Dunyodagi yagona 240 mm kalibrli “Tyulpan” minomyoti 9,6 km dan 19,7 kmgacha boʻlgan masofada himoya inshootlarini, mustahkamlangan binolarni, dushman kuchlarining tirik kuchi, qurol va harbiy texnikalari toʻplanmalarini yoʻq qilishga moʻljallangan.
Rossiya qoʻshinlarining jangovar tayyorgarligini toʻsatdan tekshirish paytida Shimoliy Osetiyadagi “Tarskoye” oʻquv poligonida artilleriyachilar ulkan qudratli minomyotlardan dronlar yordamida nishon belgilangan holda shartli dushmanni yoʻq qildilar. Oʻziyurar 240 millimetrlik “Tyulpan” minomyotlari anʼanaviy va yadroviy qurollar oraligʻida joylashgan boʻlib, xuddi Everest togʻi alpinistlarga tanish boʻlgani kabi, butun dunyo artilleriyachilariga tanish, yaʼni uning dunyoda muqobili yoʻq.

Rossiya Mudofaa vazirligining maʼlumotlariga koʻra, 58-chi umumqoʻshin armiyasi artilleriyachilari 21 iyul kuni Kavkaz togʻ tizmasidagi togʻlarda mashqlar paytida, 240 mm kalibrli yuqori quvvatga ega “Tyulpan” minomyotlaridan shartli dushmanning pozitsiyalari va yer osti arsenallarini yoʻq qildi. Ushbu vahimali qurol manevralarda uncha koʻp qoʻllanilmaydi, ammo uning jangovar foydalanish samaradorligi na tor togʻ daralari va na chuqur beton bunkerlarda ehtimoliy dushmanga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi. Biroq, Rossiya qoʻshinlarining mashqlari hech bir mamlakatga qaratilmagan.
Modernizatsiya qilinganidan soʻng, “Tyulpan” zamonaviy boshqaruv va aloqa vositalariga ega boʻldi, bu esa oʻziyurar minomyotga yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida va Quruqlikdagi qoʻshinlarning taktik zanjirning razvedka va zarba berish konturida ishlashga imkon berdi. Takomillashtirilgan minomyot hatto eng himoyalangan nishonlarga ham zarba berishga qodir boʻlgan uzoq masofali merganlik quroliga aylandi. “Tyulpan”ning arsenalida ikki kilotonna quvvatga ega anʼanaviy termoyadroviy minalar va boshqa minalardan iborat boʻlib, ularning halokat kuchi nafaqat 240 mm kalibrga bogʻliq. Qoʻllashning yuqori aniqligi real vaqt rejimida – yoʻldoshlar, dronlar, uzoq masofadagi radiolokatsion aniqlash samolyotlari va dushman ichkarisidagi razvedka-diversion guruxlari tomonidan toʻgʻrilash yordamida taʼminlanadi. Nishonga olishning va zarbani boshqarishning zamonaviy tizimlari oʻq-dorilarning ballistik xususiyatlarini va oʻt ochishning meteorologik sharoitlarini ham hisobga olishga imkon beradi.
XXI asrning “Shoh-minomyoti”
Dunyodagi yagona 240 mm kalibrli “Tyulpan” minomyot 9,6 km dan 19,7 kmgacha boʻlgan masofada himoya inshootlarini, mustahkamlangan binolarni, dushman kuchlarining tirik kuchi, qurol va harbiy texnikalari toʻplanmalarini yoʻq qilishga moʻljallangan. U xizmatga bundan 40 yil oldin qabul qilingan boʻlib, hozirgi kungacha kalibri va boshqa bir qator xususiyatlari boʻyicha rekordchi boʻlib qolmoqda. Qurol boshqa artilleriya turlari (kichikroq quvvatdagi) urib oʻtolmaydigan nishonlarni urishga qodir. “Tyulpan”ning minasi erkin qulashda 12 metrlik qalinlikdagi temir-beton konstruktsiyani teshib oʻta oladi. Konstruktorlik fikrining ushbu durdonasi qudratini faqat amalda koʻrish mumkin. Oddiy 240 mm diametrli mina yerga tushganida, diametri 10 metr va chuqurligi 5 metrdan oshgan chuqurni qoldirganidan keyin, maxsus oʻq-dorini qoʻllash oqibatlarini faqat tasavvur qilsa boʻladi.
Oʻziyurar minomyot tarkibiga fugas va faol reaktiv minalar, “Smelchak” nishonni tashqaridan koʻrsatish tizimiga ega snaryad (diametri 2 metr boʻlgan doiraga toʻgʻri urish ehtimoli 80-90%). “Tyulpan” uchun maxsus, ogʻirligi 228 kg boʻlgan 3F2 faol-aktiv dvigatelli mina (urish masofasi 20km) va uning asosida 3B4 termoyadroli mina (urish masofasi 18 km) yaratilgan. Undan tashqari, “Smola” va “Fata” neytron snaryadlari, “Sayda” snaryadi (napalm bilan 7850 kvadrat metr maydonni yoqib tashlaydi) va "Nerpa" (fugas elementlari boʻlgan kassetali mina) snaryadlari qiziqish oʻygʻotadi.

“Tyulpan” minomyoti jangda sinovdan oʻtgan. Afgʻonistonda 1985 yildan beri minomyot Charikar vodiysida va Panjshir darasida muvaffaqiyatli qoʻllanilgan - nishonni yoʻq qilish uchun atigi ikkita snaryad yetarli boʻlgan. Bugungi kunda Rossiya Quruqlikdagi qoʻshinlar tarkibida 40 dona 2S4 “Tyulpan” minomyotlari xizmat qilmoqda va qariyb 390 donasi saqlanmoqda, bu keng koʻlamli harbiy mojaro roʻy berishiga yetarlicha zaxira.
Davlat mudofaa buyurtmasi doirasida “Uraltransmash” korxonasi (“Uralvagonzavod” NPK tarkibiy qismi) 2019 yilda barcha 240 mmli “Tyulpan” minomyotlari modernizatsiyasini yakunladi. Zamonaviy urushda artilleriya hanuz muhim rol oʻynashni davom etmoqda va texnologik yangilanish dunyodagi eng qudratli minomyotlardan jangovar foydalanish samaradorligini oshirishga imkon berdi.
Konstruktiv xususiyatlari
RF Mudofaa vazirligining maʼlumotlariga koʻra, 2S4 “Tyulpan” minomyotining negiz shassisi - dvigatel quvvati 520 ot kuchiga ega modernizatsiyalangan “Krug” zenit-raketa tizimidir. Shosseda maksimal tezlik soatiga 62 km. Yurish masofasi 500 km. Oʻq-dori komplekti - 40 dona mina, ekipaj - 5 kishi.
Mashinaning korpusi zirhlangan boʻlib 7,62 mm kalibrli zirhni uradigan va parchalanadigan oʻqlardan himoyalangan. Pozitsiyaga oʻrnashishi uchun uskunaning old qismiga buldozer pichogʻi oʻrnatilgan. Boshqarish boʻlimi korpusning chap oldi qismida, motor boʻlimi esa oʻng tomonda joylashgan. Oʻrta va orqa qismlarni jangovar boʻlinma egallaydi, bu yerda oʻq-dorilar 20 donaga moʻljallangan baraban tipidagi mexanizatsiyalashgan uskuna va uzatish mexanizmi joylashgan. Orqa qismida qattiq konstruktsiyali minomyot toʻpi oʻrnatilgan (orqaga qaytarish moslamasisiz). Mashina shuningdek 7.62mm PKT pulemyoti bilan ham jihozlangan.
Silliq devorli naycha shaklidagi besh metrli toʻp tsapfali oboymaga qatirilgan, buning natijasida oʻqlarni yuklash holatiga koʻtarish uchun “tebranadi”, bu esa 130 kg ogʻirlikdagi minalarni oʻqlash qismidan oʻrnatish uchun juda muhim xususiyatdir. Konstruktsiyaning tashqi soddaligi loyihalash, sinov va texnologiyalarni rivojlantirishning kattagina yoʻlini oʻz ichiga oladi. Silliq devorli artilleriya Kolomna maxsus konstruktorlik byurosi 240 mmli minomyot ustidan ishlarni 1944 yilda boshlagan. Keyinchalik, yangi qurolni yaratish Ural transport mashinasozligi zavodida va Permdagi mashinasozlik zavodining maxsus konstruktorlik byurosida davom etgan. Birinchi namunalarning dala sinovlari 1971 yilda boʻlib oʻtdi va koʻp oʻtmay 2S4 “Tyulpan” artilleriya tizimi xizmatga qabul qilindi.

Hammasi boʻlib, 580 dan ortiq “Tyulpan”ni ishlab chiqarishga muvaffaq boʻlishdi, 1988 yilda ishlab chiqarish toʻxtatildi. Bu xato boʻlgan deb hisoblayman. Ushbu minomyot koʻrinishi hatto XXI asrda ham juda zamonaviy va jang maydonida almashtirib boʻlmas boʻlib qoladi.