Navalniy kimning "loyihasi" va uni Rossiyada nima kutmoqda?

© AFP 2023 / DIMITAR DILKOFFAleksey Navalniy
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navalniy MRB bilan emas, MRB Navalniy bilan ishlamoqda, unga turli yo‘riqnomalar bermoqda va bu birinchisi emas - Peskov.

Aleksey Navalniy va “Novichok” voqeasi sekin-asta yakuniga yetmoqda – aniqrog‘i, uning birinchi qismi tugamoqda. Pessimistlarning, Berlin “Navalniy ishi”dan sharqiy frontda foydalanadi deyishiga qaramasdan, “Shimoliy oqim-2” - to‘xtatilmasligi aniq bo‘ldi.

Lekin Navalniy atrofidagi shovqin hali ham tingani yo‘q. Hozirgina tugagan Yevroittifoq sammitida – “kimoviy quroldan foydalanish” muammosi muhokama qilindi va Rossiyani ushbu ishni yaxshilab tekshirishga chaqirishdi. Shuningdek ushbu “misli ko‘rilmagan hujum” masalasiga 2 haftadan keyin qaytishga qaror qilindi. Navalniyning o‘zi bo‘lsa Spiegel jurnaliga birinchi intervyusini berdi.

Sudno-truboukladchik Solitaire i sudno snabjeniya Fortitude - Sputnik O‘zbekiston
"Novichok" "Shimoliy oqim — 2" taqdirini hal eta oladimi?

Intervyuda Navalniy o‘z zaharlanishida Vladimir Putinni aybladi. Bunda muxoliftchining “mantiqiga” qoyil qolish kerak – agar “novichok” bilan zaharlashgan bo‘lsa, demak bu haqida buyruqni faqat prezident berishi mumkin, axir ushbu modda faqat maxsus xizmatlarda bor...

Ajablanarlisi, Rossiyada o‘tkazilgan tashhislarda topilmagan zaharli modda, g‘ayritabiy uslubda Germaniyada topilgan. Rossiya tomon bir necha bor yuborgan so‘rovlariga qaramasdan nemislar o‘zlari topgan dalillarni hali ham taqdim etishmadi, lekin Rossiyadan “ushbu vaziyatni” tekshirishni talab qilishda davom etishmoqda.

Shu o‘rinda “Novichok o‘zi bo‘lganmi?” – degan savol paydo bo‘lishi aniq. Yevropada javob aniq – albatta bo‘lgan! Sizning vazifangiz buni tan olish va aybdorlarni topish.

Aygancha, qidirishning ham keragi yo‘q. Navalniy buyurtmachini allaqachon topgan. G‘arb OAVlari esa o‘z o‘quvchilarini “Kreml o‘ziga yoqmagan kishilarni zaharlashi – bu odatiy hol” degan haqiqatni qulog‘iga quydirmoqda. Agar biror kimda bu ishni Putin qilganiga qarshi gumon paydo bo‘lsa – ular darhol bundan ham qo‘rqinchliroq manzaralar chiza boshlaydi.

Flag YeS u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Yevroparlament Navalniy ishi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

Xususan, Navalniy intervyusida “Agar “Novichok” Putin nazorati ostida bo‘lmay, boshqa bir guruh kishilar qo‘lida bo‘lsa – bu holat undan ham dahshatli. Axir zaharli moddaning bir krujkasi Berlin metrosining butun boshli bir bekati yo‘lovchilarini zaharlashi mumkin. Bu global xavf juda dahshatli”, - degan edi.

Eng qizig‘i, o‘z intervyusida Navalniy “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtatishni talab qilmagan, lekin Rossiyaning muayan davlat arboblariga nisbatan og‘riqli sanksiyalar kiritishni, ularga Yevropaga kirishni ta’qiqlash, ularning mulkini konfiskatsiya qilishni” maslahat bergan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 2012-yildan buyon mahalliy elitani “milliylashtirish” boshlangan edi. O‘shanda Putin davlat xizmatchilariga ikki fuqarolik va xorijda mol-mulkka ega bo‘lishni ta’qiqlab qo‘ygan edi. Keyinchalik, 2014-yilda, Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar bunga yordam berdi xolos.

Lekin odam o‘z davlatiga va o‘z vatandoshlariga nisbatan sanksiyalar kiritishga jalb qilish uchun qanchalik “vatanparvar” bo‘lish kerak? Navalniy uchun ular “o‘z odamlari” emas, ular - “qotillar” va “har qanday dahshatli jinoyatlarga qodir” bo‘lgan kishilardir.

Ustiga-ustak, “biz” deb Navalniy nafaqat o‘zi yoki safdoshlari nomidan, balkim “butun rus xalqi” nomidan gapiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Yevropa tomonidan rossiyalik amaldorlarga nisbatan qabul qilinayotgan sanksiyalarni Rossiya aholsining 95 % ma’qullaydi”.

Xullas, Navalniy Rossiya muxolifatchilari G‘arbga bir necha yillardan beri tasvirlayotgan manzarani chizishga harakat qilmoqda - “Yana ozgina harakat qilsak - Putin hukumati qulaydi. Ayniqsa xorij bizga ozgina yordam bersa”.

Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV Berlinning Navalniy to‘g‘risidagi bayonotiga munosabat bildirdi

Navalniyning – Bu ish ortida Putin turganiga ishonaman, menda boshqa versiya yo‘q, - degan so‘zlari Rossiyada keskin tanqidga sabab bo‘ldi. Duma spikeri Vacheslav Volodin Navalniyni “uyatsiz va ablah”, Rossiyada shifokordan tortib prezidentgacha hamma uni qutqarishga harakat qilgan edi dedi.

Shuningdek Volodin, Navalniy atrofida sodir bo‘layotgan hamma narsa G‘arb maxsus kuchlari tomonidan “Rossiyani Belarus ishlaridan uzoqlashtirish uchun sahnalashtirilgan. Navalniyning o‘zi esa G‘arb mamlakatlari maxsus xizmatlari va hukumat organlari bilan birga ishlamoqda”, - degan edi.

Kreml esa bunga aniqlik kiritdi – Navalniy MRB bilan emas MRB Navalniy bilan ishlamoqda, unga turli yo‘riqnomalar bermoqda. Bu birinchisi emas - dedi Peskov. Bundan Navalniyning jahli chiqib, Peskovdan sudga ham bermoqchi bo‘lib, isbot talab qildi.

Qanaqa dalil, isbot? Bizning shimoliy atlantikalik raqiblarimiz Navalniy Yel universitetida o‘qigan vaqtidan boshlab unga katta qiziqish uyg‘otmoqda va unga ma’lum ma’noda umid bog‘lashmoqda.

Navalniy faqatgina MRB “loyihasi” emas, u dastlab mahalliy oligarxlar va liberal elita loyihasi bo‘lgan, keyinchalik esa uning “ustav kapitali”ga g‘arblik “hamkorlar” ham kirgan. Hozir “Navalniy” qo‘shma korxonasining nazorat paketi kimda ekanini bashorat qilish foydasiz –germaniyada aksiyalar “paketi” qayta taqsimlangan bo‘lishi mumkin.

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya IIV Navalniy zaharlanishini tasdiqlovchi birorta dalil topmadi

Navalniy Rossiyaga qaytadimi? – Ha, chunki u qo‘yilgan maqsadlar uchun kurashishi kerak. Qanday maqsad? - Rossiya davlat tuzilishini va rivojlanish yo‘nalishini o‘zgartirish. Navalniy aytishiga ko‘ra hozir Rossiyada “Ozodlik uchun kurashayotganlar va jamiyatni orqaga, kapitalizm va oligarxlar bilan bezatilgan Sovet Ittifoqining pravoslav imitatsiyasi tomon tortayotganlar orasida kurash ketmoqda”.

Jamiyatning bir qismi Putinning “Rossiya o‘zining alohida yo‘lidan borishi kerakligi” haqidagi gaplarini takrorlamoqda. Gap ma’anaviy qadriyatlarga asoslangan, o‘ziga xos monarxiya haqida ketmoqda. Biz esa buni yolg‘on deb hisoblaymiz va Rossiya faqat Yevropa uslubida rivojlanishi mumkin deb hisoblaymiz”, - deydi Navalniy.

Navalniy xulosasiga ko‘ra,  hammasi ancha oddiy – Rossiyada uning o‘ziga xos rivojlanish yo‘li borligiga ishonadigan, kuchli davlatga va allaqanday (yoki Navalniy tushunmaydigan) ma’naviy qadriyatlarga ishonadigan, Putin tomonidan zombilangan, odamlar bor. Ushbu “rus varvarlari” uchun yevpropaga xos rivojlanish uslubi bor va Navalniy ularni ushbu yo‘ldan borishini istaydi.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rasshirennom zasedanii kollegii MVD RF - Sputnik O‘zbekiston
Asosiysi Navalniy tuzalib ketishiga yordam berish - Peskov

Xullas hammasi avvalgidek – yana o‘sha g‘arbchilar va slavanofillar kurashi. Lekin Navalniy o‘zini uluarning ikkalasidan ham ustun qo‘ymoqda. U o‘zini “avtoritar rejimlar” va “hukumdorlar almashuvi” tarafdori qilib ko‘rsatmoqda. Buning uchun u bir vaqtlar hatto liberal va millatchi muxolifatchilarni birlashtirmoqchi ham bo‘lgan edi. 2011-yil Bolotna maydonida sodir bo‘lgan voqealar. Navalniyning yulduzi aynan o‘shanda chiqqan edi. O‘shanda ushbu “loyiha” g‘arbda jiddiy kuchlarning e’tiborini o‘ziga qaratgan edi.

Hozir bo‘lsa Navalniy Rossiyada “allaqanday ma’naviy qadriyatlar asosida” mustaqil davlat qurilishiga qarshi chiqmoqda va o‘z yo‘lidan borish o‘rniga Yevropa va G‘arb yo‘lidan borishga chaqirmoqda.

Yaxshi dastur, dolzarb,  asosiysi - ommaviy. Poytaxtlik ommaning bir qismi 30-yildan beri ana shunday qadriyatlar uchun kurashmoqda va ular hamm milliy narsalarga qrashi. Hozir ular “mo‘jizaviy omon qolgan” Navalniyning qaytishini kutishmoqda. U albatta qaytadi ham, lekin bu yerda “Novichok” qanday paydo bo‘lganini tushuntirib berishga to‘g‘ri keladi. Tuhmat so‘zlari uchun ham javob berish kerak bo‘ladi – Xudo sudida bo‘lmasa ham bandalar sudi oldida.

Yangiliklar lentasi
0