Vaksina va maymunlar: "Rossiya feyki" haqida britaniya feyki

© AFP 2023 / VINCENZO PINTOLaboranti obrabativayut flakoni dlya novoy vaksini ot koronavirusa AstraZeneca
Laboranti obrabativayut flakoni dlya novoy vaksini ot koronavirusa AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniya OAVlari Rossiyaning insoniyatga qarshi navbatdagi diversiyasini fosh etishdi. Bu xabar tumanli albionda bir necha kun davomida asosiy yangilik maqomini ushlab turdi

Vladimir Kornilov

Britaniyadagi holatga nazar soling: mamlakatda pandemiya bilan bog‘liq holat o‘ta abgor, hukumat qo‘llayotgan yangi karantin choralariga qarshi butun boshli mintaqalar bosh ko‘tarmoqda, Yevropa ittifoqi bilan Brexit xususidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan va bu yaqin istiqbolda iqtisodiy kollapsni yuzaga keltirishi mumkin, Shotlandiyaning ajralib chiqishini g‘oyasi qo‘llab-quvvatlanishi o‘zining cho‘qqisiga yetdi va bu mamlakatning darz ketishiga olib kelishi mumkin. Tasavvur qildingiz-a, muammolar ko‘lamini?

Laboranti obrabativayut flakoni dlya novoy vaksini ot koronavirusa AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston
AstraZeneca vaksinasi sinovlarida qatnashgan ko‘ngilli vafot etdi

Mana shunday bir sharoitda britan nashrlari o‘zlarining birinchi sahifalarida: "Telba Russkies vaksina bizni shimpanzega aylantiradi, deya bong urishmoqda", deb yozib chiqishdi.

Nashrlarning deyarli barchasi kulgili kollajlar e’lon qilgan bo‘lib, ularda Britaniya bosh vaziri Boris Jonson surati yetiga aylantirilgan va suratga "Men qor odam vaksinamni yaxshi ko‘raman", degan izoh berilgan edi.

Ayrim manbalarga tayangan holda britan OAVlari bu fotosuratlar Rossiya davlati yoki Rossiya rasmiy shaxslari buyurtmasi asosida koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan bo‘lg‘usi britan vaksinasini obro‘sizlantirishga va u odamlarni maymunga aylantiradi degan mazmunda tarqatiladigan dezinformatsiyaning bir qismi sifatida ishlab chiqarilgan yoki tarqatilganini iddao qilishgan edi.

Bunday ta’kidlar The Times nashri tomonidan tarqatilgan, ya’ni u ilk manba bo‘lgan. Nashr go‘yoki o‘z "surishtiruvi" niqobi ostida ushbu mavzuda bir nechta shov-shuvli materiallar e’lon qilgan.

Meditsinskie rabotniki okazivayut pomosh patsiyentu s COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda COVID-19 bilan qayta kasallangan birinchi bemor vafot etdi

Ammo Rossiya davlatining bu ishga qanday aloqasi bor. Bu savolga javobni The Times o‘zi o‘ylab topgan fitnaga qiziqishni tobora oshirgan holda javob berishga uringan. Nashr "ushbu propagandaga bo‘lgan urinish Kreml tomonidan bevosita boshqarilganmi, tushunarsiz, ammo ayrim rossiyalik mansabdorlar bu ish tashkiloti va ommaga tarqatilishiga jalb etilganliklari xususida dalillar mavjud"ligini bayon etgan.

Ammo asosiy maqolada ushbu ta’kid unchalik keskin jaranglamaydi: "Oksford tadqiqotiga qarshi kampaniya rossiyalik rasmiy shaxslar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. <…> ushbu shaxslarning jalb etilishi Kreml bu tashviqot urinishi haqida buyruq bergani, uni ma’qullagani yoki u haqda bilganini anglatmaydi".

Xullas, nashrning ko‘psonli kuzatuvchilariga barcha gazetalar sarlavhalariga chiqarilgan fitnaga oid sarlavha (bu ishning barchasini Rossiya amalga oshirayotgani) haqida tushuntirish berilmadi. Buning o‘rniga mushtariylarni gazeta saytiga kirib, 40-daqiqalik podkastni tinglashga da’vat qilishdi - go‘yoki u yerda hammasi batafsil tushuntirilgan va dalillangan.

Aftidan, boshqa OAVlar ham (xususan britaniya matbuoti bilan bir qatorda amerikaniki ham) ko‘pam uzoqqa borib o‘tirmadilar va The Times ma’lumotiga , ya’ni uning o‘sha podkastida Rossiya rasmiy shaxslari hozircha mavjud bo‘lmagan britan vaksinasini diskreditatsiya qiluvchi internet-memlar yaratilishiga aloqadorligi to‘g‘risidagi dalillar borligiga ishonib qo‘ya qolishdi.

Pandemiyaga uch marta zarba: Rossiyada koronavirusga qarshi 3-chi vaksinani sinovlari boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada "korona"ga qarshi 3-vaksina yaratildi - video

Shu bois ham Rossiya dezinformatsiya kampaniyasiga "gerasimov harbiy doktrinasining bir qismiga singari qaraldi - RF qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov strategiyasiga G‘arb oavlari vaj bo‘lsa-bo‘lmasa havola qilishni juda yoqtirishadi.

Ammo The Times podkastini tinglasangiz, translyatsiya davomida hozir "biz sizlarga Rossiya davlatining bu ishga aloqadorligini hozir isbotlab beramiz", degan va’dalar ko‘p bor yangraganiga guvoh bo‘lasiz. Tashkilotchilar xususida gap aytishga fursat yetganida esa, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari fondi bosh direktori - Kirill Dmitriyev familiyasi yangraydi.

Gazeta jurnalistlari shtatdagi "kremlenologlar" bilan Dmitriyev shaxsini, uning fondini va hatto Vladimir Putin ular tomonidan tashkillashtirilgan kampaniyadan xabardor bo‘lgan-bo‘lmagani singari mavzularni muhokama qiladilar.

Bundan taxmin qilsa bo‘ladiki, The Times go‘yoki bu ishning iziga tushgan — "yeti Jonson" kartinkalari ortida turgan amaldorlar esa mana shular bo‘ladi. Ammo shu vaqtda ajabtovur bir gap aytiladi: "Kirill Dmitriyev bizda mavjud dalillar orasida tilga olinmagan. Uning dezinformatsiyaga aloqadorligi haqida shama ham yo‘q, hatto". Bori shu. Ya’ni shu joyda rossiyalik amaldorlarga" eltuvchi sirli iplar nogahon uziladi. Darvoqe, Rossiyadagi jinoyatchilik haqida yuzaki yozadigan kitoblari bilan mashhur ekspert Mark Galeotti ushbu kampaniya ortida "allaqanday kreml gersoglari va baronlari" turishi haqida fikr bildirganini aytmaganda, albatt. Ha, bu gapning "dalil"dan qanday kam joyi bor?

Vaksinatsiya dobrovolsev protiv COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19ga qarshi vaksina 4 xil odamga ta’sir qilmaydi

Shundan so‘ng navbatdagi "insayd" keltiriladi: go‘yoki, allaqanday Rossiya davlat kanallaridan birida britan vaksinasi sinovlari vaqtida testda ishitirok etganlarning ikki nafari o‘lgani, ammo ular vafotini go‘yoki yashirishayotgani haqida feykka tayyorgarlik ko‘rilgan emish. Go‘yo vaksina faqat maymunlarda ishlashi, odamlarda ishlamasligi dalili emish bu. Bir vaqtning o‘zida ushbu kampaniya hatto boshlanmagani, bu zotan Rossiya televideniyesi uchun ham ortiqchalik qilgani haqida qo‘shimcha qilinadi.

Ya’ni hech kim hech qayerda e’lon qilmagan podkast mualliflari bu xabarni qayerdan olishgani haqida ham bexabarmiz. Ammo shundan so‘ng The Timesdan fakt-cheking e’tiborga havola qilinib, ular bunda hech qayerda e’lon qilinmagan "sensatsiyani" "inkor" etishadi.

Hech qayerda yangramagan yangilikni o‘rtaga tashlab, so‘ng unga qarshi jon-jahdi bilan kurashish - obro‘li jurnalistika amaliyotida allanechuk yangilikdir.

Shu bilan birga, britaniyadagi AstraZeneca kompaniyasining vaksinasini o‘zida sinagan odamlardan biri shu haftada Braziliyada olamdan ko‘z yumgani rost. Bu haqda jahon  axborot agentliklari xabar berishdi. Buni endi "rossiya dezinformatsiyasiga" yo‘yish ancha qiyin kechadi.

Laboranti obrabativayut flakoni dlya novoy vaksini ot koronavirusa AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston
Vaksina qanchalik xavfli: AQSh javob talab qilyapti, Yevropa pulni sanayapti

Shu tariqa, birorta materialda Rossiya davlatining, Rossiya rasmiylarining yoki norasmiy shaxslarining Jonson va kovid haqida kulgili memlarni ishlab chiqishganini ma’lum ma’noda bo‘lsa-da, isbotlovchi dalillar yo‘q.

Internet shunday suratlarga to‘la rostdan ham. Ammo ularning birinchi manbai - The Timesga olib keladi. Bungacha ular qayerdadir chop etilganmi-yo‘q, bilmayman, ammo aynan o‘sha gazeta bu suratlarning dunyo bo‘ylab keng tarqalishiga start bergan edi.

Nashr ta’kidiga ko‘ra, shunga o‘xshash memlar uchta oddiy resurslarda chop etilgan — ularning ikkitasi britaniya va bittasi brusselda. Ammo bu surat bilan bog‘liq mutlaqo boshqacha suratni EUReporter saytida topish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, bu singari kollajlar tarqatuvchisi aynan The Times bo‘lgan. Britaniya vaksinasining obro‘sini tushirishni maqsad qilgan va uni maymunniki deb atagan biror kimsa topilgan bo‘lsa ham, u eng ta’sirchan va arzon usulni qo‘llagan: u bu usulni mashhur britaniya gazetasi redaksiyasiga tashlagan va unga Rossiya dezinformatsiyasi dalili sifatida ko‘rinish bergan.

Bo‘ldi. Shundan so‘ng memlar internet bo‘ylab tarqalib ketgan. Juda ajabtovur samara. Ammo hammasi shunday ekan, bundan kelib chiqadiki, The Times dezinformatsiyani tarqatish instrumenti bo‘lgan (Va bu dezinformatsiya Rossiyaniki emas).

Limonnaya akula - Sputnik O‘zbekiston
COVID’ga qarshi vaksina uchun qancha akula o‘ldirilishi mumkin – ekspertlar hisob-kitobi

Bu voqeaga Rossiyadan kimningdir jalb etilganligi dalili yo‘q bo‘lsa-da, ammo London reaksiyasi o‘ta keskinligini, u jahl bilan reaksiya bildirayotganini ko‘rayapmiz. Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab Moskvani oksford vaksinasini diskreditatsiya qilishda ayblashda ulgurdi. Sanksiyalarning ham qulog‘i ko‘rinib qoldi, chog‘i. Va bunda The Times ning o‘zi Kreml bu voqeaga aloqador bo‘lmasligi mumkin, deb ta’kidlagani katta rol o‘ynamaydi. Britaniyalik vazirlarga sarlavhalardan keyinini o‘qish shart emas.

Bu rossiyaga nega kerak, degan savolga nashr o‘z tahririyat kolonkasida oddiy javob bergan: bu bilan barcha vaksinalarga nisbatan global ishonch yo‘qolayotgan emish. Ammo ayni vaqtda koronavirusga qarshi butun dunyoda hozircha yagona vaksinaga ega bo‘lib turgan Rossiyaga vaksinatsiyaga nisbatan ishonchni poymol qilish unchalik ham foydali emas. Ammo G‘arbda bu holatda mantiqning kimga ham qizig‘i bor dersiz?

Britaniyadagi Rossiya elchixonasi Rossiya davlati britaniya vaksinasiga bo‘lgan ishonchni yo‘qqa chiqarish uchun tashviqot olib borayotgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxmin o‘z-o‘zidan dezinformatsiyaga misol bo‘lishini tushuntirdi.

Flag u Shtab-kvartiri OON v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
BMT COVID-19 ga qarshi vaksina taklifi uchun Putinga minnatdorchilik bildirdi

E’tibor bering, britaniya OAVning bu "sensatsiyasi"ni birorta ijtimoiy tarmoqda bloklangan emas, bu xabarlar "qo‘shimcha tekshirishga muhtojligi" haqida ham hech kim aytgani yo‘q. Axir bu Xanter Baydenning uning otasi - AQSh prezidentligiga nomzodni diskreditatsiya qiluvchi elektron xatlari bilan bog‘liq mojaro emasda. Aks holatda ijtimoiy tarmoqlar ancha tez va keskin harakat qilgan bo‘lardilar, yaqinda bo‘lgani kabi X.Bayden haqida kompromatni e’lon qilishga jazm qilgan New York Post gazetasi sahifalari tezda bloklagani singari.

Ammo vaksina va maymunlar haqida e’lon qilgan britaniya "sensatsiyasi"ni hech kim bloklamayapti. Axir, gap ruslar haqida borar ekan, turfa ahmoqona ayblovlarni, ularni hatto tekshirib o‘tirmasdan chop etish mumkinda.

Shu o‘rinda, yana bir mantiqiy savol tug‘iladi: bularning barchasi britan OAVlariga nega kerak? Xususan, javob maqola boshida berilgan edi. Kamida ikki kun davomida jamoatchilik mamlakatning real muammolarini muhokama qilishdan chalg‘iydi va "bu ruslarning qanday shumligidan" qattiq ranjiydi. Maymun vaksinasi haqidagi maqolalar ta’siri kamaygach esa, yangi sensatsiyani o‘rtaga tashlash mumkin. Deylik, qanday qilib shumniyat ruslar Olimpiada-2020ni to‘xtatishga urinishgani-yu, mardonavor britan maxsus xizmatlari esa bu til biriktiruvga qay tarzda chek qo‘yishgani haqida. Shunday qilinsa, yana bir necha kunga shovqin-suron va janjal tayyor, hisob. Faqat u bu kim hech bo‘lmasa bitta guvoh va dalilni taqdim eting, deb qolmasa bo‘ldi. Buyog‘i ortiqchada.

Yangiliklar lentasi
0