TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Xitoy Gonkong tufayli AQShning toʻrt nafar mansabdor shaxslariga nisbatan sanktsiya qoʻllaydi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin brifingda maʼlum qildi.
Avvalroq AQSH kuni kecha Gonkong masalasi tufayli toʻrt nafar xitoylik amaldorga qarshi sanktsiya kiritgani maʼlum boʻlgandi.
“AQShning xatti-harakatlari Gonkong ishlari va Xitoyning ichki ishlariga qoʻpol aralashish hamda xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar meʼyorining jiddiy buzilishidir. Biz buni qattiq qoralaymiz va bunga qarshimiz”, - dedi diplomat. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning soʻzlariga koʻra, AQShning xato xatti-harakatlariga javoban Xitoy tomoni toʻrt nafar shaxsga nisbatan sanktsiya joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan”. Ularga Xitoy, Gonkong va Makaoga kirish taqiqlanadi.