TOShKENT, 13 okt - Sputnik. "O‘zbekkino" Milliy agentligi korrupsiyaga bag‘ishlangan multserial ustida ish boshlaganini xabar qildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, "Dino va Zavr" nomli animatsion serial "Futurist MG" studiyasi tomonidan suratga olinmoqda.
Ushbu multfilmda «korrupsiya” bosh mavzu qilib olingan bo‘lib, voqealar rivoji keksa boboning tilidan hikoya qilinadi. Asosiy qahramonlar esa dinozavrlar oilasiga mansub Dino va Zavr ismli personajlar.
Qahramonlardan biri Dino animatsion serial davomida poraxo‘r rolida gavdalanadi. "Dino va Zavr" multserialining har bir qismi kichik tomoshabin uchun ibrat bo‘la oladigan yakun bilan tugallanadi.
Multserial 10 qismdan iborat bo‘lib, 3-10 yoshli bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan.