TOShKENT, 4 apr — Sputnik, Anton Kurilkin. Moskvada Saviskiy nomli Qoraqalpoq Davlat san’at muzeyi eksponatlaridan iborat ko‘rgazma ochildi. Ochilish marosimida A.S. Pushkin nomli Rossiya Davlat tasviriy san’at muzeyi direktori Marina Loshak so‘zga chiqdi.
"Bugun biz uzoq kutgan voqea yuz berdi — vanihoyat mutlaq afsonaviy asarlardan iborat ko‘rgazmani ochmoqdamiz", — dedi muzey rahbari.
Marina Loshak haqiqatdan ham ilhomlanib, uzoq nutq so‘zladi. Ushbu ko‘rgazma o‘tkazilayotganidan uning haqiqatdan ham baxtli ekanini ko‘rinib turardi.
San’atshunoslar uni "O‘rta Osiyo Tretyakovi" deb atashadi. O‘tgan asrning eng og‘ir, Stalindan Brejnevgacha bo‘lgan, san’atda faqat sotsialistik realizm hukm surgan vaqtlarda, Saviskiy partiya rahbariyati tomonidan qoralangan san’at asarlarini butun Sovet Ittifoqidan Nukusga jamlagan. Shunday yo‘l bilan Saviskiy ko‘plab takrorlanmas durdonalarni saqlab qolgan.
Marina Loshakdan keyin O‘zbekiston madaniyat vaziri Maxmud Muratov so‘zga chiqib, bu Saviskiy muzeyining Rossiyadagi birinchi ko‘rgazmasi ekanini va ko‘rgazmaning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashrifi kuni ochilishi — nafaqat madaniy balkim ijobiy siyosiy belgi ekanini ta’kidladi.
Rossiya prezidenti maxsus vakili Mixail Shvidkoy ham Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda, "Nukus durdonalari" ko‘rgazmasining siyosiy ma’noga ega ekanini aytib o‘tdi.
"Ushbu kolleksiya, avangardning ich-ichidan an’anaviy san’atga bog‘liq ekanini ko‘rsatamoqda… Asosiysi, hamma Nukus kolleksiyasi haqida bilardi, hamma uning naqadar muhimligini tushunar edi, lekin uzoq yillar davomida uni Rossiyaga olib kelishga ruxsat berishmagan edi. Bugun uning Rossiyaga kelishi — bu nafaqat madaniy, balkim muhim siyosiy haqiqatdir", — dedi Shvidkoy.
Saviskiy muzeyning bosh saqlovchisi Valentina Sicheva aytishiga qaraganda, muzey eksponatlarining bir qismini Moskvaga olib kelishga hech kim to‘sqinlik qilmagan.
"Nukus durdonalari" ko‘rgazmasi Moskvada 7-apreldan 10-maygacha bo‘lib o‘tadi.5 aprel kuni ko‘rgazmaga Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari ham kelishi kutilmoqda.