TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Natalya Dembinskaya. Amerikaliklar “Shimoliy oqim-2”ga oid yangi sanksiyalar e’lon qilishga tayyorlanishmoqda, shu bilan birga o‘zlari Rossiya neftining eng yirik importchisi bo‘lishdi. Yetakchi tahliliy nashrlardan birining ta’kidlashicha, bunday pozitsiya riyokorona va Rossiyadan neft olishni taqiqlasa bo‘lardi. Faqat shunday bo‘lishi dargumon: bu holda og‘ir neftga moslashgan neftni qayta ishlash zavodlari bosh ko‘taradi.
Eng yirik iste’molchi
Kongress “Shimoliy oqim-2” loyihasi bilan bog‘liq Yevropa kompaniyalariga cheklovlar joriy etmoqchi. Bu Germaniyada tanqidlarga sabab bo‘ldi, Berlin hatto kontrsanksiyalar bilan tahdid qildi.
AQSh Davlat departamenti "Shimoliy oqim — 2"ga munosabatni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi
“The National Interest” (NI) Amerikaning nufuzli tahliliy nashrining yozishicha, bunday munosabatni tushuntirsa bo‘ladi: Vashingtonning ikkiyuzlamachiligi ayon. Bu yil AQSh eksportning jami 12 foizini xarid qilib, Rossiya xom nefti importchilari orasida yetakchi o‘rinni egalladi.
AQSh Energetika axborot boshqarmasi (EIA) ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi yarim yilda Rossiyadan AQShga to‘qqiz million tonnadan ziyod (68 million barrel) neft mahsulotlari yetkazib berilgan – bu 16-yil ichidagi rekord.
Riyokorona yondashuv
Idoraning aniqlik kiritishicha: rasmiyatchilik nuqtayi nazaridan Qo‘shma Shtatlar – ikkinchi o‘rindi, chunki Niderlandiya 12,9 million tonna sotib olgan. Biroq bu mamlaka – tranzit markazi, u yerdan neft mahsulotlari boshqa davlatlarga jo‘natiladi. Amerika esa neftni o‘zining qayta ishlashi uchun xarid qiladi va bu yerda Vashington raqobatdan tashqarida.
Nashr mana bunday yechimni taklif qilmoqda: qonunchilik darajasida Rossiyadan importni taqiqlash. Masalan, kongress bu yetkazib berishlar bilan ta’minlayotgan kompaniyalarga qarshi moliyaviy sanksiyalar kiritgan bo‘lardi.
Ammo buni amalda qanday amalga oshirilishi mutlaqo noayon: axir o‘zlarining uchinchi mamlakatlarga qarshi sanksiyalari tufayli amerikaliklar Rossiya xom-ashyosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaram bo‘lib qolishdi. Va buni o‘tgan yili rasman tan olishgandi.
Muqobili yo‘q
Rossiya AQShga xom neft yetkazib beruvchilarning oltinchisi, xolos. 2020-yil fevral oyiga kelib esa ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Faqat Kanadadan ortda qoldi. Venesuelaning og‘ir neftidan mahrum bo‘lgan va Erondan neft importi keskin tushib ketishiga duch kelgan amerikaliklarning zudlik bilan muqobil yetkazib beruvchilarni izlashlariga to‘g‘ri keldi.
Muammo shundaki, bir qator neftni qayta ishlash korxonalari texnologiyasi Perm havzasi va G‘arbiy Texasning yengil neftidan foydalanishga imkon bermaydi. Meksika ko‘rfazi va Sharqiy sohil neftni qayta ishlash zavodlari eng yomon vaziyatga tushib qoldi.
Bu zavodlar oltingugurtli turiga mo‘ljallangan, shu bois yengil neftni ilgari Venesueladan sotib olishgan og‘iri bilan aralashtirish kerak. Biroq o‘tgan yil yanvar oyida Donald Tramp Karakasga qarshi sanksiya kiritdi. Natijada Venesuela eksporti 32 foizga – sutkasiga 1,001 million barrelgacha quladi.
Amerika neftni qayta ishlash zavodlari oldida xom-ashyo yetishmasligi sabab istiqbolni to‘xtatish masalasi ko‘ndalang bo‘ldi. Falokatning oldini olish uchun amerikaliklar bizning “Urals”ga o‘tishdi va faol tarzda Rossiya mazutini sotib ola boshlashdi.
O‘tgan yili AQSh Rossiyadan 11 million tonna mazut import qildi. Bu 2018-yilga qaraganda ikki baravarga ko‘proq.
“Bu Venesuelaning yuqori oltingugurtli yoqilg‘isi kollapsini kompensatsiya qilishga yordam berdi”, - deya xulosa qilgan Amerikaning “Vortexa” kompaniyasi tahlilchilari.
Kimoviy tarkibi yaqin bo‘lgan Saudiya Arabistoni nefti o‘rnini bosishi mumkin edi, ammo saudiyaliklar ishlab chiqarishni ko‘paytirishdan bosh tortdi. Natijada, iqtisodiyot siyosatni chetga surib qo‘ydi - ular Rossiyaga murojaat qilishga majbur bo‘lishdi.
Muvofiq xususiyatlardan tashqari Rossiya xom-ashyosi narxi bo‘yicha ham jozibador. Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, “Urals” markasi yanvar-iyul oyida o‘rtacha barreliga 40,34 dollar darajasida baholangan, o‘tgan yilning mos davrda 65,27 dollar edi.
Merkel AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalarini noqonuniy deb hisoblaydi
Bu bilan birga kemada yuk tashish haqi sezilarli arzonlashdi. Karantindan chiqish bilan esa yoqilg‘iga bo‘lgan talaba o‘sdi – odamlar yana avtomobilda yurishni va samolyotlarda uchishni boshladi.
Umuman olganda, Amerika neftni qayta ishlash zavodlarining Rossiya og‘ir neftini sotib olishdan boshqa yo‘li qolmagandi. Bunga na davlatlararo munosabatlarning yomonlashishi, na Vashingtonning Moskavaga qarshi kiritgan ko‘plab sanksiyalari xalal berdi. Buning fonida barcha kuchlar bilan “Shimoliy oqim-2”ni bo‘g‘ishga urinishlar mantiqqa zid ravishda bo‘lib ko‘rinadi.
Manba: RIA Novosti.