Tigran Mkrtichev Saviskiy muzeyi direktori lavozimida ish boshlaydi

© Iz lichnogo arxiva Tigrana MkrtichevaTigran Mkrtichev
Tigran Mkrtichev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvadagi Rerixlar muzeyi (Sharq xalqlari davlat san’at muzeyining filiali) direktori Tigran Mkrtichev Saviskiy muzeyi direktorligiga o‘tkazilgan ochiq tanlovda g‘olib deb topildi.

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. I.V. Saviskiy nomidagi Nukus muzeyi direktori lavozimiga tanlov g‘olibi Tigran Mkrtichev 2021-yil 2-yanvardan o‘z vazifasiga kirishadi, deb xabar berildi O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va San’atni rivojlantirish jamg‘armasining rasmiy telegram kanalida.

Nukus durdonalari ko‘rgazmasi ochilishi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘rta Osiyo Tretyakovi" - Saviskiy kolleksiyasi Moskvada

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi qarorida nazarda tutilgan tadbirlar - ya’ni muzeylarni yangilash va amaliyotga joriy etish, O‘zbekiston muzeylarida xodimlarni rahbarlik lavozimlariga jalb etish maqsadida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi direktori lavozimiga ochiq xalqaro tanlov tashkil etilgan va o‘tkazilgan edi.

Tanlov O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar fuqarolari o‘rtasida o‘tkazildi. Nomzodga belgilangan asosiy talablar quyidagilardan iborat bo‘ldi: san’at tarixi, muzey ishi, arxeologiya va muzey antropologiyasi yoki boshqa tegishli sohada ilmiy daraja mavjudligi, madaniyat muassasasida ma’muriy va boshqaruv lavozimlarida kamida to‘rt yillik ish tajribasi.

Kamola Akilova, zamestitel ministra kulturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Saviskiy muzeyidagi rasm 60 % emas 30-35 %ga zarar ko‘rgan – Akilova

Tanlovning birinchi bosqichi natijalariga ko‘ra Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston va Qoraqalpog‘istondan bo‘lgan 6 nafar nomzod o‘tdi. Ikkinchi yakuniy bosqichda nomzodlar o‘zlarining taqdimotlarini ekspertlar kengashiga taqdim etdilar va Nukus shahrida, Saviskiy nomidagi muzeyda yuzma-yuz suhbatdan o‘tdilar. Tanlov yakunida Moskvadagi Rerixlar muzeyi (Sharq xalqlari davlat san’at muzeyining filiali) direktori Tigran Mkrtichev g‘olib deb topildi.

Saviskiy muzeyining yangi rahbari O‘zbekistonda ta’lim olgan. Tigran Mkrtichev - Toshkent davlat universiteti Markaziy Osiyo arxeologiyasi bo‘limining bitiruvchisi. Ikkinchi o‘quv yilida u taniqli sovet san’atshunosi Lazar Izrailevich Rempelning laboranti bo‘ldi. Bu T.K.Mkrtichevning O‘rta Osiyoning qadimgi va dastlabki o‘rta asrlar san’ati (terakota plastikasi, devor rasmlari va boshqalar) sohasidagi qiziqishlarining keng doirasini belgilab berdi.

BMT vakillari Saviskiy muzeyida bo‘lishdi

T.K. Mkrtichev ekspeditsiyalarda G.A. Pugachenkovaning rahbarligida Samarqand viloyatidagi Orlat shaharchasida aspirant sifatida qatnashgan. Sharq davlat muzeyida ishlayotganda u O‘rta Osiyo arxeologik ekspeditsiyasiga rahbarlik qildi (Durmontepa shaharchasi, Samarqand viloyati; Varaxsha, Buxoro viloyati), shuningdek, E.V. Rtveladze (Kampirtepa shaharchasi) boshchiligidagi Toxariston arxeologik ekspeditsiyasi Sharq davlat muzeyi otradi rahbari va Sengim (Xitoy) shaharchasidagi Hindiston san’ati muzeyi (Berlin) arxeologik missiyasining rahbari bo‘lgan.

Tigran Mkrtichev "I - X-asrlarda Markaziy Osiyoning Budda san’ati" mavzusida san’atshunoslik doktori ilmiy darajasiga ega va "V-X asrlarda qadimgi odamlar kosmologiyasi va uning Markaziy Osiyo san’atida aks etishi" mavzusida san’atshunoslik fanlari nomzodi. U 1994-yildan 2008-yilga qadar O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand, Termiz va boshqa shaharlarida o‘tkazilgan bir qator arxeologik ekspeditsiyalarning rahbari bo‘lgan. Tigran Mkrtichev Sharq davlat muzeyi, Rerix muzeyi, A.S. Pushkin nomidagi Davlat tasviriy san’at muzeyi (Moskva, Rossiya), Reys - Engelxort muzeyi (Manxaym, Germaniya), Metropoliten muzeyi (AQSh), Turkmaniston tasviriy san’at muzeyi (Ashxabod) da 20 dan ortiq ko‘rgazma loyihalarini tashkil etgan va ko‘plab amaliyotlar, shu jumladan Berlindagi Hind san’ati muzeyi va Nyu Yorkdagi Metropoliten muzeyida amaliyot o‘tagan.

Tatyana Karimova v muzee Iskusstv im. Saviskogo v Nukuse - Sputnik O‘zbekiston
Tatyana Karimova va Sayyora Rashidova Saviskiy muzeyiga tashrif buyurishdi

Tigran Mkrtichev direktorlik faoliyatini I.V. Saviskiy muzeyi kolleksiyasini o‘rganish bo‘yicha Xalqaro kengashni tuzishdan, shuningdek taniqli rassomlar, siyosatchilar va biznes vakillarini o‘z ichiga olgan xalqaro homiylik kengashini yaratishdan boshlaydi.

Muzey ishining asosiy ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: xalqaro ko‘rgazma loyihalari taqvimini yaratish, muzey ko‘rgazma maydonlarini modernizatsiya qilish, xodimlarning kasbiy darajasini oshirish, ilg‘or muzey texnologiyalarini joriy etish, inklyuzivlik muhitini yaratish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, muzeyning fondini yaratish va fandrayzing dasturlari.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tasviriy san’at, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohasidagi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etib boradi va shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Jamg‘arma xalqaro madaniyat aloqalarni kengaytiradi, mamlakatda metsenatlikni rivojlantiradi, shuningdek, O‘zbekistonning madaniyat salohiyatini jahon miqyosida targ‘ib qiladi.

Yangiliklar lentasi
0