Nyurnberg darslari: Urush haqida 3ta eng katta yolg‘on

© Sputnik / Yevgeniy Xaldey / Mediabankka o‘tishNyurnbergskiy protsess (20 noyabrya 1945 g. - 1-oktabrya 1946 g.). Mejdunarodniy voyenniy tribunal nad bivshimi rukovoditelyami gitlerovskoy Germanii. Zdanie Nyurnbergskogo Dvorsa yustitsii.
Nyurnbergskiy protsess (20 noyabrya 1945 g. - 1-oktabrya 1946 g.). Mejdunarodniy voyenniy tribunal nad bivshimi rukovoditelyami gitlerovskoy Germanii. Zdanie Nyurnbergskogo Dvorsa yustitsii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikkinchi Jahon Urushi haqidagi yolg‘on xabarlar qachon paydo bo‘lgan, ularga qarshi qanday kurashish kerak - "Nyurnberg darslari" forumi.

TOShKENT, 21 noya — Sputnik, Danara Kurmanova. Ushbu kunlarlda Moskvada XAA “Rossiya Segodnya” tomonidan tashkil qilingan “Nyurberg darslari” nomli ilmiy-amaliy forum bo‘lib o‘tmoqda. Uning asosiy mavzusi – nima sababdan zamonaviy jamiyatda Ikkinchi jahon urushi to‘g‘risida buncha ko‘p yolg‘onlar paydo bo‘lmoqda va ularga qarshi qanday kurashish kerak?

Ushbu mavzudagi feyk xabarlar asosan ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lmoqda, ularni nazorat qilish esa mushkul ish. Media sohasi ekspertlari esa bunga qarshi kurashish mumkin deb hisoblaydi. Buning uchun Urush haqida tarqatilayotgan 3ta asosiy yolg‘onlarni bilib olish kerak.

Birinchi yolg‘on: Ikkinchi Jahon urushida AQSh asosiy rol o‘ynagan

“Tarixni qalbakilashtirish, Urushda Amerika g‘alaba qozondi deyishga urinishlar oldin ham bo‘lardi, lekin u vaqtlar bezbetlik darjasi kamroq edi, - deb hisoblaydi nemis yozuvchisi Antispiegel sayti boshlig‘i Tomas Roper. – Oldinlari hech bo‘lmasa SSSR va AQSh ittifoqdosh bo‘lgan, lekin eng katta zarar aynan Sharqiy frontda bo‘lgan, deyishardi. Hozir bo‘lsa sovet askarlarini ko‘pincha okkupant deyishadi, amerikaliklar esa Germaniyaga shokolad bilan kelgan emish."

Prazdnichnoe meropriyatie, posvashennoe Dnyu Pamati i Pochestey v Tashkentskom botanicheskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
AQSh G‘alaba tarixini o‘zgartirishga qaratilgan soxta dasturlarni amalga oshmoqda

Roper xulosasiga ko‘ra, tarixni qayta ko‘chirishga ko‘proq yevropa OAVlari yordam berishmoqda, jumladan Germaniya OAVlari ham. Yaqinda Germaniyaning Der Spiegel jurnali ijtimoiy tarmoqda Osvensim konslagerini amerikaliklar ozod qilgan deb yozib chiqardi. Shundan so‘ng yog‘ilgan noroziliklardan so‘ng nashr o‘z xatosini tan oldi va "Aushvis" konslagerini Qizil Armiya ozod qilgan deb chiqdi.

Mutaxassislar tarixning har qanday o‘zgartirishni keskin tanqid qilish kerak deb aytishmoqda. Der Spiegel posti birinchi navbatda nemis tiliga gapiradigan foydalanuvchilar noroziligiga sabab bo‘lgan. Ular nafaqat tarixiy faktni, balkim o‘sha mudhish lagerda qurbon bo‘lga 1,4 million kishilar xotirasini himoya qilish istagida bo‘lgan.

Ikkinchi yolg‘on: yangi avlodga o‘sha Urush tarixi qiziq emas

Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir yolg‘on tez-tez uchrab turadi, go‘yoki hozirgi yoshlarga Ikkinchi jahon urushi tarixi qiziq emas. Lekin Russia Today jurnalisti Mariya Butina xulosasiga ko‘ra – aslida bunday emas. “O‘lmas polk” tadbirini esga olsak, oldingi yillarda unda 39 davlat ishtirok etgan bo‘lsa, hozir ularning soni 115taga yetgan.

Pamatnie moneti (SShA) - Sputnik O‘zbekiston
Kim tarixni buzib ko‘rsatishga harakat qilmoqda?

“Shuning uchun vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash kerak, ular – tarixiy xotira himoyachilaridir, ular tinchlik va hamkorlik g‘oyasini targ‘ib etuvchilar va Rossiya fuqarolarining xorijdagi himoyachilaridir”, - deydi Butina.

Urush haqida haqiqatni saqlab qolish istagida bo‘lgan kishilar soni yaqin xorijiy mamlakatlarda ham o‘sib bormoqda, deb hisoblashadi forum spikerlari. Rossiyalik Sergey Miroshnichenkoning volontorlik ishi bunga dalil bo‘lishi mumkin. U ishdan bo‘sh vaqtlarida Nyurnberg stenogrammalarini va Urush bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni tarjima qiladi. Yaqinda internetda yangi portal paydo bo‘ldi - Nuremberg Media. U yerda Nyurnberg tribunali haqida batafsil ma’lumot topish mumkin. Loyiha asoschilari - "Rossiya segodnya" mediaguruhi va Sputnik agentligi.

- Urush haqida hikoya qilganda rad etib bo‘lmas faktlarni keltirish kerak, - deb hisoblashadi “Nyurnberg darslari” forumi ishtirokchilari. Kommunizm va natsizm bir narsa, deb og‘iz ko‘pirtirayotganlargan birgina faktni keltirish mumkin –  Gitler hukumati SSSR xalqlarini ommaviy sterelizatsiya qilishni rejalashtirgan.

Protestuyushie vo vremya popitki snesti pamatnik prezidentu SShA Endryu Djeksonu v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb tarixni bosqichma-bosqich qayta ko‘chirmoqda va u buning uddasidan chiqmoqda

Ushbu loyiha nemis vrachi Adolf Pokorniy tomonidan taklif qilingan. O‘zining 1941-yilda kiritgan taklifida u dushmanni nafaqat yengish, balkim yo‘q qilinishi kerak deb hisoblagan. Buning uchun u dastlab 3 million asirga oliganlarni sterilizatsiya qilish kerak deb hisoblagan. Shu bilan birga u asirlarni tirik saqlab qolib umrining oxiriga qadar ishchi kuchi sifatida foydalanish kerak deb hisoblagan. Tajriba muvaffaqiyatli kechgan taqdirda va Gitler g‘alaba qozonganda, SSSRning qolgan aholisi bilan ham shu tarzda ish tutish rejalashtirilgan bo‘lgan.

Uchinchi yolg‘on – Feyklar internet tufayli paydo bo‘ldi

Aslida yolg‘on xabarlar har doim mavjud bo‘lgan, deydi jurnalist va "Raqamli tarix" YouTube-kanali avtori  Yegor Yakovlev. Internet ixtiro qilinganidan so‘ng Axborot maydonida yolg‘on xabarlar tez  va keng tarqala boshladi, lekin ularning darajasi keskin kamaygan. Oldingi asrlarda yolg‘onlar yaratishda “ijodiy yondashuv” darajasi  ancha yuqori bo‘lgan.

Putin obyavil o registratsii pervoy rossiyskoy vaksini ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Putin tarixni ko‘chirishga rozi bo‘layotganlarni kollaboratsionistlar deb atadi

Masalan 1817-yilda chex shoiri Vaslav Ganka Krale Dvur shaharchasdagi cherkov ichidan qadimiy qo‘lozma topib olganini va unda 1242-yilda chexlar mongol-tatarlarini tor-mor qilgani haqida yozilganini xabar qilgan. O‘shanda ko‘plab chexlar unga ishonishgan edi. Shoirning yolg‘oni faqat 70-yil o‘tib ochilgan.

Yoki 1939-yilda fransiyaning "Gavas" axborot agentligi Iosif Stalin Polshani egallab olmoqchi bo‘lgani haqida yolg‘on xabar tarqatgan. Ushbu maqsadda sovet rahbari Politburoda Germaniyani qo‘llab-quvvatlovchi nutq so‘zlagan. "Gavas"ning yolg‘on xabar tarqatgani urushdan keyin ma’lum bo‘lgan. Buni Britaniya va Germaniya olimlari isbotlashgan.

Yangiliklar lentasi
0