TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Yevroparlament Aleksey Navalniy bilan bog‘liq holat tufayli Rossiyaga qarshi sanksiya kuchaytirishni talab qildi.
“Yevropa parlamenti <...> Aleksey Navalniy Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi* tomonidan olib borilgan tekshiruv natijalariga asosan korrupsiyaga aloqador shaxslarning ma’lumotlarini yig‘ish va Yevropadagi aktivlarini muzlatib qo‘yishga imkon beradigan bunday sanksiyalar mexanizmini yaratishga qat’iy suratda chaqiradi”, - deyilgan hujjatda.
Bundan tashqari, Yevroparlamenti barcha YeI mamlakatlarini "Shimoliy oqim 2" gaz quvuri qurilishining yakuniga yetkazishdan voz kechishga chaqiradi, shuningdek, inson huquqlari buzilish holatlari uchun maqsadli sanksiyalarni tezroq joriy etishni talab qiladi.
Shuningdek, rezolyutsiyada Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan munosabatlarini puxta strategik qayta baholashni boshlash va G7 kabi xalqaro forumlarda Moskvaning izolyatsiyasini davom ettirish zarurligi haqida aytilgan.
Bundan tashqari, yevropalik parlamentariylari Navalniy bilan bog‘liq vaziyatni zudlik bilan YeI, BMT, Yevropa Kengashi va Kimoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (OZXO) ishtirokida xalqaro tekshiruvni boshlashni talab qildilar.
Rezalyutsiyani qabul qilish uchun 532 deputat ovoz berdi, 84 kishi qarshi ovoz berdi, 72 kishi betaraf qoldi. Yevropa parlamentining qarori majburiy qonuniy kuchga ega emas.
* Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi Adliya vazirligi tomonidan chet el agenti funksiyalarini bajaradigan nodavlat notijorat tashkilotlari reyestriga kiritilgan.