TOShKENT, 27 avg - Sputnik. South China Morning Post gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Xitoy chorshanba kuni ertalab Janubiy-Xitoy dengizi tomon ikkita ballistik raketa uchirganini ma’lum qildi, gazeta fikriga ko‘ra, bu AQSh tomonidan ogohlantirish sifatida qabul qilinishi kerak.
"Bu Janubiy-Xitoy dengiziga AQSh harbiy samolyotlari va kemalarining tobora tez-tez kelib turishining ehtimoliy xatarlariga Xitoyning javobidir", - deyiladi maqolada.
Janubiy-Xitoy dengizi tomon Sinxay provinsiyasidan DF-26B ("Dunfen-26") raketasi, sharqda joylashgan Chjenszan provinsiyasidan esa DF-21D ("Dunfen-21") raketasi uchirildi.
Xabar qilinishicha, raketalarning ikkalasi ham harbiylar tomonidan nazorat qilinadigan hududga tushgan.
Avvalroq AQSh XXRga nisbatan 2013-yilda sun’iy orollarni qurishni boshlagandan keyin Xitoyga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etgan edi. Hudud bahsli bo‘lib, unga Filippin, Yaponiya va Vetnam ham da’vo qilmoqda. Orollarda uglevodorodlarning yirik zahiralari mavjud.