"Hisob berish esdan chiqibdi": Bulung‘urda pedagoglar mukofot puli nega "arra" qilingan edi?

© SputnikShkola
Shkola - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi Sputnik O‘zbekiston XAAda e’lon qilingan: "Yordam bering, maktabimizda quldorlik tizimi o‘rnatilgan" nomli maqolaga rasmiy munosabat bildirdi.

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Oktabr oyi boshida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani 20-umumiy ta’lim maktabi bir guruh o‘qituvchilari Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga shikoyat murojaatini yo‘llashgan edi. Murojaatda pedagoglar ta’lim dargohi direktorining boshqaruv uslubi hamda olayotgan mukofot pullarining bir qismi ulardan noqonuniy tarzda olib qo‘yilayotganidan noroziliklarini bildirishgan edi.

Uzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda maktab direktori o‘z joniga qasd qildi. U vafotidan oldin xat yozib qoldirgan

O‘qituvchilar murojaati asosida tayyorlangan maqolaga Samarqand viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat e’lon qildi.

Pedagoglar nimadan norozi?

Sputnik O‘zbekiston nashrida e’lon qilingan maqoladan so‘ng, mazkur holatni o‘rganish maqsadida Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda Bulung‘ur tumani xalq ta’limi bo‘limining mas’ul va rahbar xodimlari 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga yo‘l olishdi va pedagog va ishchi-xodimlar jamoasi bilan maqolada keltirilgan vajlarni muhokama qilishdi.

Muhokama jarayonida maktabning 24 nafar o‘qituvchilari, maktab direktori o‘rinbosarlari hamda 2 nafar texnik xodimlar ishtirok etdi. Maktab direktori - G.Ch. ayni paytda betobligi — mehnatga layoqatsizlik ta’tilida bo‘lganligi sababli yig‘ilishda ishtirok etmagan.

Mukofot pullarining bir qismini olganu, nimaga olayotganini tushuntirishni unutgan

Viloyat XTV axborotiga ko‘ra, 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 39 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ular 349 nafar o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelishmoqda.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekkino korrupsiyaga qarshi multfilm bilan kurashishga qaror qildi

2019 yilda Investitsiya dasturi asosida maktab uchun qo‘shimcha yangi bino qurilib, foydalanishga topshirilgan. 

Biroq yangi va muhtasham binoda faoliyat yuritsada, ideallikni cheki yo‘q, deganlaridek, "jamoa o‘zaro kelishib, ta’lim muassasasini yanada go‘zal maskanga, gulu gulzorga aylantirish, o‘quvchi hamda o‘qituvchilar uchun qo‘shimcha sharoit yaratish maqsadida direktor jamg‘armasi hisobidan ajratilayotgan mukofot pullarining ma’lum qismini ushbu xayrli maqsadlarga sarflashni rejalashtirgan".

Ushbu ishga o‘quvchilarning ota-onalari ham jalb qilingan.

"Yig‘ilgan pullar ayni paytda maktabda matematika fanidan dars berib kelayotgan L.M. qo‘lida jamlangan. Uning qayd etishicha, yig‘ilgan mablag‘lar hisobidan yangi binodagi barcha auditoriyalar, zallardagi deraza va eshik romlariga pardalar xarid qilinib o‘rnatilgan. Maktab hovlisiga rang-barang gullar o‘tqazilgan. Shuningdek, yangi binoga kirish qismi, sinfxonalar va zaldagi barcha ko‘rgazmali vositalar ham ana shu homiylik hamda o‘qituvchilarning o‘z xohishlariga ko‘ra mukofot pullaridan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan", - deyiladi rasmiy tushuntirishda.

Baxadir Ismailov, nachalnik nauchno-obrazovatelnogo sentra protivodeystvii korrupsii Akademii Genprokuraturi RUz - Sputnik O‘zbekiston
Ismoilov: bugungi kunda korrupsiyani yashirish deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi

Shuningdek, rasmiy bayonotda o‘qituvchilar (yoki ota-onalar) L.M.ga pullarni o‘z xohishiga ko‘ra topshirganliklari iddao qilingan. Pedagoglarning maktab direktoridan noroziliklariga esa pullarning aniq hisob-kitobi, sarf-harajatlari bo‘yicha hisobot berilmagani asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi “Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 344-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 2-bob 3-bandiga asosan “Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari” mablag‘lari shakllantirilishi belgilab berilgan. Ushbu nizomning 4-bob 8-bandiga asosan “Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi muassasa rahbari va hisobchisi tomonidan tayyorlanib, umumta’lim muassasasining Kuzatuv kengashiga kelishish uchun kiritiladi” deb belgilangan.

O‘tgan hamda joriy yilning mart oyiga qadar maktab o‘qituvchilariga direktor jamg‘armasi hisobidan ajratilgan mablag‘lar maxsus komissiya qarori bilan berilgan. Tegishli hujjatlar ko‘zdan kechirilganda bu o‘z isbotini topdi. Ammo ushbu jarayonda maktabda uzoq yillardan buyon o‘quvchilarga saboq berib kelayotgan hamda yuqori malaka va tajribaga ega bo‘lgan, o‘quvchilari qator ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallagan ayrim o‘qituvchilarni moddiy va ma’anaviy rag‘batlantirish maktab direktori G.Ch. hamda maxsus komissiyaning e’tiboridan chetda qolgan. Albatta, bu xatti-harakat ham jamoada o‘zaro tushunmovchiliklarni keltirib chiqargan.

Nachalnik sentra Akademii generalnoy prokuraturi Baxadir Ismailov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ta’lim tizimidagi korrupsiya: sabablari va kurashish choralari – Ismoilov

Qo‘polligi uchun uzr so‘ragan

XTV axborotiga ko‘ra, maktab direktori G.Ch.ning ayrim o‘qituvchi hamda o‘quvchilar, texnik xodimlarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lganligi tufayli o‘quvchilar hamda ularning ota-onalaridan, pedagogik jamoadan uzr so‘raganligini muhokama jarayonida o‘qituvchi hamda sinf rahbarlari alohida qayd etishgan.

Maktab direktori tomonidan o‘qituvchilarni ishga joylashtirish va guruh ochib berish maqsadida pul talab qilinganligi holatlari o‘z tasdig‘ini topmagan.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, maktab direktori G.Ch. ta’tildan so‘ng o‘z faoliyatini boshlagach, yo‘l qo‘ygan kamchiliklari qayta ko‘rib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0