TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Tarixni ko‘chirishga rozi bo‘layotganlarni kollaboratsionistlar deb atash kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Urush vaqti dushman bilan hamkorlik qilganlarni - har doim hamma joyda kollaboratsionistlar deb atashgan. Hozir esa esa tarixni qayta ko‘chirish tashabbuslariga rozilik berayotganlar - bugungi kun kollaboratsionistlari deb atash kerak", - dedi Putin.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, xotirani saqlab qolish - davlat miqyosida muhim bo‘lgan vazifadir: albatta faqat o‘tmishga bog‘lanib qolmaslik kerak, lekin faqat unga tayangan holda kelajak sari harakat qilish mumkin.
"Biz hammamiz o‘z qahramonlarimizni hurmat qilamiz, ularning qahramonliklari va matonati oldida tiz cho‘kamiz. Biz ular haqida qanchalik chuqur bilimga ega bo‘lar ekanmiz, shunchalik yaxshi tushunamizki: urushdan murakkab va qayg‘uli fojea yo‘q. U kelajakni tortib olishga, orzulardan voz kechishga harakat qiladi va taqdirlarni sindiradi. Hech kimni ayamaydi", - dedi Putin.
Prezident aytishiga ko‘ra, o‘n yildan so‘ng qanday kasb-hunarlar kerak bo‘lishini va bugun birinchi sinfga borgan bolalar nimalarni o‘rganishini hech kim bilmaydi, lekin davlat tarixi, uning madaniyati va urf-odatlari ishonchli mayoq bo‘lib qoladi.