Ismoilov: bugungi kunda korrupsiyani yashirish deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi

© Foto : Iz lichnogo arxiva Baxadira IsmailovaBaxadir Ismailov, nachalnik nauchno-obrazovatelnogo sentra protivodeystvii korrupsii Akademii Genprokuraturi RUz
Baxadir Ismailov, nachalnik nauchno-obrazovatelnogo sentra protivodeystvii korrupsii Akademii Genprokuraturi RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika hukumati korrupsiyani yo‘q qilish bo‘yicha izchil choralarni ko‘rmoqda. Biroq, uning ustidan g‘alaba juda yaqin deb ayta olmaymiz. Bosh prokuratura akademiyasi markazi rahbari Bahodir Ismoilov amalga oshirilgan va kelgusidagi rejalar haqida gapirib berdi.

TOShKENT, 3-iyun - Sputnik, Dilshoda Rahmatov. Korrupsiya tufayli global iqtisodiyot yiliga o‘rtacha 2,6 trillion dollar yo‘qotadi. O‘zbekistonda ushbu salbiy holat tibbiyot, ta’lim, bank, bojxona, sud tizimlarida, huquqni muhofaza qilish organlarida, davlat xizmatlarida, shuningdek fuqarolarni ishga yollashda keng tarqalgan.

Nachalnik sentra Akademii generalnoy prokuraturi Baxadir Ismailov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ta’lim tizimidagi korrupsiya: sabablari va kurashish choralari – Ismoilov

O‘tgan yilning may oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan davlat Dasturi tasdiqlandi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi rahbari Bahodir Ismoilov Sputnik muxbiriga uning asosiy jihatlari, bugungi kunda mamlakatda keng tarqalgan korrupsiya shakllari, shuningdek, davlat xizmatchilarining poraxo‘rligi va sotqinligiga qarshi qanday usullar bilan kurashish mumkinligi haqida gapirib berdi.

- Korrupsiyaga qarshi kurash dasturining asosiy jihatlari nimada?

- Ushbu salbiy holatga qarshi kurashda har bir davlat o‘z spetsifikasidan kelib chiqadi. Strategiya korrupsiya sharoitlari, sabablari va xavflariga qarab belgilanadi. O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgandan buyon unga qarshi kurashish masalasi ko‘tarilib kelingan, normativ hujjatlar qabul qilingan, ammo maxsus dasturiy hujjatlar bo‘lmagan. 2008-yilda O‘zbekistonning BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga qo‘shilishi bilan, davlat bir qator majburiyatlarni, shu jumladan tizimli qarshi kurashish, qonunchilikni takomillashtirish va hokazolarni o‘z zimmasiga oldi.

2017 yilda korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun imzolandi, unda ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosati davlat dasturlari orqali belgilanishi belgilab qo‘yildi. Ulardan birinchisi, 2017–2018 yillarda beshta yo‘nalish va konkret chora-tadbirlarning 51 punktini o‘z ichiga olgan.

Bizda korrupsiyaga qarshi dasturlarni ishlab chiqishda tajribamiz bo‘lmaganligi sababli, 2019-yilda prezident o‘z farmoni bilan ikki yo‘nalish – oliy ta’lim va kapital qurilish yo‘nalishlarini pilot yo‘nalish sifatida ishlab chiqilishini belgilab berdi. Metodika shular yordamida ishlab chiqildi.

Genprokuror Uzbekistana Nigmatulla Yuldashev. - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuror oliy ta’lim sohasida korrupsiya tarqalgan yo‘nalishlarni sanab o‘tdi

Hammasi xavflar tahlilidan boshlanadi. Tegishli vazirliklar ularni baholab, keyin yo‘l xaritasini ishlab chiqadilar. Keyin qanday normativ hujjatni qabul qilish kerakligi va idoraning o‘zida kim korrupsiyaga qarshi kurash bilan shug‘ullanishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Idoralarning har biriga huquq-tartibot xodimlarini biriktirish imkoni yo‘q.

Shu bilan birga, xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, qonunbuzarliklarni aniqlashda va kelajakda bunday huquqbuzarliklar sodir etilmasligi uchun choralar ko‘rishga ichki xavfsizlik xizmatlari samaraliroqdir. Shunga o‘xshash, idora darajasida hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘p.

Yangi dasturning prinsipial farqi shundaki, u mamlakatda to‘plangan tajribani hisobga olgan holda muayan masalalarni hal etishga qaratilgan. Ushbu hujjat to‘rtta ustuvor yo‘nalishga ega: jamiyatda huquqiy madaniyat va huquqiy bilimlarni oshirish, hayotning barcha jabhalarida korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaning dastlabki bosqichlarida oldini olish (ya’ni jinoyatchilikning profilaktikasi) va iqtisodiyot va siyosatning muayan sohalariga nisbatan xavflar oldini olish. Shuningdek, unda 35 ta aniq chora-tadbirlar ko‘rsatilgan.

- Davlat xizmatida korrupsiya namoyon bo‘lishiga qarshi qanday usullardan foydalanish mumkin?

- O‘zbekistonda kadrlar tanlash bilan shug‘ullanadigan va keyinchalik ularning faoliyatini nazorat qiluvchi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Ammo yana bir bora ta’kidlash joiz - bu sohadagi barcha muammolarni odamga ijtimoiy kafolatlar va munosib maosh bermasdan hal qilib bo‘lmaydi. Yana bir jiddiy masala - davlat xizmatchilarini o‘qitish. Ular uchun cheklovlar va taqiqlar qonun bilan belgilanishi mumkin, ammo u bu haqda bilmasligi mumkin. Ilgari barcha taqiqlar idoraviy hujjatlarda qayd etilgan bo‘lgan, ammo xalqaro amaliyotda barcha davlat xizmatchilari qaysi sohada ishlashlaridan qat’i nazar amal qilishlari kerak bo‘lgan talablar taxminiy ro‘yxati mavjud.

Masalan, ular asosiy ishidan tashqari boshqa biron bir faoliyat turi bilan, ayniqsa, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas va ular sovg‘a olish huquqiga ham ega emaslar. Lekin sovg‘a aynan nima ekanligi va qanday miqdordagi sovg‘a jinoiy javobgarlikka tortishga olib kelishini aniqlash kerak. Hozircha bu meyorlar har xil. Hamma narsa hisobga olish kerak, bundan tashqari, "davlat xizmatchisi" tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. Misol uchun, ta’lim tizimi o‘z talablariga ega, huquqni muhofaza qilish organlarida esa o‘z talablari. Bitta qonunda barchasini mujassamlashtirib bo‘lmaydi, ammo umumiy yo‘nalishlar belgilanishi shart.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston korrupsiya reytingida nechanchi o‘rinda?

Bu yil "Davlat xizmati to‘g‘risida" qonun qabul qilinadi, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ishlab kelmoqda allaqachon. Katta ish amalga oshirilmoqda, bir kunda hammasini uddalab bo‘lmaydi.

- Bugungi kunda O‘zbekistonda korrupsiyaning qanday ko‘rinishlari keng tarqalgan?

- Eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarliklardan biri bu intizomiy. Murakkabroq ko‘rinishi - ma’muriy: bu ba’zi qarorlar uchun davlat xizmatchilari tomonidan noqonuniy mukofotlar, imtiyozlar olish. Eng qiyin turi - bu jinoiy huquqbuzarlik va jinoyatlardir: pora olish, pora olishda vositachilik qilish va xizmat vakolatlarini suiste’mol qilish. Oxirgilari juda keng tarqalgan, ammo shuni ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda buning keskin, deyarli 30-40 foizga pasayishi kuzatilmoqda. Buni tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga moratoriy joriy qilinishi bilan izohlash mumkin.

Korrupsiya bilan bog‘liq qoidabuzarliklar va jinoyatlar kamayib bormoqda. Bunda elektron hukumat tizimiga o‘tish, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirish, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining nazorati muhim rol o‘ynaydi. Avvallari aholi korrupsiya faktlariga doir deyarli hech qanday muayan ma’lumotga ega bo‘lmagan, ammo endi bu ma’lumot matbuot anjumanlari va brifinglar orqali yetkazilmoqda. Fuqarolarning o‘zlari ham juda faol - ular ijtimoiy tarmoqlarda korrupsiya faktlari haqida yozmoqdalar, prezidentning, bosh vazirning qabulxonalariga murojaat qilmoqdalar. Qoidabuzarlik yoki jinoyatni deyarli yashirib bo‘lmayapti.

Yangiliklar lentasi
0