“Tilanchilar makoni”: poytaxtdagi jamoat joylaridagi tilanchilar hayotiga nazar

© SputnikPoproshayki v Tashkente
Poproshayki v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda mamlakatda tilanchilik qilayotgan shaxslarga nisbatan ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik choralari belgilanganligiga qaramay, jamoat joylarida sadaqa so‘rayotgan qariyalar, erkagu ayollar, achinarlisi bolalarning soni ko‘paygani ko‘zga tashlanadi.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Aholining ma’lum bir qatlamini qamrovchi mo‘ltoni (tilanchi) lar jamiyatda azaldan bo‘lgan va bu mavzuga ilgari ko‘p ham e’tibor qaratilmas edi. Ular o‘zlarining tili bilan aytganda avval ham, hatto bugungacha bemalol  “otameros kasbi”ni davom ettirib kelishadi. Biroq bugungi kunda tog‘ni ursa talqon qilishga qodir erkaklar, hayotda bir oz qiyinchilikka duch kelgan xotin-qizlar ham el qatori mehnat qilib pul topish o‘rniga, tilanchilikni o‘zlariga kasb qilib olishayotganligi kishini o‘ylantiradi.

Poproshayka - Sputnik O‘zbekiston
Tilanchilik uchun jazo yanada kuchaytirildi

Kun davomida o‘ylab ko‘rsak, minglab o‘tib-qaytayotgan yo‘lovchilarning har o‘ndan uchtasi pul uzatsa, bu tilanchilarning sizu bizga nisbatan yaxshiroq sharoitda yashashiga yetadi.  Ammo bu holat ertaga qayoqqa olib boradi, jamiyatda  boqimandalik illatini keltirib chiqarmaydimi, degan o‘rinli savol tug‘iladi.   

So‘zimizning isboti, Mirzo Ulug‘bek tumaniga yo‘lingiz tushsa, e’tibor bering, “Buyuk ipak yo‘li” metrosi atroflari, uning ichi sizda go‘yo “tilanchilar makoni”dek tasavvur uyg‘otadi. Siz bu yerda pul tashlab ketishlari uchun yoniga kichik dastro‘mol to‘shab olgan, metroga o‘tish yer osti yo‘lagini band qilib turgan “momo”ni, piyodalar o‘tish yo‘lagidagi zinada mung‘ayib o‘tirgan boshqa bir onaxonni, sal nariroqda kostum-shim kiyib olgan “obro‘li” otaxonni yana metroga kirish zinasida chaqaloq ko‘tarib o‘tirgan o‘rta yoshli xolani uchratasiz. Ularni gapga solsangiz, ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lganliklari uchun emas, aksincha, o‘zlari ishlashni istamasliklari, hech qanday bojlarsiz, ko‘proq pul ishlash mumkinligi uchun tilanchilik qilishayotganligini anglab yetasiz.

© SputnikPoproshayki v Tashkente
“Tilanchilar makoni”: poytaxtdagi jamoat joylaridagi tilanchilar hayotiga nazar - Sputnik O‘zbekiston
Poproshayki v Tashkente

Masalan, metro tashqarisi  yo‘lagidagi zinada xomush o‘tirgan momo bizga boquvchi farzandlari borligi, nafaqaxo‘rligi, mahalla idorasidan hech qanday yordam olmasligini aytadi. Tilanchilik ma’muriy javobgalikka sabab bo‘lishi, nega tuman profilaktik inspektorlari yoki mahalla raislaridan yordam so‘rab murojaat qilmaganligi haqida so‘rasak, momo bizni jerkiydi va tinch qo‘yishimizni istab bizni hatto quvib soladi.

© SputnikPoproshayki v Tashkente
“Tilanchilar makoni”: poytaxtdagi jamoat joylaridagi tilanchilar hayotiga nazar - Sputnik O‘zbekiston
Poproshayki v Tashkente

Shu tariqa hafsalamiz pir bo‘lib, sal nariroqda tilanchilik qilayotgan, yoshi 68 da bo‘lgan kostum-shimli amakiga yaqinlashamiz. Amaki qo‘limizdan uzatilayotgan pulni olarkan, bu yerga Yunusobod tumanidan kelib “ishlayotgani”,  bundan farzandlarining xabari yo‘qligi, agar ish bo‘lsa sog‘ligi ishlashni taqozo qilishini aytadi. “Nega yoshingizga munosib ish bilan shug‘ullanmaysiz, garchi sog‘ligingiz ko‘tarar ekan” degan savolimizga esa amaki “ish yo‘q, mahalla yordam bermaydi” degan javob bilan kifoyalanadi.  

© SputnikPoproshayki v Tashkente
“Tilanchilar makoni”: poytaxtdagi jamoat joylaridagi tilanchilar hayotiga nazar - Sputnik O‘zbekiston
Poproshayki v Tashkente

Yana ushbu metro tashqarisida, piyodalar o‘tish yo‘lagida  ho‘l sochiqlarning donasini 5 ming so‘mdan sotib yurgan bolakaylar uchraydi. Avvaliga ularga qarab, ehtimol, pandemiya sharoiti tufayli tirikchilik qilishga majbur bo‘layotgandir, har holda mehnat qilishapti-ku degan fikr o‘tadi ko‘nglimizdan.

© SputnikPoproshayki v Tashkente
“Tilanchilar makoni”: poytaxtdagi jamoat joylaridagi tilanchilar hayotiga nazar - Sputnik O‘zbekiston
Poproshayki v Tashkente

Shu o‘yda ulardan birini savolga tutamiz. Ayni paytda 6-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Elbek (ismlari o‘zgartirilgan) “Buyuk ipak yo‘li” metrosi atrofida ishlash uchun Yuqori Chirchiqning Xitoytepa mahallasidan kelishi, ota-onasi ajrashgani, onasi ukasini shifoxonada olib yotgani, bir marotaba onasi MFY raisidan yordam so‘rab chiqib, noumid qaytgani, shu bois ishlashga majburligini aytadi.

Uning o‘zi bilan bir manzilda yashovchi, bo‘yniga sochiqlar solingan qutini osib olgan jiyani — Behzod esa 10 yoshda. U ham otasi qamoqdaligi, onasi dalada ishlashi, maktabga umuman bormasligini aytadi.

Bolalarning nega 1.5-2 ming so‘mlik sochiqlarni 5 ming so‘mdan sotayotganliklariga qiziqsak, ular sochiqlarni bir kun ichida sotib ulgurishmasa, uning qadog‘idagi suratlar va ranglar o‘chib, yaroqsiz holga kelib qolishi, so‘ng uni hech kim sotib olmasligini aytishadi.

© SputnikPoproshayki v Tashkente
“Tilanchilar makoni”: poytaxtdagi jamoat joylaridagi tilanchilar hayotiga nazar - Sputnik O‘zbekiston
Poproshayki v Tashkente

Vaholanki, ana shu g‘amda yurgan bolalarning bugun jamiyatda yaxshi o‘qib bilim egallashlari uchun hukumat tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilgan, oilaviy sharoiti qoniqarli bo‘lganlardan tortib, ijtimoiy muhofazaga muhtoj bolalargacha nazorat ostida.

Ulichnie zarisovki Tbilisi. Bezdomniy rebenok v perexode. - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘l cho‘zganga qamoq: O‘zbekistonda tilanchilik ta’qiqlanmoqda

Shunga qaramay, bu kabi “toparman” bolalarni Yunusobod tumanidagi yangi ochilgan metro atroflarida ham uchratishimiz mumkin. Ular bir biriga juda o‘xshash opa-singillarning bolalari bo‘lib, yuqoridagi “salfetka” sotuvchilaridan farqli o‘laroq (onalari bilan birga) ochiqchasiga tilanchilik qilib kelishadi. Goh u goh bu yo‘lakka o‘tib, piyodalarga xalaqit qilishadi, ularning yo‘lini to‘sib sadaqa so‘rashadi. Trotuar chetida o‘tirib, kitob va eski-tuski buyumlarni sotayotgan qariyalar ham ulardan allaqachon bezib qolishgan, tilanchi bolalar ularni kalaka qilib, sotilayotgan mollariga maqsadsiz tegishadi yoki savdo buyumlarini olib qochishadi. Achinarlisi, jamoat joyida harakatlanish tartibini shu tarzda qo‘pol buzayotgan “to‘da”ni hech kim tartibga chaqirmaydi.

© SputnikPoproshayki v Tashkente
“Tilanchilar makoni”: poytaxtdagi jamoat joylaridagi tilanchilar hayotiga nazar - Sputnik O‘zbekiston
Poproshayki v Tashkente

Vaholanki, tilanchilarni jazolash emas, tilanchilikni kasb qilib olganlarni tartibga chaqirish maqsadida O‘zbekiston prezidenti tomonidan jamoat joylarida tilanchilik qilayotganlarga nisbatan ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikni ko‘zda tutuvchi qonun imzolandi.

Qo‘l cho‘zganga qamoq: O‘zbekistonda tilanchilik ta’qiqlanmoqda

Mazkur qonunga ko‘ra, tilanchilarga aeraportlar vokzallar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, bozorlar, savdo majmualari, ko‘chalarda, moddiy va madaniy me’ros obyektlari joylashgan hududlar va shu kabi jamoat joylarida tilanchilik bilan shug‘ullanish taqiqlandi. Qonunni buzganlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi 188-3-moddasiga muvofiq, BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarima solish yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazolari qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.

© SputnikPoproshayki v Tashkente
“Tilanchilar makoni”: poytaxtdagi jamoat joylaridagi tilanchilar hayotiga nazar - Sputnik O‘zbekiston
Poproshayki v Tashkente

Ammo bugungi kunda tilanchilar sonining kamayish o‘rniga ortib borayotgani sal kam bir yil davomida ham qonun ijrosi bo‘yicha yetarlicha ishlar olib borilyaptimi degan savolni keltirib chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0