TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Tibbiyot fanlari doktori, virusolog Anatoliy Altshteyn aytishiga qaraganda vaksinadan foydalanish ayrim odamlarga kutilgan natijani bermasligi mumkin.
Virusolog fikriga ko‘ra, birinchi navbatda bu inson organizmining antitanachalar ishlab chiqarish qobiliyatiga bog‘liq. Organizmida immunodefitsit mavjud bo‘lgan kishilarda vaksina yetarli miqdorda ishlab chiqilmasligi mumkin.
Mutaxassis aytishiga qaraganda, immunodefitsit, aksariyat hollarda, quyidagi odamlarda uchraydi:
- keksa yoshli kishilarda
- qattiq asablashayotgan (stress) kishilarda;
- yallig‘lanishga qarshi dori ichayotgan kishilarda;
- spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qiladigan kishilarda;
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi vaksina 11-avgust kuni ro‘yxatga olingan edi. Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan odam adenovirusi asosida yaratilgan vaksina bo‘lib, u 2 bosqichda kiritiladi. Ushbu vaksina yoshi 65 yoshdan katta bo‘lgan hamda allergiyasi bo‘lgan kishilar uchun tavsiya qilinmaydi.
"Vektor" Mirusologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan ikkinchi vaksina esa 14-oktabr kuni ro‘yxatga olindi. Bu mutlaq sun’iy uslubda yaratilgan vaksina bo‘lib, alerrgiyasi bor hamda keksa yoshli kishilar uchun ham mos keladi.
Sechenov universiteti Statistika kafedrasi boshlig‘i Andrey Gerasimov fikriga ko‘ra, aholi orasida koronavirusga qarshi mustahkam immunitet paydo bo‘lishi uchun kamida 64 % fuqarolar emlanishi kerak.