TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Fransiyaning neft-gaz kompaniyasi Total 2030-yildan so‘ng neft davri tugashini ma’lum qildi. Bu haqida Bloomberg xabar qilmoqda.
Total ekspertlari ishonch bildirishiga ko‘ra, insoniyat sekin asta boshqa energiya manbaalariga o‘ta boshlaydi. Xususan - tabiiy gaz. Ushbu yonilg‘i - jahon bozorida asosiy rol o‘ynaydi.
Shuningdek, 2050-yilga kelib elektr energiyasiga bo‘lgan talab oshadi. O‘sha vaqtga elektr energiyasi insoniyatning energiyaga bo‘lgan talabining 40%ini qondiradi. Hozir uning ulushi 20%ni tashkil qilmoqda.
Total kompaniyasi o‘z resurslarini quyosh va shamol energiyasi sohasiga yo‘nalitirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek akkumulyatorlar ishlab chiqarish va elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari qurish sohalariga ham investitsiya kiritishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.