"Atrof-muhit bizni nogiron qilib qo‘yapti" - ko‘zi ojizlar jamiyati vakili

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishRabota spetsializirovannoy shkoli dlya slepix i slabovidashix detey
Rabota spetsializirovannoy shkoli dlya slepix i slabovidashix detey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
13 noyabr - Xalqaro ko‘zi ojizlar kuni. Ko‘zi ojiz insonlarni ijtimoiy adaptatsiyasi uchun O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ancha ishlar amalga oshirilgani bilan, ammo ular muammosini to‘liq hal etish borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar hali ko‘p

TOShKENT, 11 noya - Sputnik. 13-noyabr - Xalqaro ko‘zi ojizlar kuni sifatida nishonlanadi. Bugungi kunda yer yuzida 2 milliarddan ko‘proq inson to‘liq ko‘r yoki ko‘rishda nuqsonlarga ega. Yer yuzida har besh soniyada bir nafar katta yoshdagi inson, har bir daqiqada esa - bir nafar bolakay ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi.

Mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Xitoylik kechasi bilan smartfonda o‘ynagandan so‘ng bir ko‘zi ko‘rmay qoldi

Ko‘rlar va ko‘rish qobiliyati yomon bo‘lgan insonlar soni ko‘payib borayotganini olimlar ko‘zga bo‘lgan zo‘riqish holatlari oshganligi bilan bog‘lashadi - bu birinchi galda turli gadjetlar va texnik yangiliklarning ommalashayotgani tufaylidir. Odamlar yoshlikdan boshlab ular ta’siriga tushadilar, ko‘z kasalliklari esa odatda aynan bolalikda paydo bo‘ladi.

O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati tarixi

O‘zbekistonda ko‘zi ojiz insonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida poytaxtning Yakkasaroy tumanida tashkil etilgan "Ko‘zi ojizlar jamiyati" uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib keladi. Jamiyat binosi ancha eskirib qolganligi bois, ayni kunda u yerda rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.   

Jamiyat yetakchi mutaxassisi Ulug‘bek Mamatxanovning ma’lumot berishicha, tashkilot 1932-yilda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan Pirimqulov hamda Saidov familiyali insonlar tashabbusi bilan ta’sis etilgan. O‘z faoliyati davomida jamiyat ko‘rish imkoniyati cheklangan ko‘plab insonlarga ta’lim berish, ularni ish bilan ta’minlash va salomatligini tiklash singari masalalarini hal etishda hissa qo‘shib kelgan.   

Saida Mirziyoyeva: nasha zadacha - soxranit arxitekturnoe nasledie strani - Sputnik O‘zbekiston
Saida Mirziyoyeva ko‘zi ojiz inson hayotining o‘n daqiqasini ta’sirli tasvirladi

Ayni paytda O‘zbekistonda 66 915 ming nafar ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilib keladi. Ularning 68,8% foizi jamiyat ro‘yxatida tursa, 31,2% jamiyat a’zolari hisoblanishadi.

2020 yilning 1-mart holatida esa jami 49 232 nafar ko‘zi ojiz nogironlar jamiyat safida birlashgan. Ulardan 20 601 nafari I-guruh, 24 891 nafari II-guruh hamda 3 740 nafari 16 yoshgacha bo‘lgan bolalikdan nogiron bo‘lganlarni tashkil etadi. Ulardan ko‘rish bo‘yicha nogironlarning 25 637 nafari erkaklar, 23 595 nafari xotin-qizlardan iborat.

Bundan tashqari, jamiyat a’zolarining 3 274 nafarini 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar, 8 037 nafarini 30 yoshdan 50 yoshgacha, 12 092 nafarini 50 yoshdan yuqori bo‘lganlar tashkil etadi.

O‘zbekistonda prezidentlik saylovlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ko‘zi ojiz fuqarolar uchun saylov bulletenlarini Brayl alifbosida tayyorlaydi

Jamiyatning faoliyat davri  sobiq ittifoq davriga to‘g‘ri kelgan.O‘sha paytlarda hukumat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni bevosita mehnatga jalb etish masalalari ko‘tarilib, maxsus ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil etilgan. Bu korxonalarni yuritishda mehnatga qodir bo‘lgan ko‘zi ojiz ishchilar kuchidan foydalanilib, tushgan daromadlar bevosita  jamiyat  faoliyatini rivojlantirish maqsadida sarflangan.

© SputnikRabotniki obshestva slepix Uzbekistana
Atrof-muhit bizni nogiron qilib qo‘yapti - ko‘zi ojizlar jamiyati vakili - Sputnik O‘zbekiston
Rabotniki obshestva slepix Uzbekistana

Avvaliga ijtimoiy ta’minot vazirligi tasarrufida bo‘lgan ko‘zi ojizlar jamiyati keyinchalik O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta ro‘yxatga olinadi va moddiy texnik bazasi ham o‘zida saqlanib qoladi. Uning tarkibida bugungi kunda qirq yettita o‘quv ishlab chiqarish korxonalari, o‘ttizta o‘quv ishlab chiqarish sho‘’ba korxonasi, ikkita dam olish maskani faoliyat yuritib keladi. 

Bundan tashqari, ko‘zi ojizlar jamiyati va uning a’zolariga qariyb yarim asrdan buyon "San’at gulshani" nomli Madaniyat saroyi xizmat qilib keladi. Ushbu maskan 1973-yilning mart oyida tashkil topgan bo‘lib, u yerda madaniy va ma’naviy ishlar olib boriladi, iqtidorli nogironlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli ko‘rik tanlovlar va xayriya konsertlari tashkil etiladi. Nogiron yoshlar dunyoqarashini shakllantirish maqsadida maxsus audio hamda brayl yozuvidagi kitoblar tayyorlanadi.

Velikoreskiy krestniy xod v Kirovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Nogironligi bo‘lgan sayyohlarga alohida e’tibor beriladi

Hozirgi kunda jamiyat tarkibida tashkil etilgan korxonalar ham birinchi o‘rinda ko‘zi ojiz insonlarni ish bilan ta’minlashga xizmat qilib keladi. Ikkinchidan, korxona  mahsulotining sotilishidan kelib tushadigan daromadlar oz bo‘lsa-da jamiyat faoliyatini davom ettirish va uni rivojlantirish maqsadlarida sarflanadi.  

Turar-joy va ish masalasi

Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar qayerda va  qanday sharoitlarda istiqomat qilishadi? Ulug‘bek Mamatxanovga ko‘ra,  sobiq itifoq davrida jamiyatga qarashli korxonalar tashkil etilgach, uning atroflarida davlat homiyligida turar joylar qurilgan. Shu tariqa ko‘zi ojizlar mahallalari paydo bo‘lib, turar joylarda korxonalarda ishlaydigan ishchilar yashab kelgan. Hozirda  bunday mahallalar Toshkentning Qo‘yliq hamda Chilonzor tumanlarida saqlanib qolgan. 

© SputnikDetskaya ploshadka vozle obshejitiya dlya slabovidashix na Chilanzarskom rayone
Atrof-muhit bizni nogiron qilib qo‘yapti - ko‘zi ojizlar jamiyati vakili - Sputnik O‘zbekiston
Detskaya ploshadka vozle obshejitiya dlya slabovidashix na Chilanzarskom rayone

Ko‘rish imkoniyati cheklangan insonlarning Chilonzor tumanidagi yotoqxonasida ayni kunda bir yuz o‘ttiz nafar inson istiqomat qilib keladi. Yotoqxona o‘z davrida pishgan g‘ishtdan bunyod bo‘lganligiga qaramay, ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan, qarshisidagi bolalar maydonchasi ham.

© SputnikObshejitie dlya slabovidashix v Chilanzarskom rayone
Atrof-muhit bizni nogiron qilib qo‘yapti - ko‘zi ojizlar jamiyati vakili - Sputnik O‘zbekiston
Obshejitie dlya slabovidashix v Chilanzarskom rayone

 

Jamiyat a’zosining fikricha, mamlakatda turizmni rivojlantirish siyosati olib borilayotgan bir paytda BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining ratifikatsiya qilinishi muhim ahamiyatga ega. Sababi, konvensiyada nazarda tutilgan shart-sharoitlarning O‘zbekiston sharoitida tadbiq etilishi mamlakatga minglab xorijiy ko‘zi ojiz mehmonlarning  sayohat uyushtirishlariga turtki bo‘ladi.

Ana shu masalalarga e’tibor sust bo‘lganligidan, bugungi kunda nafaqat xorijiy ko‘zi ojiz insonlar O‘zbekistonga tashrif buyurolmaydi, balki mamlakatimizdagi ko‘rish imkoniyati cheklangan insonlarning uyda o‘tirib qolishlariga sabab bo‘lyapti.

Ko‘zi ojiz insonlarning ishga joylashish masalasi ham katta muammo tug‘dirmoqda.

"Sababi, korxona rahbarlariga qonunga muvofiq, bitta ko‘zi ojizni ish bilan ta’minlab, unga yordamchi tayinlab, ishlatgandan ko‘ra, Xitoydan to‘rtta avtomat texnika keltirib ishlatgani qulay.

Tigrenok - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘r bo‘lib qolgan yo‘lbars bolasi Moskvada jarrohlik amaliyotidan o‘tkaziladi

Qolaversa, aravachada o‘tirgan ko‘zi ojiz odam mustaqil uydan chiqa olmasa, liftlar va zinalar ko‘zi ojizlar harakatlanishi uchun moslashtirilmagan bo‘lsa, nogironlar mustaqil ko‘chaga chiqa olmasa...  gap ularning jismoniy holatida emas, atrof-muhit bizni nogiron holatga solib qo‘yapti",– deydi suhbatdosh.

Ko‘zi ojiz tilanchilar nega ko‘paymoqda?

Jamiyat yetakchi mutaxassisi shuningdek, nega bugungi kunda ko‘cha-ko‘yda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning tilanchilik qilib yurganliklari muammosiga ham izoh beradi.

Poproshayki v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
“Tilanchilar makoni”: poytaxtdagi jamoat joylaridagi tilanchilar hayotiga nazar

Mutaxassisga ko‘ra, ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan har bir ko‘zi ojiz insonlarga davlat tomonidan nafaqa to‘lanib kelinadi va ko‘rish nogironligi bo‘yicha jamiyatga a’zo qilinadi. Jumladan, agar ishlab chiqilayotgan qonunlar ijrochiligi faol bo‘lsa, ko‘zi ojizlar uchun nafaqalar miqdori oshirilib, ular mehnatga jalb qilinsa jamiyatda yana bitta ko‘zi ojiz tilanchi soni ortishining oldi olingan bo‘ladi.  

"Bu bir oz og‘riqli masala, - deydi u. - Mantiqan o‘ylab qaralsa, ular ehtimol nafaqasi yetmayotgani tufayli oilasini tilanchilik orqali boqayotgan bo‘lishlari mumkin. Sababi, avvaliga yaqin qarindoshlaridan yordam ola boshlaydi. Ammo ularning ham o‘z oilasi - bola chaqasi bor, har doim ham yordam bera olmaydi. Natijada, moddiy jihatdan yetishmovchilik, xarajatlar oshib, ular tilanchilik qilgani bozorga chiqishga majbur bo‘lishadi. Avvaliga bundan or qilishadi. Keyin ko‘nikishadi. Bora-bora bu ko‘nikish ularning tilanchilikni o‘zlariga kasb qilib olishlariga sabab bo‘lyapti. Bundaylarga esa katta miqdorda nafaqa to‘lansa ham bu odatidan kechishni istashmaydi".

Yangiliklar lentasi
0