"Uchar tank va super ovchi": rus jangovar vertolotlari Kavkaz tomon yo‘l oldi

Obuna bo‘lish
Rossiya vertolotlari Suriya cho‘llari va Kavkaz tog‘lari sharoitida - texnologik va jo‘g‘rofiy jihatdan yangi marralarni zabt etmoqda. Shafqatsiz sinovlar istiqbolli vint-qanotli transport vositalarining jangovar salohiyati oshishiga xizmat qilmoqda

RF Mudofaa vazirligi Elbrus hududining baland tog‘li (qishki) sharoitida Mi-28NM va Mi-26T2V vertolotlarini sinovdan o‘tkazish dasturini tasdiqladi. Ko‘p yo‘nalishli havo oqimlari va balandliklarda keskin o‘zgarishlar hukmron bo‘lgan tog‘larda uchar apparatlarga oson bo‘lmasligi tayin. Biroq, texnologik halqa yo‘lga qo‘yilgan, ilgariroq ushbu regionda Rossiyaning "Ansat" (yengil ko‘pnishonli) va Mi-171A2 (Mi-8ning chuqur modernizatsiyasi) vertolotlari sinovdan o‘tkazilgan.

Tanki T-14 Armata  - Sputnik O‘zbekiston
Rus quroli: 2020-yilning dastlabki natijalari

Mi-28NM hujum vertoloti Suriya Arab Respublikasi hududida jangovar sharoitlarda sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi, u "veteran" Mi-24 bilan birga ishladi. Bir nechta mashinalar Rossiya havo-kosmik kuchlarida sinov ekspluatatsiyasidan o‘tkazilmoqda. Rossiyalik uchuvchilar 2028-yilga qadar 100 ta yangi Mi-28NM vertolotlarini qabul qilib olishadi.

Og‘ir harbiy-transport vertoleti bo‘lgan - Mi-26T2Vning seriyali ishlab chiqarilishi 2021-yil boshida, davlat sinovlari tugagandan so‘ng boshlanadi. Mudofaa vazirligi va FVV uchun Mi-26ning birlashtirilgan arktik modifikatsiyasi ishlab chiqilmoqda. Arktika dengizlarining qirg‘oq zonasida ishlash uchun moslashtirilgan og‘ir vertolotning birinchi tajriba namunasi 2022-yilda paydo bo‘ladi. Ushbu gigant maxsus tanishtirishga muhtoj emas. Dastlabki modifikatsiyada Mi-26 tog‘larda Elbrus tepasida (tog‘ balandligi 5600 m dan yuqori) sinovlar vaqtida halokatga uchragan Mi-8AMTSh armiya vertolotining qoldiqlarini evakuatsiya qilish bo‘yicha tashkillashtirilgan noyob operatsiya vaqtida - tog‘larda yuk ko‘tarish bo‘yicha yettita jahon rekordini o‘rnatdi.

Voyennoe shou Vejlivie lyudi v ramkax foruma Armiya-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Rus quroli: “Tulpan” - dunyoda eng qudratli termoyadroviy minomot

Mi-28NM va Mi-26T2V vertolotlari kattagina eksport salohiyatiga ega bo‘lib, birinchi navbatda, an’anaga ko‘ra Rossiya aviatexnikasini (Mi-28E versiyalarini) ekspluatatsiya qiladigan mamlakatlarda  mutaxassislar e’tiborini jalb qilmoqda. Yangi Mi-28NM vertolot parkini birlashtirish va modernizatsiya qilish imkonini beradi, bir vaqtning o‘zida texnologik izchillikni ta’minlaydi. Rossiyadan dastlabki fuqarolik va harbiy modifikatsiyadagi 350 ta Mi-26 barpo etilgan bo‘lsa, "Rostvertol"ning vintqanotli gigantlari shuningdek, dunyoning turfa mamlakatlarida ekspluatatsiya qilib kelinadi.

Tungi superovchi

Mi-28NM (tungi modernizatsiyalangan) yangi avlod hujum vertoloti avvalgi Mi-28Ndan har qanday ob-havo sharoitida, kunduzi va kechasi nishonlarga zarba berish qobiliyati yanada rivojlantirilgani bilan farqlanmaydi. "Uchar tank" vtulka ustida joylashgan noyob aylana obzor radiolokatsiya stansiyasi, Rossiyada ishlab chiqarilgan kuchli dvigatellar, boshqaruv tizimi va dushmanning havo hujumiga qarshi mudofaa raketalariga qarshi kurash zamonaviy vositalari bilan jihozlangan (lazerli to‘xtatish stansiyasi ular uchun xayoliy nishonlarni yaratadi).

Antiterroristicheskie ucheniya voorujennix sil stran-chlenov ShOS Mirnaya missiya-2018 - Sputnik O‘zbekiston
“Terminator” va “Timsoh”: Rossiya Qorabog‘da vertolotlardan foydalanadi

Bosh konstruktor Vitaliy Sherbin ma’lumotlariga ko‘ra, Mi-28NM vertoloti yangi raketa bilan  dushman tomonning havodan hujumga qarshi mudofaa harakati zonasiga kirmasdan turib, yer ustidagi nishonlarni yo‘q qilishga qodir.

Ayni vaqtda Rossiyada tankka qarshi eng qudratli raketa hisoblangan va 1,2 m zirhlangan po‘latni teshib o‘tishga qodir bo‘lgan "Xrizantema-V" vertolot raketasi sinovlari o‘tib bo‘ldi. Golovkani o‘zi avtomatik to‘g‘irlaydigan "havo-havo"/"havo-yer sathi" sinfidagi ko‘pnishonli raketalar hali maxfiylik darajasidan chiqarilmagan.

Shuningdek, past tezlikda uchadigan havo obyektlari (dronlar) ham mag‘lubiyat spektrida turibdi. Yuqori tezlikdagi hujum vertoloti boshqa uchar apparatlarga nishon belgilarini uzatishga, front aviatsiyasi tarkibida harakatlanishga, maxsus operatsiyalarda ishtirok etishga va razvedka guruhlarini front chizig‘idan uzoq masofada (dushman saflari orqasida) qo‘llab-quvvatlashga qodir.

Aviatsionniy zavod Progress v Primorskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada yangi “Katran” jangovar vertoloti sinovdan o‘tdi

Amerikaning Forbes nashri yangi Mi-28NM tezligi (soatiga 300 km) va jangovar qo‘llash radiusi (450 km), yuk ko‘tarish qobiliyati (2300 kg), eng asosiysi esa, vertolot bortida "Sirkon" tipidagi gipertovushli qanotli raketalarni joylash imkoniyatidan g‘oyatda tashvishga tushgan. Bu hali hammasimas. Modernizatsiya jarayoni jangovar axborot tizimini ham qamrab olgan. Boshqaruvning ikkinchi komplekti ekipaj a’zolarining biri jarohatlangan taqdirda mashina umri davomiyligini ancha uzaytiradi. Umuman olganda, Mi-28NM kabinasi zirhlangan sathni teshib o‘tuvchi 20 millimetr kalibrgacha bo‘lgan o‘q(snarad)lardan ishonchli himoyalangan. Havoda ko‘tarib turuvchi vint parraklari kompozit materiallardan tayyorlangan bo‘lib, vintga 30 mm kalibrga teng snaradlar tushgan taqdirda ham parvozni yakunlashga imkon beradi.

"Tungi ovchi"ning yangi dvigateli (VK-2500) havo temperaturalarining keng diapazoni (sayyoraning istalgan nuqtasi)da ekspluatatsiya qilishga mo‘ljallangan, avtomatik boshqaruv tizimining modernizatsiya qilingani bilan ajralib turadi, yong‘inga qarshi himoyalangan, bularning barchasi parvoz xavfsizligi darajasini oshirib, unga xizmat ko‘rsatishni osonlashtiradi va texnik xarakteristikalarini yaxshilaydi. Birinchi kapital ta’mirga qadar uning quvvati va resursi ham anchagina oshgan (2000 sikl/soatdan 3000gacha). Bunday qurollar Rossiyaning mudofaa texnologiyalari bo‘yicha yetakchiligini ko‘rsatib, g‘arblik "sheriklar"ning qaynoq boshlarini sovutadi.

T-72B3 tanki Alabino poligonida.  - Sputnik O‘zbekiston
Tank, desant va vertolotlar: "Armiya-2020" jangovar ko‘rgazmasi

Sezilarli ustunlik

Rossiyaning og‘ir kengfuzelyajli Mi-26 si -  koinotdagi eng katta va eng qudratli harbiy-transport vertolot hisoblanadi. Mi-26T2V ning eng yangi modifikatsiyasi kechayu-kunduz foydalanish mumkinligi, zamonaviy avionika va (maksimal uchish vazni 56 tonnagacha bo‘lgan bir sharoitda) 25 tonnagacha yuk ko‘tarish imkoniyati  bilan ajralib turadi. Soatiga 270 km bosgandagi parvoz masofasi 800 km, balandligi 4600 metrgacha. Bunga o‘xshashi yo‘q va yaqin orada paydo bo‘lmaydi ham.

Vertolot qurol va aslahaga ega desantchilarni (82 kishini), fuzelyaj ichida va tashqi ilgakda yuklarni tashishga mo‘ljallangan. Qayd etamiz, Mi-26ning dvigatellari havoni 70%gacha tozalashga qodir changdan himoyalovchi qurilmaga ega va bu Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Afrika mamlakatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi (vertolotni kuchli chang sharoitida ham ekspluatatsiya qilish imkoniyati mavjud).

Uzbekistan na tret uvelichil zapasi voorujeniya i voyennoy texniki - Sputnik O‘zbekiston
Senat: O‘zbekiston qurol-yarog‘ va harbiy texnika zaxiralarini 27%ga yangiladi

Yangi Mi-26T2V "Vitebsk" bort mudofaa tizimi, raqamli uchuvchilik kompleksi bilan jihozlangan. Radioelektron uskuna avtomatik rejimda marshrut bo‘ylab uchish, belgilangan nuqtaga chiqish va u yerga qo‘nish, asosiy yoki zaxira aerodromlariga qaytish imkoniyatiga ega. Mi-26ning kabina gabaritlari va yuk ko‘tarish imkoniyati jangovar texnika va motoo‘qchilar diviziyasi yuklarini transportirovka qilishni ta’minlaydi. O‘lchami 12ga 8,25 m bo‘lgan yuk bo‘limida yirik gabaritli avtomobillar muammosiz sig‘a oladi. RF Mudofaa vazirligi bu mashinalardan kamida o‘nta xarid qilmoqchi.

Mi-26 vertloti – bir qator harbiy va fuqarolik masalalarini hal qilish uchun universal instrument. Katta qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan modifikatsiyalar ro‘yxatida: tegishli uskunalar bilan jihozlangan - Mi-26MS tibbiyot vertolot, to‘rtta samolyotni bir vaqtning o‘zida zapravka qilish uchun qo‘shimcha yoqilg‘i baklariga ega - Mi-26TZ zapravkachi vertolot, pomex postanovkachisi (radioelektron kurash) - Mi-26PP, tashqi ilgakda gidroakustika stansiyasiga ega - Mi-26NEF-M - kemalarga qarshi vertolot, qo‘shinlarni boshqarish uchun havo punkti bo‘lib xizmat qiladigan - Mi-27ni sanab o‘tish mumkin.

Voyennoslujashie vo vremya taktiko-spetsialnix ucheniy - Sputnik O‘zbekiston
"Jang taktikasini o‘zgartirishadi": Rossiyada yangi zarba quroli paydo bo‘ldi

Ilgariroq Mi-26 ning noyob imkoniyatlariga amerikaliklar ham baho berishgan edi. Afg‘on kampaniyasi davomida, 2009-yilning kuzida, "Tolibon" bergan olovli zarba tufayli AQShning Chinook CH-47 vertoloti majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Shundan so‘ng amerikalik uchuvchilar uni xuddi shunday mashinadan foydalangan holda evakuatsiya qila olmagan edilar. Rossiya transport kompaniyasining Mi-26 vertoleti CH-47ni (12 tonna) tashqi ilgakda osongina ko‘tarib, 110 km masofaga - bazaga "olib borib qo‘ydi". Albatta, bu xalqaro rekord emas, Rossiya vintqanotli gigantida esa bunday rekorlardan 14ta, 4100 metr balandlikka 25 tonna yuk ko‘tarish shular jumlasiga kiradi. Atrof muhitda istiqbolda bu singari texnologik raqobat kuzatilmayapti.

Yangiliklar lentasi
0