BMT COVID-19 ga qarshi vaksina taklifi uchun Putinga minnatdorchilik bildirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishFlag u Shtab-kvartiri OON v Nyu-Yorke
Flag u Shtab-kvartiri OON v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Vladimir Putin BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqida tashkilot xodimlariga bepul vaksina taqdim etish taklifini bildirgan edi.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rossiya prezidenti Vladimir Putinga koronavirusga qarshi vaksina taqdim etish taklif uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Biz prezident Putinga uning himmatli taklifi uchun minnatdorchilik bildiramiz. U tibbiy xizmatimiz tomonidan o‘rganib chiqiladi”, - deya ma’lum qilgan BMT bosh kotibining maxsus vakili ofisi.

LIVE_SPUTNIK: Mirovie lideri prinimayut uchastie v Generalnoy Assamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
COVID, qurol va tinchlik. Putinning BMTdagi chiqishi

Avvalroq Vladimir Putin videokonferensiya shaklida o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqida tashkilot xodimlariga bepul vaksina taqdim etish taklifini bildirgan edi.

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini avgust oyida ro‘yxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda.

Tirik vaksina xorijga ommaviy yetkazib berilmaydi - Gamaleya markazi direktori

Shuningdek, Rossiyada “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan vaksina klinik sinovdan o‘tmoqda. Kuni kecha Rossiya SSV Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlariga ruxsatnoma berdi.

Yangiliklar lentasi
0