘zbekistonda ishlab chiqariladi - Yusupaliyev

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishVaksini protiv COVID-19 "Sputnik V"
Vaksini protiv COVID-19 Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yana qaytadan kasallik avj olmasligi, vaziyat barqaror bo‘lishini ta’minlab berishimiz shart, deya ta’kidlagan SSV rahbari o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. "Sputnik V" sinovlari ijobiy o‘tsa, vaksina O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin, deb ma’lum qildi O‘zbekiston Cog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev.

Vaksini protiv COVID-19 Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert G‘arbning "Sputnik V" vaksinasiga negativ qarashlarini tushuntirdi

Uning so‘zlaridan "O‘zbekiston 24" telekanali iqtibos keltirgan.

Xorijdan O‘zbekistonga olib kelingan "COVID-19"ga qarshi vaksinalar va ularning sinov bosqichlari haqida ma’lumot berar ekan, Yusupaliyev Evropa davlatlari va AQShdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga e’tibor qaratib, "O‘zbekistonda yana qaytadan kasallik avj olmasligi, vaziyat barqaror bo‘lishini ta’minlab berishimiz shart", deya ta’kidlagan.

SSV rahbari o‘rinbosarining fikricha, bunda eng asosiysi O‘zbekiston aholisini ushbu infeksiyaga qarshi emlash masalasidir.

"Dekabr oyi boshida Rossiya delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Rossiya tomoni bilan "Sputnik V" klinik tadqiqotlar natijalarini oshkor qilmaslik to‘g‘risida kelishuv bor. Tegishli hujjatlar bizga taqdim etildi. Biz bu hujjatlarni o‘rganyapmiz. Uning natijalariga ko‘ra, vaksinaning 3-bosqich tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilinadi", - dedi Yusupaliyev.

Vaksina EpiVakKorona - Sputnik O‘zbekiston
“Sputnik V” vaksinasining yakuniy narxi belgilandi

U "Sputnik V" vektorli vaksina - u adenovirus asosida yaratilganiga e’tibor qaratdi. 

"Buni o‘rganish asosida birinchi navbatda fuqarolarimizning xavfsizligi masalasi, ularda antitanachalar hosil bo‘lish-bo‘lmasligi o‘rganiladi", - degan u. Ta’kidlanishicha, agar bu vaksina o‘zining yaxshi tomonlarini ko‘rsatsa, nafaqat uni sotib olish balki O‘zbekistonda ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish masalasi qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 4-dekabr kuni Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekistonga shaxsan COVID-19ga qarshi "Cputnik V" vaksinasi namunalarini olib keldi. Namunalar ular sinovlardan o‘tkazilishi uchun O‘zbekiston tomoniga topshirilgan.

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatga olingan. Bu Gamaleya markazining "Sputnik V" va "Vektor" markazining "EpiVakKorona" vaksinasi. Yaqin kunlarda Chumakov nomidagi Ilmiy markaz vaksinasi ham ro‘yxatga olinishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0