Senat: O‘zbekiston qurol-yarog‘ va harbiy texnika zaxiralarini 27%ga yangiladi

© Senat Oliy Majlisa UzbekistanaUzbekistan na tret uvelichil zapasi voorujeniya i voyennoy texniki
Uzbekistan na tret uvelichil zapasi voorujeniya i voyennoy texniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi yillarda qo‘shinlarni yangi qurol-aslaha va texnikalar bilan ta’minlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilishi natijasida shtatda mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘ va texnikalarning 27 % yangilangan.

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. 2020 yil 3-dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining videokonferensaloqa tarzida majlisi bo‘lib o‘tdi.

Bolelshiki raduyutsya pobede sbornoy Uzbekistana v konkurse Tankoviy biatlon - Sputnik O‘zbekiston
ArMI-2020: O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinni egalladi

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining mamlakatimiz Qurolli Kuchlari va harbiy qurilishini rivojlantirish hamda harbiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha 2020-yilning 10 oyi davomida bajarilgan vazifalar holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda qo‘shinlarning jangovar shayligi va tayyorgarligini sifatli tashkil etish hamda yuqori darajaga ko‘tarish maqsadida "Chirchiq" poligoni hududida Mudofaa vazirligining modellashtirish va simulyatsiya dala-o‘quv markazi yangidan barpo etilgan.

Mazkur markazda ayni kungacha 160 nafar taktik bo‘g‘indagi komandir  hamda 23 nafar kuch tuzilmalar ofitseri ilk bor maxsus o‘quv kursda tahsil olgan. Natijada komandirlar o‘z buysunuvchilarini jangovar va maxsus vazifalarni bajarish vaqtida bevosita samarali boshqarish malakasi oshirishga erishilgan.

Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazi, “Kattaqo‘rg‘on”, “Termiz”, “Angren” va “Sazagan” poligonlari xalqaro talablarga mos ravishda yangi ko‘rinishda ta’mirlandi. Ularning o‘quv-moddiy bazalari zamonaviy vositalar bilan jihozlangan.

So‘nggi yillarda qo‘shinlarni yangi qurol-aslaha va texnikalar bilan ta’minlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilishi natijasida shtatda mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘ va texnikalarning 27 % yangilangan.

Kadeti vo vremya stroyevoy podgotovki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston kadetlari: kuchli armiya zaxirasi

Majlisda 2020-yilning o‘tgan davri mobaynida bajarilishi lozim bulgan ayrim topshiriqlarning ijrosi to‘laqonli bajarilmaganligi ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, yurtimizda so‘ngi oylarda epidemiologik vaziyat kuzatilgani sababli mamlakatimizda mavjud ayrim harbiy shaharcha va poligonlardagi obyektlarda qurilish va ta’mirlash ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmagan.

Bundan tashqari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasida viloyat, tuman va shaharlar kesimida hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda yoshlarning toifalaridan kelib chiqib, maqsadli va manzilli tadbirlarni amalga oshirish ishlari sust olib borilgan.

Shuningdek, bugungi kunda oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayonlari bir nechta bosqichda olib borilib, hamon murakkabligicha qolmoqda.

Majlisda Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining Mudofaa vazirligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida tegishli qarori qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0