Xitoy AQShni neftni qayta ishlashda siqib chiqardi: bundan Rossiya yutadimi?

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishZalivka nefteproduktov v tankeri
Zalivka nefteproduktov v tankeri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pekin neftni qayta ishlash bo‘yicha quvvatni oshirib, benzin va dizel yoqilg‘isiga pul tikmoqda. Kelgusi yildayoq XXR bu ko‘rsatgich bo‘yicha AQShni ortda qoldirishi mumkin.

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Irina Badmayeva. Pekin neftni qayta ishlash bo‘yicha quvvatni oshirib, benzin va dizel yoqilg‘isiga pul tikmoqda. Kelgusi yildayoq XXR bu ko‘rsatgich bo‘yicha AQShni ortda qoldiradi. Amerikaliklar YaIM bo‘yicha ham ortda qolishi ehtimoli yuqori. Ammo, tahlilchilarning ta’kidlashicha, xitoyliklarga pandemiyaning ikkinchi to‘lqini xalaqit berishi mumkin.

Yetakchi o‘zgarishi

Xitoy davlat statistika burosi ma’lumotlariga ko‘ra, oktabr oyida mamlakatda neftni qayta ishlash ikki yarim foizga oshib, sutkasiga 14,09 million barrel miqdoridagi tarixiy rekordga yetgan. AQShda sentabrda jami 13,5 million edi.

Dobicha nefti v SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyadan neft xarid qilishni taqiqlamoqchi

Xitoyliklar bu bilan to‘xtab qolish niyatida emas. Kelgusi yil oxirida ikkita yangi neftni qayta ishlash (NQI) zavodi ishga tushiriladi, deyiladi Xalqaro energetika agentligining noyabr oyidagi hisobotida. Bu 2023-yildan keyin ro‘y berishi kutilgan edi.

Umumiy quvvati kuniga 1,2 million barrel bo‘lgan yana to‘rttasi qurilmoqda. Masalan, butun Buyuk Britaniya bo‘ylab shuncha qayta ishlanadi.

Xitoy bir necha o‘n yillardan buyon benzin va dizel yoqilg‘isiga o‘sgan talabni qondirishga harakat qilmoqda. Xatti-harakatlar zoe ketmadi.

“2020 yildan buyon mamlakat neft mahsulotlarini ishlab chiqarishni uch baravarga ko‘paytirdi. 2025-yilga kelib neftni qayta ishlash sutkasiga 20 million barrelga yetadi”, - deydi Mark Goyxman, “TeleTreyd” axborot tahliliy markaz bosh iqtisodchisi.

Bloomberg Rossiyaning neft urushidagi asosiy kuzirini aytdi

AQSh o‘tgan asrdan buyon qo‘ldan boy bermay kelayotgan yetakchilikni 2021-yilda boy beradi, deb hisoblaydi agentlik suhbatdoshi.

Amerikaliklar NQIlarni neft naxlari tushib ketishi ortidagi past tannarx sabab yopishmoqda. O‘tib borayotgan yilda qora oltin narxi bir necha marta tushib ketdi. Masalan, 18-martda Brent markali 15 foizga arzonlashdi va 2003-yildan buyon birinchi marta barreliga 24,52 dollardan sotildi.

Yoqilg‘iga bo‘lgan dunyo talabi ham qisqardi. Shu bois neftni qayta ishlash rekord darajadagi 1,7 million barrelga pasaydi. Boz ustiga katta qismi aynan Amerika NQIga to‘g‘ri keldi.

Yashil energetika: kim g‘olib bo‘lib, kim yutqazmoqda

Flag SShA i flag Kitaya  - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy to‘rt nafar AQSh amaldorlariga qarshi sanksiya kiritadi

Xitoyning yana bir muvaffaqiyati sababi – koronavirusga qarshi samarali kurashish, deb hisoblaydi “Alor Broker” bosh tahlilchisi Aleksey Antonov. Xitoy iqtisodiyoti qayta tiklanib, mustahkamligini namoyish etmoqda, Yevropa va AQShda esa qulashda davom etmoqda.

Xitoyliklarning nafaqat neftni qayta ishlash, balki metallurgiyada ham yetakchilik qilayotganliklari tasodifiy emas. “Birlamchi resurslar iste’moli markazi, Xitoy endilikda yanada yuqori qayta ishlash sanoatini rivojlantirmoqda”, - deydi Mark Goyxman.

Bu kabi sur’atlar ham Hindiston, ham Yaqin Sharqda kuzatilmoqda, deya ta’kidlaydi iqtisodchi. Bu G‘arb kompaniyalarining qator eskirgan quvvatlarnini hatta Osiyo mintaqasida, masalan, Singapurda yopilishga olib keladi.

Qolaversa, AQSh va Eski dunyo asta-sekin muqobil energiya manbalari foydasiga uglevodorodlardan voz kechmoqda. Xitoy esa qat’iy ekologik majburiyatlarga bog‘liq emas.

Prezident SShA Donald Tramp i predsedatel KNR Si Szinpin. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQSh davlat qarzlarini sotib yuborishga tayyor

“Shtatlar Xitoyga iflos ishlab chiqarish maydonchalarini taqdim etib, yashil energetikaga pul tikmoqda. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar boshqalari hisobiga tiklanadigan resurslarga o‘tishini moliyalashtiradi va ularni yana “ekologik soliq” to‘lashga majbur qiladi. Oq uy ma’muriyatida bu ish bilan yangi preziden huzurida iqlim masalalari bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladigan sisosiy og‘ir vaznli Jon Kerri shug‘ullanadi”, - deydi Anton Grinshteyn, “Hamilton” investitsiya kompaniyasi eksperti.

Neftga qaram Rossiya yashil ssenariy uchun kompaniyalar xarajati o‘sishi va budjet daromadi tushishi bilan og‘ir oqibatlarga olib keladi. “Xom ashyo tuzilishi saqlanishida mahalliy iqtisodiyotga AQSh neftni qayta ishlashda birinchilikni saqlash qolishi foydaliroq”, - deb hisoblaydi suhbatdosh.

Rossiya 15-20 yildan keyin tushib ketayotgan  neft daromadlarini o‘rnini to‘ldirish uchun g‘aznini boshqa manbalar bilan to‘ldiriish haqida jiddiy o‘ylashi zarur, deya qo‘shimcha qiladi Mark Goyxman.

Yaqin kelajakda Xitoyda neft mahsulotlari sarfi oshishi ortidan bu yo‘nalishda xom ashyonini eksport qilishga diqqatni qaratish lozim.

Dobicha slansevoy nefti v SShA. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
AQSh "slansevik"larini neft gigantlari qutqarmoqda. Gigantlarni o‘zi cho‘kib ketmasaydi

Pandemiya: osiyocha ssenariy

Ammo hammasi yakunlanish xususiyatiga ega. 2025-yilga kelib Xitoyda ishlab chiqish quvvat talabdan o‘zib ketish ehtimoli yuqori. Xitoy CNPC neftgaz korporatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 5-yildan so‘ng mamlakatda neft mahsulotlari sutkasiga 1,4 million barrel haddan ziyod bo‘lishi mumkin.

“Hozir Shtatlar bilan keskinlashgan munosabatlar sharoitida Xitoy neftchilari tashqi savdodagi cheklovlardan qaytarib yutib olish xohishi bilan yonmoqda. Shu tariqa davlat obro‘yini ko‘tarish”, - deya taxmin qiladi Aleksey Antonov.

Shu bois hozirgi tendensiyalarni 3-5 yil oldinga kuzatish asosida tatbiq qilgan holda nafaqat neftni qayta ishlash, balki YaIM miqdori bo‘yicha ham yetakchi o‘zgarishini kutish mumkin.

Dobicha nefti v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Neft qachon tugashi ma’lum bo‘ldi

“Pandemiyaga qadar Xitoyga Amerika iqtisodiyotini ortda qoldirish uchun 5-yil yetmagan edi. Endi esa koronavirusga qarshi kurashdagi samarali kurash tufayli xitoyliklar muddatidan avval olinga chiqib olishlari mumkin”, - deya hisoblaydi Anton Grinshteyn.

Boshqa masala – AQSh o‘rini bo‘shatishga hozirmi. Amerika hukumati muammoni iqtisodiy va diplomatik jihatdan hal qilishga urinib ko‘rgandi, deya ta’kidlaydi tahlilchi. Lekin bu ish bermadi. Hozir esa prezident ishbilarmon o‘rniga prezident siyosatchi kelmoqda.

Bunday tashqari, Xitoyda neftni qayta ishlash mahsulotlariga bo‘lgan talabning keskin o‘sishi epidemologik vaziyatning yaxshilanishi bilan bog‘liq. Ammo Osiyoda ikkinchi to‘lqin ro‘y berishi istisno qilinmagan. Kasallanish avj olishi allaqachon Indoneziya, Yaponiya, Janubiy Koreyada kuzatildi. Bu AQSh va Xitoy o‘rtasidagi kuchlarni tubdan o‘zgartirishga qodir.

Yangiliklar lentasi
0