TOShEKENT, 28 yanv — Sputnik. Tatyana Karimova va Sayyora Rashidova Saviskiy muzeyiga tashrif buyurishdi, deb xabar qilmoqda Qoraqalpog‘iston yangiliklari nashri.
Bundan bir necha kun oldin, 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova va Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova Nukus shahriga tashrif buyurishgan edi, deb yozadi nashr.
Tashrif davomida mehmonlar Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 80-yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishdi.
Shundan so‘ng Tatyana Karimova va Sayyora Rashidova Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq san’at muzeyiga ham tashrif buyurishgan.
Quyida ushbu tashrifga oid bir necha fotosuratlarni taqdim etamiz.