TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Aleksey Navalniy bilan yuz bergan hodisa sababli Germaniya va Fransiya tomonidan boshlangan sanksiyalar Yevropa Ittifoqi nima bo‘layotganini yetarli darajada baholay olmasligini ko‘rsatmoqda, deb ta’kidladi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
15 oktabrda Brussel olti rossiyalik va ilmiy institutga nisbatan cheklov kiritdi va Moskva javob reaksiyasini va’da qildi.
Lavrov Berlin Rossiya bosh prokuraturasining Navalniy bo‘yicha ko‘plab so‘rovlariga javob berishni "takabburona rad etgani"ni esladi. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, bu Germaniyaning Jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro yordam to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasidagi majburiyatlarini buzmoqda.
"Ushbu xalqaro huquqiy hujjatni hurmat qilish o‘rniga Germaniya va Fransiya vakillari Yevropa Ittifoqining Rossiya fuqarolariga qarshi yana bir noqonuniy sanksiyalarni boshladilar. Bularning barchasi achinarli va <...> (Brussel. - tahr.) o‘zini qonundan tashqariga qo‘yish istagini aniq namoyon qilmoqda" - dedi Lavrov Xorvatiyaning “Vecherni List” gazetasiga bergan intervusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, diplomatiya nima ekanligini unutgan va oddiy yuzsizlik darajasiga tushib qolgan G‘arb hamkasblarining Rossiyaga qarshi hujumlari Moskvada javobsiz qolmaydi.
Diplomat ta’kidlashicha, Vashington va Brussel Rossiyani tiyib turish bo‘yicha kuchlarini ikki baravar oshirdi, ammo shu bilan birga ular Moskvaga qarshi ayblovlar bo‘yicha hech qanday dalil keltirmayapti.
Lavrov, yevropalik sheriklar muloqotni tiklash maqsadida yetarli sog‘lom idrok va uzoqni o‘ylab ish tutishiga umid bildirdi.
Navalniy bilan yuz bergan hodisa
Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi Aleksey Navalniy 20-avgust kuni samolyotda o‘zini yomon xis qilgandan keyin Omskdagi kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar modda almashinuvi buzilishi, qonda shakar darajasining keskin pasayishiga olib keldi. Bunga nima sabab bo‘lganligi hali aniq emas, ammo Navalniyning qoni va siydigida zahar izlari topilmadi.
Keyinchalik Navalniy davolanish uchun Germaniyaga olib ketiladi. Sentabr oyi boshida Germaniya hukumati rossiyalik "Novichok" jangovar moddasi bilan zaharlanganligini e’lon qildi. Moskva Berlin laboratoriyasidan olingan tahlillar natijalari batafsil ma’lumot olish uchun so‘rovnoma yubordi, ammo javob kelmadi.
Shu bilan birga, Germaniya BND-razvedka xizmati 1990-yildan beri boshlab ushbu moddadan foydalana olgani ma’lum. Ushbu modda, shuningdek, 20ta g‘arb davlatlari, xususan, Buyuk Britaniya, AQSh, Shvetsiya, Chexiya tomonidan o‘rganilgan. Rossiya 1992-yildagi prezident farmoniga binoan kimoviy qurol sohasida ishlanmalarni to‘xtatgan, 2017-yilda esa bu singari moddalarning barcha zaxirasini yo‘q qilgan, bu holat OZXO tomonidan tasdiqlangan.
Oktabr oyi boshida OZXO Navalniy organizmida topilgan moddalar taqiqlangan dorilar ro‘yxatida yo‘qligini e’lon qildi. Biroq, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi cheklovlarni joriy qildi.
Ayni vaqtda Navalniyning ahvoli yaxshilanmoqda, u reabilitatsiyadan o‘tmoqda.