Dunyoda COVID-19 bilan qayta kasallangan birinchi bemor vafot etdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki okazivayut pomosh patsiyentu s COVID-19
Meditsinskie rabotniki okazivayut pomosh patsiyentu s COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoda koronavirus bilan takroran kasallanganlar orasida ilk o‘lim qayd etildi. Niderlandiyada koronavirus bilan qayta kasallangan 89 yoshli ayol vafot etdi.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Niderlandiyada koronavirus bilan qayta kasallangan 89 yoshli ayol vafot etdi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ayol infeksiyani taxminan birinchi bor kasallanib tuzalib chiqqanda keyin ikki oy o‘tib yuqtirib olgan.

Vaksinatsiya dobrovolsev protiv COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
RFA prezidenti koronavirus ustidan g‘alaba qozonish omilini aytdi

Qayta kasallangandan keyin bemorning ahvoli bir necha kun ichida juda yomonlashgan. Uni yana kasalxonaga yotqizishgan, ammo ikki haftadan so‘ng bemor vafot etgan.

Bu dunyodagi koronavirus bilan takroran kasallanganlar orasida ilk o‘lim holatidir.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 38 milliondan oshgan. 28,6 milliondan ziyod kishi tuzalib ketgan. Virus 1 million 80 mingdan ziyod kishining bevaqt o‘limiga sababchi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0