TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Xitoyning Shenchjen shahrida istiqomat qiluvchi erkak kechasi bilan smartfonda o‘yin o‘ynagandan so‘ng bir ko‘zi ko‘r bo‘lib qoldi, deb xabar qildi RIA Novosti Daily Mail nashriga asosan.
Xabarda aytilishicha, erkak kechasi bilan mobil telefonida o‘yin o‘ynagan. Ertalab o‘yg‘onganda chap ko‘zi ko‘rmay qolganini sezadi. Erkakning zo‘riqish oqibatida chap ko‘zidagi tomir yorilib ketgan va shu sababli ko‘ziga qon quyilgan.
Ta’kidlanishicha, bunday holat ko‘pincha jismoniy zo‘riqish oqibatida yuz beradi.
Jabrlanuvchiga jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, ko‘zi lazer bilan davolandi.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, uning ko‘rish qobiliyati bir oydan keyin tiklanishi kerak.