TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin amaldagi Strategik hujumkor qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani (SNV-3) hech qanday shartlarsiz bir yilga uzaytirishni taklif qildi.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi shartnomalar bilan tartibga solinadigan “muammolarning barcha parametrlari bo‘yicha mazmunli muzokaralar olib borish" imkonini beradi.
Putin ta’kidlashicha, SNV-3 shartnomasini uzaytirilishi "strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnoma kabi shunday fundamental hujjatsiz" strategik barqarorlikni saqlashdan manfaatdor bo‘lgan davlatlarni tark etmaslik imkonini beradi.
Shuningdek, prezident tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga Moskvaning SNV-3 bo‘yicha pozitsiyasini tayyorlash, uni imkon qadar Vashingtonga tezroq yetkazish va javob olish to‘g‘risida topshiriq berdi.
2010 yilda imzolangan SNV-3 shartnomasi Rossiya va AQSh o‘rtasida qurollarni qisqartirish bo‘yicha yagona amaldagi kelishuv bo‘lib qolmoqda.