Putin Rossiya dushmanlariga: "Dafn marosimingizda shamollab qolmasak go‘rgaydi"

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii diskussionnogo kluba "Valday"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii diskussionnogo kluba Valday - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Valday" munozaralar klubida chiqish qilib, Rossiya dushmanlari, prezidentlikda qolishi imkoniyati, pandemiya, iqtisod, sanksiyalar haqida fikr bildirdi. Prezident chiqishidan asosiy fikrlar

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Vladimir Putin "Valday" munozaralar klubi yig‘ilishida ishtirok etdi, prezident video-aloqa orqali chiqish qildi. Joriy yil mavzusi — "Pandemiya saboqlari va yangi kun tartibi: jahon inqirozini dunyo uchun qanday qilib imkoniyatga aylantirish mumkin".

Putin: priblijenie NATO k granitsam Rossii ugrojayet bezopasnosti strani - Sputnik O‘zbekiston
Putin sobiq SSSR mamlakatlari ishiga aralashish kerakmasligi haqida ogohlantirdi

Davlat rahbarining muhim bayonotlari - RIA Novosti materialida.

"Rossiyani so‘nishi"ni kutish haqida

O‘z chiqishida Putin ayrim davlatlarning Rossiyani holdan toyishiga umid qilishlari bo‘yicha fikr bildirdi.

"Davlatimizni mustahkamlar ekanman, dunyoda va boshqa davlatlarda nimalar ro‘y berayotganini ko‘rib, Rossiyaning sekin-asta so‘nishini kutayotganlarga shuni aytmoqchiman: bizni hozirgi holatda bir narsa tashvishga solmoqda: dafn marosimingizda shamollab qolmasak go‘rgaydi".

Prezident Rossiya o‘zining aqliy, hududiy, iqtisodiy va harbiy imkoniyatlari va salohiyatini adekvat baholashini ta’kidlab o‘tdi.

Pandemiya haqida

COVID-19  haqida gapirar ekan, Putin, koronavirus chekinmaganini, dunyo barcha sohalarda "tektonik siljishlar" bo‘sag‘asida turganini aytdi.

Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni yuqtirib olishning o‘ta xavfli yo‘li aytildi

"Koronavirus epidemiyasi jamoat, biznes, xalqaro hayotni jiddiy o‘zgartirdi. Har bir insonning odatiy hayot tarzini butkul o‘zgartirib yubordi".

Putin Rossiya fuqarolari bilan, ayniqsa, shifokorlar va ularning bir-biriga yordamga kelish xususjihatlari bilan faxrlanishini ta’kidladi.

"Pandemiya inson hayotining o‘ta mo‘rtligini eslatdi. Biz yashayotgan va texnologik jihatdan ilg‘orlab ketgan XXI asrda hatto eng farovon o‘ziga to‘q davlatlarda ham inson bir qarashda unchalik xavfli bo‘lmagan, unchalik qo‘rqinchli bo‘lmagan tahdid oldida himoyasiz qolishini tasavvur qilish qiyin kechdi".

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat barcha ishlarni ham amalga oshira olmadi, boy berilgan imkoniyatlar bo‘ldi.

Natsionalnaya  gvardiya i sotrudnik Vnutrennix del na postu - Sputnik O‘zbekiston
Otabekov yana o‘zbekistonliklarni karantin kuchaytirilishi to‘g‘risida ogohlantirdi

Yangi cheklovlar kiritilishi mumkinligi haqida

Putinning so‘zlariga ko‘ra, bugun, pandemiya tufayli bahorda bo‘lgani singari, cheklov choralariga qaytish zarurati yo‘q, shu jumladan, "tibbiyot samarali ish bergani" uchun ham. RF prezidentining qayd etishicha, kasalxonalarda zaxira o‘rinlar shakllantirilgan, dorilar paydo bo‘lgan, "tibbiyot xodimlari ham nima qilish kerakligini tushunishmoqda, bilishmoqda".

Davlat rahbari, Shvetsiya koronavirus tufayli cheklov choralarini kiritmagani, ammo buning natijasida, ularda iqtisodda pastlash ro‘y berganini eslatib o‘tdi.

Hozirda Rossiyada makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar maqbul, iqtisod tiklanmoqda, deb qo‘shimcha qildi prezident.

Dunyodagi almashayotgan rollar haqida

Prezident AQSh bugun ustunlikka da’vogarlik qila olmasligini ta’kidlab, o‘zi bu Amerikaga kerakmi, degan savolni berdi.

"O‘zining iqtisodiy salmog‘i va siyosiy ta’siriga ko‘ra superderjava pozitsiyasiga Xitoy tobora faol yaqinlashmoqda. Germaniya ham shu yo‘nalishda bormoqda".

Parad v Pekine po sluchayu 70-letiya okonchaniya Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi "xitoycha ogohlantirish" - XXR bahsli hududlarga qarata raketa uchirdi

Shu bilan bir qatorda, Buyuk Britaniya va Fransiyaning dunyo masalalaridagi roli sezilarli transformatsiya bo‘ldi, Braziliya va JAR singari derjavalar ham jiddiy kuchayganliklari sezilmoqda, dedi u.

Prezident koronavirus pandemiyasi sharoitida mamlakatlarni davlatlaro munosabatlarda rostgo‘yroq bo‘lishga va ikkitalik standartlardan voz kechishga chaqirdi.

"Koronavirus infeksiyasidan aziyat chekkan va aziyat chekayotgan ko‘plab boshqa mamlakatlar chetdan keladigan yordamga emas, shunchaki, cheklovlar olib tashlanishi, hech bo‘lmaganda, insonparvarlik sohasidagi cheklovlar yo‘qotilishiga, medikamentlar, kredit resurslari, uskunalar, texnologiyalar bilan o‘zaro almashinuvga muhtojdirlar. Bu to‘g‘ri va sof ma’nodagi insonparvarlik yordamlaridir. Yo‘q, insonparvarlikka hech qanday aloqasi bo‘lmagan o‘y-fikrlar niqobi ostida bu cheklovlarni bekor qilishmadi. Shu bilan bir vaqtda hamma insoniylik to‘g‘risida gapiradi".

Pusk mejkontinentalnoy ballisticheskoy raketi “Topol” - Sputnik O‘zbekiston
"Hech bo‘lmasa urinib ko‘rish kerak" – mutaxassis “SNV-3” haqida

Qurol-aslahalar ustidan nazorat

Putin qurol ustidan nazorat va qurolni tarqatmaslik rejimlariga chaqiriq tashlangan bir sharoitda strategik barqarorlik masalalari kuchliroq e’tiborni talab qiladi, deya fikr bildirdi. Bu sohada cheklov bo‘lmas ekan, dunyoning kelajagi bo‘lmaydi, dedi u. Vashington esa bosqichma-bosqich bu singari bitimlardan chiqayotganini eslatdi.

Prezident Moskva SNV shartnomasiga Xitoyni ham qo‘shishga qarshi emasligini, ammo Pekin bilan muloqotni Vashingtonning o‘zi olib borishi kerakligini, bu masalani Rossiya zimmasiga tashlamasligi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Putin shuningdek, barcha yadroviy derdavalarni bu bitimga qo‘shish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

Pusk ballisticheskoy raketi operativno-takticheskogo raketnogo kompleksa Iskander-M s poligona Kapustin Yar v Astraxanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Putin SNV-3 shartnomasini hech qanday shartlarsiz 1-yilga uzaytirishni taklif qildi

"Yevropaliklar bizga shartnomadan ular (AQSh - tahr.) chiqishsin, siz chiqmang, deyishdi. Men, assalomu alaykum, yaxshi kino boshlandiku, dedim. Axir sizlar barchalaringiz NATO a’zolari bo‘lsangiz, demak, sizlar uchasizlar, amerikaliklarga ma’lumotni yetkazib turasizlar, biz esa shartnomada qolganimiz tufayli bunday qila olmaymiz, dedim. Shuning uchun, keling, o‘zimizni ahmoqqa solmaymizda, bir-birimiz bilan to‘g‘risizlik bilan gaplashaylik. <...> Aslida esa, meni tushunishimcha, AQShning yevropalik sheriklari ham AQSh bu shartnomada qolishini va hech narsa barbod bo‘lmasligini istashmoqda".

Qorabog‘dagi holat haqida

Munozaralar davomida, ishtirokchilar Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyatning ziddiylashuvi mavzusini tilga oldilar.

Putin eskalatsiya boshlanganidan buyon mojaro zonasida barcha tomondan ikki mingdan ziyod odam o‘lganini halok bo‘lishdi, qurbonlarning umumiy soni besh mingga yaqinlashmoqda.

Armanskiy voyenniy strelyayet iz artilleriyskogo orudiya vo vremya boya s azerbaydjanskimi voyskami v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Qorabog‘ qopqoni – Armaniston va Ozabayjon unga qanday tushib qolishdi

Putinning ta’kidlashicha, ko‘plab yillar davomida Rossiya vaziyatni uzoq tarixiy istiqbolga stabillashtirish maqsadida ushbu inqirozni bartaraf etishning turli variantlarini taklif etgan. Prezident so‘zlariga ko‘ra, bu pozitsiyalarni  yaqinlashtirish bo‘yicha juda og‘ir ish bo‘lgan edi.

"Yana oz-moz va biz yechim topa olamiz, deya o‘ylagan edik. Afsuski, bu ro‘y bermadi, va biz bugun o‘zining eng yomon ko‘rinishidagi mojaroga guvoh bo‘lib turibmiz", — dedi Putin.

U Rossiya uchun Armaniston va Ozarbayjon - teng hamkorlar ekanligini, Moskva ular bilan to‘laqonli munosabatlarni o‘rnatishni istashini qayd etdi.

Dogovorennost soblyudayetsya ne v polnoy mere: Lavrov o rejime prekrasheniya ognya v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
“Kelishuvga to‘liq rioya qilinmayapti”: Lavrov Qorabog‘dagi vaqtinchalik sulh haqida

Davlat rahbari Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha murosa topishni juda xohlashini ta’kidladi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, u Ozarbayjon prezidenti Ilxom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan bir kunda bir necha marotaba telefon orqali suhbatlashib turadi.

Navalniy haqida

Munozara ishtirokchilarining birining Aleksey Navalniy bilan bog‘liq holat haqidagi savoliga javob berar ekan, Putin, Rossiya ro‘y bergan voqea bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishga tayyorligini, ammo buning uchun mamlakat Navalniy haqiqatdan ham zaharlangani to‘g‘risidagi tasdiqqa ega bo‘lishi kerakligi, bunday ma’lumot esa taqdim etilmayotgani haqida gapirdi.

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Navalniy kimning "loyihasi" va uni Rossiyada nima kutmoqda?

Prezident Navalniyning rafiqasi murojaatidan so‘ng darhol Bosh prokuraturaga bemorning chet elga chiqishi imkoniyatini (jinoyat ishi bo‘yicha cheklovlarni nazarda tutgan holda) tekshirib ko‘rish kerakligi haqida topshiriq berganini aytdi.

"Bundan tashqari, yevropalik yetakchilardan biri bilan suhbat davomida men, bizning mutaxassislarimiz fransuz, nemis, shved mutaxassislari bilan birgalikda Germaniyaga borishlari va joyida birga ishlab, qandaydir bo‘lsa ham materiallarga ega bo‘lishlarini taklif qilgan edim. Va bu materiallarni jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi uchun asos sifatida kiritish mumkin edi, agar bu chindan kriminal hodisa bo‘lgan bo‘lsa, uni o‘rganishardi. Ammo hech vaqo taqdim etishmayapti-ku".

Putin shuningdek, Navalniy organizmida "Novichok" izlari aniqlangani haqidagi xabarlar ham shubhaliligini qo‘shimcha qildi.

"Unda "Novichok" izlarini topishgani haqida aytishdi. Keyin bu ma’lumotlar go‘yoki OZXOga topshirildi <…>, va to‘satdan bizga: bu "Novichok" emas, boshqa narsa deyishdi. <...> Xo‘sh, "Novichok"midi u yoki "Novichok" emas? Boshida aytishgan holat bo‘yicha gumonlar paydo bo‘la boshladi", - deb qo‘shimcha qildi prezident.

Prezidentligi haqida

Vladimir Putin davlat rahbari sifatida vakolatlari qachondir o‘z nihoyasiga yetishini to‘liq anglashini aytdi.

Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar amaldagi prezidentga ushbu lavozimga qayta saylanish huquqini beradi. Yig‘ilish davomida Putin 2024-yildan keyin davlat rahbari lavozimida qolish qarori haqidagi so‘zlari turli fitnalar va voris izlashga qarshi kafolat bo‘lishini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yangi yil arafasida Qizil Maydonda Tungi xokkey ligasining o‘rtoqlik o‘yinida. - Sputnik O‘zbekiston
Prezident, xokkeychi, ustoz: Vladimir Putin 68 yoshda - eng sara suratlar

"Yo‘q, bu, so‘zsizki, qachondir nihoyasiga yetadi, men bu borada o‘zimga hisob beraman", - dedi prezident.

Putin shuningdek, tarixdagi rolini qanday ko‘rishini va dunyo yetakchisi sifatida o‘z merosini nimada ko‘rishi haqidagi savolga ham javob qaytardi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u hech qachon bunday toifada fikrlamaydi.

"Bu haqda shu narsaga qiziquvchi odamlar o‘ylashsin, men esa o‘zim haqimda birorta kitobni hatto o‘qimaganman. Men shunchaki mehnat qilaman, kundan-kun joriy masalalarni yechib, o‘z nigohimni kelajakka tikaman, toki joriy masalalar strategik maqsadlarga erishishga to‘sqinlik qilishmasin", – dedi Putin.

Yangiliklar lentasi
0