BMT vakillari Saviskiy muzeyida bo‘lishdi

Obuna bo‘lish
Mehmonlar "Sahro Luvri" nomi bilan mashhur I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida bo‘lib, Orolbo‘yi xalqlarining qadim tarixi va madaniyatiga oid qimmatbaho osori-atiqalar bilan tanishdi

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari 9-10 oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali.

"Mehmonlar tashrif doirasida "Sahro Luvri" nomi bilan mashhur I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida ham bo‘lib, Orolbo‘yi xalqlarining qadim tarixi va madaniyatiga oid qimmatbaho osori-atiqalar bilan tanishdi", — deyiladi xabarda.

Nukus durdonalari ko‘rgazmasi ochilishi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘rta Osiyo Tretyakovi" - Saviskiy kolleksiyasi Moskvada
BMT maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasida bo‘lib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning huquqiy asoslari, bu yerda yaratilgan sharoitlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni bilan ham tanishgan.

Delegatsiya a’zolari, shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi diniy ta’lim muassasasi — Muhammad ibn al-Beruniy nomidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtida ham bo‘ldi. Bilim yurti toliblari va mudarrislar bilan suhbatda ushbu ta’lim muassasasida diniy bilimlar bilan birga, dunyoviy ilmlar ham puxta o‘rgatilishi, o‘quv jarayoni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda olib borilishi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0